Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Korruptsiyaga qarshi kurashishda ijtimoiy hamkorlik
11.05.2018

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Biz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Unda hududiy soliq xizmati xodimlari, soha mutaxassislari, Jamoatchilik kengashi a’zolari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mutaxasisslari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda asosiy e’tibor mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amaliga oshirlatyogan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatiga qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi milliy va xalqaro qonunchilik haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda viloyat soliq boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan mavjud huquqiy normalarni yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ijrosi haqida so‘z yuritildi. 

Davra suhbatida soliq xizmati organlari xodimlariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir noqonuniy harakatlarga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish taqiqlangan. Soliq xizmati organlari xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi belgilab berilgan.

Davra suhbatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasida korruptsiyaga qarshi kurashish, mazkur sohada tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash sohasida ijtimoiy sheriklikning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos jihatlari ham ochib berildi. 

Ochiq muloqot davomida davlat organlari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida ijtimoiy hamkorlik masalalari muhokama etildi. 

Tadbir so‘nggida soliq xizmati xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. 

Bu kabi tadbirlar viloyatimizning shahar va tuman davlat soliq inspektsiyalarida ham davom etmoqda.


Dilrabo KURYAZOVA 

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i