Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Mamlakatimizga naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqish tartibi o‘zgardi.
03.01.2018

Hammamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 dekabrdagi "Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5276 sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishda yozma ravishda majburiy deklaratsiya taqdim etish tartibi 2018 yil 1 yanvar kunidan bekor qilindi.
     Ya’ni, endilikda jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi xududiga kirish yoki chiqish vaqtlarida chegara bojxona postlarida o‘zlarining yonida bor bo‘lgan 2000 AQSh dollarigacha ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasiga yozish majburiy emas. 

Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketish ekvivalenti 5000 (besh ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasida hech qanday ruxsatnomalarsiz amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Bundan avvalgi tartibga muvofiq rezident fuqarolar ekvivalenti
 5000 AQSh dollarigacha teng bo‘lgan valyutani vakolatli banklarning tegishli ruxsatnomasi taqdim qilgan holda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga yo‘l qo‘yilar edi. Norezident fuqarolarga esa faqat respublikaga keltirilgan valyuta miqdorida olib chiqishga ruxsat berilgan edi.

 Ruxsat etilgan summadan oshiq mablag‘ni mamlakat hududidan olib chiqish uchun Markaziy Bank ruxsatnomasi talab etiladi.

Belgilangan summadan ortiqcha mablag‘ni olib chiqib ketish:

rezidentlar tomonidan – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida;

norezidentlar tomonidan – O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi, deklaratsiyada naqd xorijiy valyuta summasi olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyuta summasidan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘rsatiladi.

Norezidentlar – respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketilayotganda naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ular tomonidan ushbu naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos bo‘ladi. ​

 

Ikrom Matniyozov

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi

OAV bilan aloqalar guruhi katta inspektori