Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MA’NAVIYAT OILADAN BOSHLANADI
15.05.2018

Oila insoniyato‘z tarixi davomida kashf etgan eng buyuk kashfiyot, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.  Chunki, jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini  bo‘lgan oilada inson kamol topadi. Uning yaratuvchiliklarga nechog‘lik qodirligi, el-yurt taqdiriga dahldorlik hissi bilan yashay olishi oiladagi ma’naviy asoslarning mustahkamligiga bevosita bog‘liq.Oilalardagi muhit barqarorligini ta’minlash, oila institutini mustahkamlash, taraqqiyparvar insoniyat oldida turgan dolzarb vazifa bo‘lib, butun dunyoda har yili  15 may “Xalqaro oila kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu ayyom munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasitomonidan  yurtimizda oilalar mustahkamligini ta’minlashga qarata keng miqyosda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.  Chunonchi, O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi  “Ma’naviyat oiladan boshlanadi” mavzusida tashkil etgan davra suhbatida ham oilalarda ma’naviy muhit sog‘lomligini  ta’minlash yuzasidan mamlakatimizda yurtilayotgan  davlat siyosati, ushbu siyosatni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.  Unda partiya “Ayollar qanoti” faollari, Urganch shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari,Urganch shahridagi  30-son mahalla faollari, shahardagi 19-maktab o‘qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilari ishtiroketdilar.

      Davra suhbatida  ta’kidlanganidek, har jihatdan sog‘lom oilani shakllantirishda xotin-qizlarni ijtimoiy –huquqiy qo‘llab-quvvatlash, siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berishga  qaratilgan islohotlar xalqimizga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amho‘rlik namunasidir. Ayniqsa, Prezidentimizning 2017 yil 2 fevralda qabul qilingan  “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida serquyosh diyorimizda   O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qo‘mita faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganligi bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. 

    -Qabul qilingan Farmon xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, ularning oila va jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlashga, salohiyatini to‘la namoyon etishiga, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi,-dedidavra suhbatida so‘zga chiqqan partiyaXorazm viloyat Kengashi raisining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muhabbat To‘raboeva. –Shu boisdan ham mazkur Farmon ijrosini nazorat qilishda O‘zMTDP “Ayollar qanoti” faollari ham ishtirok etishlari zarur.

       Davra suhbatida ishtirokchilar oilalardama’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.


Alisher RAHMONOV, O‘zMTDP Xorazm viloyat

Kengashi etakchi mutaxassisi.