Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Mard yigitlar xizmatga otlandi
09.02.2018

Prezidentimizning 2018 yil 13 yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi o‘tkazildi.
 Viloyat hokimligi,  davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, bo‘lajak askarlarning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda milliy armiyamizni  yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. Qurolli Kuchlarimiz saflarini yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir, jismonan va ma’nan barkamol harbiylar bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar munosib e’tirof etildi.
– Bolaligimdan harbiy libos kiyib Vatan himoyachisi bo‘lishni orzu qilar edim, – deydi Urganch tumanidan bo‘lajak askar Mart Odamboev. –Shu bois Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkilotining o‘quv kursida aloqachi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oldim. Bugun  ezgu niyatim amalga oshganidan juda baxtiyorman. Ammo bunga erishish oson bo‘lgani yo‘q. Tarix, o‘zbek tili va adabiyoti, matematika fanlaridan o‘tkazilgan test sinovlari va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlarda yaxshi natijalarga erishganim bois, saralanganlar qatoridan o‘rin oldim. Maqsadim muddatli harbiy xizmatdan so‘ng shu sohada oliy ma’lumot olib  professional harbiy bo‘lish.
Yigitlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish uchun kelgan  ota-onalari, oila a’zolarining qalblarida hayajon,yuzlarida quvonch balqib turibdi.
–Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tash uchun otlangan mard o‘g‘lonlar orasida o‘g‘lim Umidjon ham bor, – deydi Urganch shahridan Zulayho Boboniyozova. – Farzandimning bo‘y etib, el koriga yaraganidan ko‘nglim osmon qadar yuksaldi.Maydonda harbiy libosda saf tortgan bo‘lajak askarlar yuz-ko‘zidagi g‘ayrat-shijoat, o‘ziga ishonch va qat’iyatni ko‘rib qalbimda g‘urur va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urdi. Barcha yigitlarga bildirilgan yuksak ishonchni oqlab, xizmatni a’lo darajada, sharaf bilan o‘tashlarini tilayman.
Tantanali marosimda bo‘lg‘usi askarlar bilan bir piyola choy ustida dildan suhbat qurilib, ularga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. 
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi I.Sobirov ishtirok etdi.
                                                     Odilbek Odamboev