Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Meva-sabzavotlar eksporti soddalashtirildi.
25.10.2018

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturida joriy yilda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda logistika tizimini rivojlantirish belgilab qo‘yilgan edi. Dasturni amalga oshirish bo‘yicha bir qator qonunosti hujjatlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 17-oktabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ana shunday me’yoriy hujjatlardan biri. Qaror bilan eksportga mahsulot etkazib berishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida meva-sabzavot eksporti tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, Davlatimiz rahbarining qarori bilan yuridik shaxslarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqi berildi.
Qarorga asosan, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi, bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda hujjatlarda mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi, shuningdek tovarlarni bojxona chegarasidan noqonuniy olib o‘tish uchun eksport qiluvchi javobgar bo‘ladi. Eng muhimi, bundan buyon tadbirkorlik sub’ektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarning turlari, hajmlari, summasi va etishtirish hududlari kesimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, eksport jarayonining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portali” ishlab chiqiladi. Mazkur qaror tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ish sharoitlarini yaxshilash, mamlakat eksport salohiyatini oshirish imkoniyatini beradi. SHuningdek, dunyoda tobora talab kuchayib borayotgan sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirishning ulkan salohiyatiga ega mamlakatimiz uchun bu sohaning ahamiyati nafaqat mamlakatga valyuta jalb qilish bilan, balki qishloqlarda ishsizlik hajmini kamaytirish, o‘zga iqtisodiyotlar uchun arzon ishchi kuchi bo‘lib xizmat qilayotgan qishloq yoshlarini vatanda, o‘z oilalarining oldida mehnat qilishlari uchun muhim omil ekani bilan o‘lchanadi.
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati