Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI
20.09.2017

MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

2017-yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zosi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Abdikarimova mahalliy hamda respublika ommaviy axborot vositalari muxbirlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida S.Abdikarimova so‘zga chiqib, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da hududlarda xotin-qizlar bilan keng muloqotni yo‘lga qo‘yishda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida xotin-qizlarning faolligi, jumladan, yurtimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan ayollar, jumladan, tadbirkorlar, uy bekalari, yosh qizlarni qiynayotgan masalalar echimi yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida to‘xtaldi.Shuningdek, "O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan yosh oilalar va qizlar bilan ishlash bo‘yicha strategiyasi”ning loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Mazkur strategiyada belgilangan vazifalarning ijrosida yosh xotin-qizlar hamda yosh oilalarning o‘rni, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ayollarning turmush tarzi, faoliyati xususida, bu borada Qo‘mitaning olib borayotgan ishlari haqida so‘z yuritildi.

- Ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishidir. – dedi S.Abdikarimova. - Mazkur sohada izchillik bilan davom ettirilayotgan islohotlar yurtimizda har bir insonning munosib turmush kechirishiga ko‘maklashishdek olijanob maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi doirasidagi tizimli ishlar ham ana shu maqsad ro‘yobiga xizmat qilmoqda. Asosiy e’tibor yosh oilalar, xotin-qizlarning turmush tarzini yanada yuksaltirish, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini ta’minlashda o‘zbek ayollarining faolligini oshirishga qaratilmoqda

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan anjumanda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

M.Mangliyev.