Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



KOMILJON OTANIYOZOVNING TOSHKENTDAGI TO‘YI
01.08.2017

KOMILJON OTANIYOZOVNING TOSHKENTDAGI TO‘YI

Vatanimiz go‘zalligini, yuksak insoniy tuyg‘ularni avj pardalarda kuylagan ulug‘ san’atkor Komiljon Otaniyozov tavalludining yuz yilligiga bag‘ishlab Xorazmda o‘tkazilgan tantanalar butun mamlakatimizda bo‘ylab katta shukuh bilan nishonlanmoqda.

29-iyul kuni Toshkentning Beshyog‘och dahasida joylashgan muhtasham "Lazgi” restoranida Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy, musiqiy kecha hamda Boboxon Muhammad Sharifning "Men ketarman ishqning yo‘lina” va Rahimboy Jumaniyozovning "Komiljonimni yod etsam” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kechani taniqli suxandonlar Rahimboy Jumaniyozov va Mohibonu Sulaymonova olib bordi.

Anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi Muhammad Ali, atoqli yozuvchi shoirlar, Naim Karimov, Sultonmurod Olim singari taniqli adabiyotshunoslar, chet el diplomatlari, mamlakatimiz va xorij jurnalistlari, san’atshunoslar, musiqa va adabiyot shinavandalari ishtirok etdi. Kechada so‘zga chiqqan atoqli shoirlar Erkin Samandar, Omon Matjon, filolog olim, "Jahon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri Shuhrat Rizayev, tarixchi olim Ne’mat Polvonov, filologiya fanlari doktori, professor Sultonmurod Olim Komiljon Otaniyozov ijodining vatanimiz va xalqimiz tarixida tutgan o‘rni, Buyuk Hofiz san’atining bugungi kundagi ahamiyati, u haqda chop etilgan kitoblarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘zladilar.

Elimizning Ortiq Otajonov, Sultonposhsha O‘dayeva, G‘iyos Boytoyev, Karimboy Rahmonov, Gulbahor Erqulova, Rohila Ro‘zimova singari suyukli san’atkorlari, "Surxon” guruhi, Ulug‘bek Azimov, Anora Asadzoda kabi yosh xonandalari Komiljon Otaniyozov ijro etgan ashulalardan namunalar va o‘z ijodiga mansub qo‘shiqlar kuylab, kecha qatnashchilarini xushnud etdilar.

Boboxon Muhammad Sharif