Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



MILLIY MANFAATLAR – HAR NARSADAN USTUN
29.11.2016


 

MILLIY MANFAATLAR – HAR NARSADAN USTUN


O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Saylovoldi dasturi bilan saylovchilar yaqindan tanishib chiqmoqdalar.

Shuningdek, nomzodning ishonchli vakili M.To‘raboyeva Xorazm viloyati shahar va tumanlarida saylovchilarga nomzodning Saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati, ularning mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqida yanada keng tushunchalar bermoqda.

Joylarda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda saylovchilar Saylovoldi dasturida milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish bo‘yicha Davlat dasturlarini qabul qilish hamda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi masalalar belgilanganligini alohida e’tirof etmoqdalar.

Dasturda ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga yo‘naltirilmagan xarajatlarni qisqartirish, yangi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, istiqbolli ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan korxonalarga soliq va majburiy to‘lovlarda imtiyozlar berish yo‘li bilan mahalliy sanoat samaradorligini yanada oshirish kabi masalalar muhim vazifalar sifatida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod S.Otamuratovning saylovoldi dasturidagi bu kabi masalalarning hayotiyligi va bugungi kun uchun o‘ta dolzarbligi saylovoldi tashviqotini samarali olib borishga xizmat qilmoqda.

Shovot tumanidagi 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili saylovchilarga dasturda belgilangan maqsad va vazifalarni yanada keng etkazdi.

Tadbirda ishtirok etayotgan partiya faollari, korxona va tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, yoshlar dastur mazmun-mohiyatini diqqat-e’tibor bilan tingladilar.

–O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan mamlakat Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Sarvar Otamuratovning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishish g‘oyasini amalga oshirish, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, xalqimizning farovonligi oshishiga erishish, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, O‘zbekiston xalqining milliy-madaniy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini saqlash va boyitish maqsadidan kelib chiqadi, –dedi ishonchli vakil. –Dasturda ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy, tashqi siyosat kabi mamlakat taraqqiyoti uchun o‘ta muhim jami ettita sohani yuksaltirishga qarata kompleks chora-tadbirlar belgilangan. Ayniqsa, dasturda o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosi va madaniy yodgorliklari umumjahon ahamiyatiga molik ekanligidan kelib chiqib, shaharlarimizning milliy qiyofasini saqlab qolishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, arxitektura yodgorliklarini asrab- avaylash, qayta ta’mirlashga ko‘maklashishga va bugungi kungacha YUNESKO Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kirmagan arxitektura yodgorliklarini mazkur ro‘yxatga kiritish, moddiy-madaniy merosni qayta tiklash va kapital ta’mirlash jamg‘armasini tashkil etish, o‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, o‘zbek ziyolilari va qahramonlari hayoti, faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar va kinofilpmlarni yaratishda tashabbus ko‘rsatish, yoshlarni axborot xurujidan himoya qilish maqsadida kreativ axborot muhitini yaratish hamda O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixiy yodgorliklarini jahonda targ‘ib qilish orqali turizmni yanada rivojlantirish vazifalari to‘liq aks ettiriladi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar sayyohlikni rivojlantirish uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar mavjud ekanligini qayd etib, kelgusida Shovot tumanida joylashgan "Katqal’a”, "Vayanganqal’a”, shuningdek, "Tuproqqal’a” tarixiy yodgorliklarini sayyohlik marshrutlariga kiritish va bu hududlarda sayohlarga xizmat ko‘rsatuvchi muzeylar, hunarmandlar do‘konlari hamda choyxonalar ochish orqali yuzlab nafar kishining bandligini ta’minlash mumkin ekanligini qayd etib, bu yuzadan takliflar bildirishdi.

Shuningdek, ishonchli vakil viloyatimizning barcha tumanlaridagi saylovchilar bilan uchrashuvlarida dasturdan o‘rin olgan kelgusidagi muhim vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatimiz azal-azaldan o‘zining qo‘li gul hunarmandlari, ustalari, kulollari bilan dovrug‘ qozonib kelgan. Bugungi kunda Respublikamizning barcha hududlarida hunarmandchilik yanada rivojlanmoqda. «Ustoz – shogird» an’analari asosida yoshlarga ota-bobolarimizdan qolgan milliy hunarmandchilik sir-asrorlari o‘rgatilmoqda. Milliy qadriyatlarimiz davomchilari bo‘lgan hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart- sharoitlarni yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

- Mamlakatimizda yoshlarning fan sirlarini chuqur egallashi, kasb-hunar o‘rganishi uchun imkoniyatlar yaratilgan. Masalan, bizning tumanimizdagi «Barkamol avlod» bolalar markazida 17 ta to‘garak faoliyat yuritib, ularda o‘g‘il-qizlarimiz rassomchilik, tikuvchilik, kashtachilik, to‘quvchilik va musiqa san’ati kabi bir qancha yo‘nalishlarda qatnashib, o‘z bilim va iqtidorlarini kengaytirib boryapti. Shuningdek, ularning milliy hunarmandchilikka qiziqishlari juda katta ekanligini har daqiqada his qilmoqdamiz. Markazimizga Xiva tumanining mashhur hunarmandlarini ham taklif qilib, mahorat darslarini o‘tkazmoqdamiz, - deydi mazkur markaz direktori, xalq deputatlari Xiva tumani Kengashi deputati Dildora Razzoqova. - Mamlakatimiz Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning dasturida ham milliy qadriyat va an’analarimiz, hunarmandchilikni yanada keng rivojlantirilishi yo‘lidagi sa’y-harakatlar o‘rin olganligidan xursandmiz.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili bilan Hazorasp tumanidagi uchrashuv ham saylovchilarning faol ishtirokida o‘tdi. Mazkur uchrashuvda so‘zga chiqqan «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘linmasi raisi Abdulla Matchanov dasturdan o‘rin olgan qurilish va bezak ishlarida milliy me’morlik an’analarini va ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llash, tarixiy shaharlar va ochiq osmon ostidagi muzeylarni qayta ta’mirlash, yirik loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan siyosatning izchil davom etishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, - deya qayd etdi. Bu shu kunning dolzarb vazifalaridandir. Shuningdek, mahallaning fuqarolar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy sohadagi ishlarning samaradorligini oshirish, joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni hal etishdagi sa’y-harakatlarini faollashtirish zarurligi ham dasturdan o‘rin olgan.

«Tashqi siyosat va davlat boshqaruvining boshqa organlari faoliyati doirasida milliy manfaatlarning qat’iy himoya qilinishini ta’minlanishiga erishishimiz shart. Bizning shiorimiz – milliy manfaatlar har narsadan ustun», deyiladi Prezidentlikka nomzodning dasturida.

Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida jamiyat, oila va ta’lim tizimida yosh avlodni kitobga muhabbat va hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash, O‘zbekiston xalqining tarixi, ma’naviy-madaniy merosiga doir adabiyotlarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan mualliflar, bosmaxonalar, nashriyotlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish, ularga soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilishiga erishish lozimligi qayd etilgan.

"Teatr insonning ma’naviy kamoloti, shaxsning didi va tafakkurini tarbiyalashda hamisha muhim o‘rin tutgan. XX asr boshida o‘zbek ziyolilari xalqni milliy uyg‘otishni aynan teatrlar tashkil etishdan boshlaganliklari ham bejiz emas. O‘sha davrda "Teatr – ibratxonadir” degan chuqur ma’noli hikmat orqali sahna san’ati millatimizning aslida kimu amalda qay ahvoldaligini ko‘rsatib bergan.

Bugungi kunda globallashuv sharoitida xalqning o‘ziga xos qiyofasi, milliy qadriyat va an’analarini asrab qolish, odamlarda yuksak ma’naviy ong va didni tarbiyalashda teatrning o‘rni yanada beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, teatr san’atiga qiziqish havas qilarli darajada emas. Teatr zallari ko‘pincha tomoshabinlar bilan yarim to‘lgan ahvolda bo‘ladi.

Biz ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni yanada rivojlantirish tarafdori ekanmiz, teatrga odamlarni qaytarish uchun, eng avvalo, zamondoshlarimizni o‘ylantirayotgan va to‘lqinlantirayotgan mavzularda badiiy jihatdan yuksak mahorat bilan sahnalashtirilgan spektakllarni ko‘paytirish, odamlarda, ayniqsa, yoshlarda teatr tomoshasi madaniyatini o‘stirish va eng muhimi, mamlakatimizning barcha teatrlarida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etilishiga erishishimiz ham farz, ham qarz”, deya dasturda alohida qayd etiladi.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi saylov shtablari partiya nomzodi dasturi tashviqotini saylovchilar o‘rtasida yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Jumladan, nomzod dasturining qisqacha mazmuni aks ettirilgan buklet, cho‘ntak kalendari, stol taqvimi va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlandi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, saylov shtabi mamlakatimizda saylov kampaniyasining muhim bosqichi hisoblangan saylovoldi tashviqotini ochiq va adolatli sharoitda demokratik tamoyillar asosida o‘tkazishda qonunda belgilangan me’yorlarga to‘la amal qilmoqda.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi barcha saylovchilarni partiyamizdan nomzod Sarvar Otamuratovga ovoz berishga chaqiradi!

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati.

"Xorazm haqiqati" gazetasi,
2016 yil 26 noyabr №96