Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



MOL-MULK VA ER SOLIQLARI KIMLARDAN OLINADI?
13.04.2018

Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy 

yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.

(O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 51-modda)


Jismoniy shaxslar har yili o‘z egaligidagi er va mol-mulk ob’ektlari bo‘yicha soliq to‘lab borishi qonunchiligimizda o‘z ifodasini topgan. Bu toifa soliqlarni to‘lash hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshirilishi shart.

Xo‘sh, mol-mulk va er soliqlari qanday hisoblanadi, ular qancha miqdorda bo‘lishi lozim, bu turdagi soliqlarni kimlar to‘lashi kerak?

Soliq solinadigan mol-mulkka yoki er uchastkasiga ega jismoniy shaxslar mol-mulk va er solig‘i to‘lovchilardir. Soliq to‘lovchilarga tegishli ko‘chmas mulk – uy-joy, kvartira, dala hovli, garaj va boshqa imoratlar, inshootlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilgan er uchastkalari soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Ularga oid soliqlarni hisoblash va to‘lov xabarnomalarini soliq to‘lovchilarga taqdim etish, to‘langanligini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 277 va 293-moddalariga muvofiq jismoniy shaxslarning mol-mulkiga va eriga solinadigan soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi imzolar bilan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlari stavkalari har yili qayta ko‘rib chiqiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli  qarorining 18-ilovasiga muvofiq, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari  mol-mulklarning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 0,2 foiz miqdorida belgilandi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo‘lgan turar joy va kvartiralarga mol-mulk kadastr qiymatining 0,25 foizi, maydoni 500 kv.metrdan oshiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 0,35 foizi miqdorida belgilangan.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan oshiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari mol-mulklarning kadastr qiymatining 0,25 foizi miqdorida belgilangan.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning inventarizatsiya qiymati kadastr hujjatlariga asosan belgilanadi, biroq 42 000 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordan kelib chiqib hisoblanadi. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha organlar belgilagan inventarizatsiya qadastr qiymati bo‘lmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 210 000,0 ming so‘m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 90 000,0 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati ko‘rsatilgan.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi qurilgan turar joylar bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatining ikki baravaridan kelib chiqqan holda undiriladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.m hajmida belgilanadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i qonunda belgilangan tartibda berilgan er uchastkasidan foydalanishidan qat’i nazar, joylashgan joyi uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Shu kabi «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning mol-mulkiga soliq solinmaydi.

Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar hisoblangan mol-mulk va er soliqlarini muddatida to‘lamaganlik uchun javobgarlik choralari mavjud. Agar yillik hisoblangan soliq hisobot yilining 15 oktyabriga qadar to‘lanmagan taqdirda, to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Ya’ni, soliq besh yildan keyin bo‘lsa ham undirib olinadi va bu soliq to‘lashning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Bugun nafaqat o‘z mulki,  balki elu-yurtini ham o‘ylab, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish niyatidagi har bir kishi zamon bilan hamnafas qadam tashlashi, tashabbus, izlanish bilan yonib yashashi kerak. Zero, sizu, biz to‘layotgan soliqlar mahalliy byudjetimizga tushadi.  Shuningdek mahalliy byujdetimizdan kam ta’minlangan oilalarga, pensionerlarga nafaqa, talaba yoshlarga stipendiya, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va shaharsozlik ishlariga sarflanishi shubhasiz. Shunday ekan, mahalliy soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmaylik. 

Xulosa qilib aytganda, soliqlar - iqtisodiyotimiz tayanchi. Mamlakatning iqtisodiy ravnaqi bevosita sizu, biz to‘layotgan soliqlarga bog‘liq. O‘z navbatida ham daromad topib, ham o‘z vaqtida soliq majburiyatlarini amalga oshiruvchi intizomli, madaniyatli, yuksak soliq odobiga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarni shakllanishi elu, yurt farovonligiga xizmat qiladi.


Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi