Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Mahalliy xom ashyodan tayyor mahsulot
24.03.2017

 

Mahalliy xom ashyodan tayyor mahsulot

Chiqindidan jahon standartlariga mos keluvchi neftsiz qurilish bitumlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari" belgilangan bo‘lib, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va difersifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish masalalari qayd etilgan. Shu bilan birga iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish masalalari muhim vazifa qilib belgilangan.

Urganch Davlat universiteti olimlari tomonidan bu ustuvor yo‘nalishlarning amalga oshishini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar olib borilayotir.

Butun dunyo bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari tahlil qilinsa, bu sohada bitumning o‘rni beqiyos ekanligi ayon bo‘ladi. U tengsiz izolyatsion material bo‘lib, er usti va er ostida, hatto suv ostidagi barcha inshootlarni, qurilish konstuktsiyalarini, fundamentlar va magistral quvurlarni gidroizolyatsiya qilishda, korroziya va erroziyadan himoya qilishda ishlatiladi. Shu bilan birga tom yopishning va asfalt ishlab chiqarishning asosiy komponenti hisoblanadi.

Hozirgi kunda ishlatilib kelinayotgan neft asosidagi bitumlarning sifati zamon talablariga javob bermay qolmoqda. Ularda o‘z xizmat muddatini o‘tamasdan oldin chirishi kuzatilmoqda. Ayrim chet mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan bitumlarning 70% ga yaqini zamonaviy bozorning assortimenti va sifatiga javob bermaydi, ulardan qilingan asfalt yo‘llar ko‘pi bilan 4-5 yil xizmat qiladi, xolos. Shu bilan birga Respublikamiz iqtisodiyotida yiliga kamida 300 ming tonna bitum etishmasligi sababli u chetdan import qilinmoqda.

Yog‘-moy sanoati chiqindisi bo‘lgan gossipol smolasi asosida jahon standartlariga to‘la mos keladigan, neft-siz qurilish bitumlari olishning mukammal texnologiyasi yaratildi va amaliyotga keng tatbiq qilindi. Gossipol smolasi (paxta gudroni) soapstokdan yog‘ kislotalari olish jarayonida ko‘p ming tonnani tashkil etuvchi chiqindi hisoblanadi. Uni keng doirada ishlatish masalalari dunyo miqyosida bugungacha hal qilinmagan. Yaratilgan neftsiz bitum ishlab chiqarish texnologiyasi jahon iqtisodiyoti tarmog‘ida butunlay yangi yo‘nalish hisoblanadi. Neftsiz qurilish bitumlari ishlab chiqarishning imkoniyatlari uzil-kesil hal bo‘ldi. Ko‘p yillik ilmiy izlanishlar natijasida Respublikamiz xalq xo‘jaligida yirik muammoviy masala echimi topildi.

Masalaning ikkinchi tomoni shundaki, hozirgi kunlarda gossipol smolasi Respublikamiz yog‘-moy kombinatlaridan chiqayotgan chiqindi bo‘lgani sababli, qo‘shimcha ekologik muammolarni ham tug‘dirmoqda. Ushbu ilmiy ishdan ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish natijasida bir vaqtning o‘zida mazkur chiqindidan xalqaro darajadagi bitum mahsulotlari olindi hamda bu chiqindi bilan bog‘liq ekologik masalalar o‘z-o‘zidan hal bo‘ldi. Yog‘-moy kombinatlarini chiqindisiz korxonalar qatoriga qo‘shilishiga zamin yaratildi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga respublikamizda va chet ellarda bo‘lgan talab xalq xo‘jaligining barcha sohalarida yuqori. Yaratilgan bitumlar 2010-2015-yillarda o‘tkazilgan "Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar" respublika yarmarkasida namoyish qilindi. 2015-yilning o‘zida ushbu mahsulotni etkazib berish bo‘yicha 500 mln. so‘mdan ortiq shartnomalar imzolandi. Hozirgi kunda mamlakatimizning 100 dan ortiq korxonalariga ushbu mahsulot sifatli qilib etkazib berilmoqda. Shu bilan birga neftsiz bitumlar 2010-2015 yillarda bo‘lib o‘tgan "Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birja"larida namoyish qilindi. So‘nggi 2016 - 2017 yillarda mahsulot etkazib berish borasida 2 ta chet kompaniyalari – Chexiyaning "Eriell Corroration S.R.O." va Singapurning "ENTER Engineering Rte. Ltd." kompaniyalari bilan kontraktlar imzolandi va mahsulotlar etkazib berish boshlandi.

Gossipol smolasidan yangi turdagi bitumlar olish bo‘yicha tajriba-sanoat texnologik reglamenti, texnik pasport, texnik shartlari ishlab chiqilgan va UZSTANDART agentligida ro‘yxatga olingan. Quvonarlisi shuki, gossipol smolasi asosida ishlab chiqarilayotgan bitumlarning Xalqaro sifat menejmenti talablariga mosligiga ISO 9001:2009 (ISO 9001:2008) muvofiqlik sertifikati berildi.

Mamlakatimiz bo‘yicha ushbu mahsulotni keng doirada ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Respublika yog‘-moy kombinatlaridan yiliga 15 ming tonnaga yaqin gossipol smolasi ajralayotgani hisobga olinsa, yiliga 15 000 tonnadan ortiq bitum ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu o‘z navbatida mamlakatimizning ushbu mahsulotga bo‘lgan taqchilligini ta’minlaydi va eksport qilishga zamin yaratadi, Respublikamizning eksport salohiyatining kengayishiga, valyuta zaxiralarining oshishiga olib keladi.

Mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha chet ellik is’temolchilardan – Singapur, Chexiya, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoy kabi mamlakatlardan talablar tushmoqda.

Universitetimiz olimlari 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni bajarish maqsadida samarali faoliyat yuritmoqdalar. Ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirib, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishmoqda. Bu esa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni har tomonlama rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi.

Maqsud Jumaniyozov,

Urganch Davlat universiteti professori,

texnika fanlari doktori.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 24 mart, №24