Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQLARI
12.06.2018

O‘zbekiston Respublikasining "Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 7 oktabr kunidagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi 427-sonli, 2011 yil 24 avgust kunidagi "O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi 242-sonli Qarorlari hamda 2018 yil 6 apreldagi 266-f-sonli farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash, aholiga xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot ob’ektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf qilish hamda viloyat FVDT hududiy quyi tizimi boshqaruv organlarining kuch va vositalarining harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Xorazm viloyati fuqaro muhofazasi boshlig‘i, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F. Ermanov buyruq qabul qildi. Unga muvofiq viloyat hududidagi aholi ko‘p to‘planadigan joylarda "Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi boshqaruv organi, kuch va vositalari bilan hamkorlikda yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish" mavzusida hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazish jadvali tasdiqlandi. Buyruq bilan o‘quv mashqini o‘tkazish davrida ob’ektning yong‘in havfsizligi talablari asosida jixozlanganligi va ta’milanganligi, ob’ekt rahbar xodimlari va ishchi xizmatchilarining yong‘inlar bilan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘riharakat qilish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarining mavjudligi hamda shakllanganligi, ob’ekt ma’muriy binosi (qavatlar) va hududida, ob’ekt tasarrufidagi xizmat ko‘rsatish joylarining favqulodda vaziyatlarda tark etish hamda fuqarolarning ko‘chirish tadbirlarining belgilanganligi, ob’ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining mavjudligi, jamlanganligi, ularning shayligi va tayyorgarligini ta’minlash ishlarini olib borilganligiga alohida e’tibor qaratish ta’kidlanadi. Maxsus-taktik o‘quv mashqiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha barcha tashkiliy-amaliy choralar ko‘rish, zaruriy tuzilmalar (xizmatlar) shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalarining maxsus-taktik o‘quv mashqida samarali ishtirok etishlarini ta’minlash viloyat FVDT xizmatlari tarkibiga kiruvchi tashkilot, idora, muassasa, korxona va ob’ektlar rahbarlari zimmasiga yuklatilgan. Buyruqda mutasaddi viloyat boshqarmalariga maxsus-taktik o‘quv mashqini sifatli hamda samarali o‘tkazilishini qat’iy nazorat qilish va muvofiqlashtirish, o‘quv mashqiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda amaliy hamda uslubiy yordam ko‘rsatish, o‘quv mashqi o‘tkazilishi oldidan xabar yoki signallar berilishi tarzda o‘tkazilishini ta’minlash topshirilgan Xorazm teleradiokompaniyasi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyatiga aholi ko‘p to‘planadigan joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni hamda o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish tavsiya etildi