Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



KLASTER: QULAY, UNUMLI, SIFATLI, SAMARALI
05.10.2018

Joriy yildan boshlab viloyatimiz bo‘yicha birinchilardan bo‘lib Shovot tumanida paxta hosilini yetishtirish, qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni sotish jarayonlarini klaster usulida tashkil etishga qarata ibratli ishlar boshlandi. Tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar ilk qadamlardanoq o‘zining har tomonlama afzalligini ko‘rsatmoqda. Yangilikning mohiyati, ilk qadamlari, samaralari, shu borada ko‘zlanayotgan rejalarni oydinlashtirish maqsadida "UZTEXGROUR" kompaniyasiga qarashli "UZTEX SHOVOT" korxonasi hamda "Tekstilfinans Xorazm" mas’uliyati cheklangan jamiyati (klaster korxonasi) va tumanning bir guruh mutaxassis-xodimlariga savollar bilan murojaat qildik. Quyida ularning shu haqdagi fikr-mulohazalari bilan tanishasiz: MChJning bosh muhandisi Jumanazar Boyjonov yangilikni shunday sharhlaydi: klaster yagona tizimdagi qator korxona-tashkilotlarning hamkorlikka asoslangan ishlab chiqarish faoliyati demakdir.

*

Jumladan, bizning paxtachilik yo‘nalishidagi klasterimiz yerga chigit ekishdan tortib, ekinni parvarish qilish, hosilni yetishtirish, yig‘ishtirib olish, chuqur qayta ishlash, tayyorlangan mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berishning butun bir kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu - tayyor mahsulot uchun sa’y-harakatlarning barcha bosqichlarida jamoa a’zolarining salmoq, sifat, samaradorlik uchun hamkorlikda, manfaatdorlik asosida faoliyat ko‘rsatishini, ishlab chiqarish jarayonlarining izchil ravishda takomillashtirib borilishini taqozo etadi. Jumladan, biz paxta xom ashyosi yetishtirish jarayonlarida ana shu usul imkoniyatlariga tayanib ish olib boryapmiz. Bu yil tuman bo‘yicha ming gektar maydonda g‘o‘zalarni mashinabop qilib yetishtirdik. Bahorda shu maqsadda ayni maydonlarga chigit ekish uchun Turkiya davlatidan 6 ta maxsus seyalka, qator oralariga ishlov berish uchun 20 ta yangicha kulptivator, Belorusp davlatidan 30 ta chopiq va transport traktorlari, yetishtirilgan hosilni nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan qisqa muddatlarda yig‘ishtirib olish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarining "Jondor" kompaniyasidan bitta yuqori unumli terim kombaynini xarid qilib keltirdik. Bu esa dolzarb pallada yig‘im-terim sur’atini oshirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirishda muhim qadam bo‘lishi shak-shubhasiz. - Mashinasozlik kompaniyasi vakillari yurtimizga kelib, biz - yoshlarga yig‘im-terim kombaynini boshqarish, uning unumli ishlatilishini ta’minlash, unga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini batafsil o‘rgatdilar. Mazkur mashina boshqarish uchun qulay, ish unumi, yig‘im-terimining sifati yuqori. Bir kunda 200 gektar maydondagi paxta hosilini nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan saranjomlab olish quvvatiga ega. Ammo buning uchun g‘o‘zalardagi ko‘saklarning kamida 90 foizi ochilgan bo‘lishi kerak. Mashina terimi uchun ajratilgan paxta maydonlari defoliatsiya qilinib, g‘o‘za barglari to‘ktirildi. Yana bir haftaga, ya’ni daladagi paxtalar to‘la-to‘kis ochilishi bilan mashina terimini boshlab yuboramiz, - deydi yig‘im-terim kombayni operatori Rashid Jumaniyozov. - Bu yil tuman bo‘yicha tayyorlanadigan 26620 tonna paxta hosilini to‘laligicha klaster usulida qayta ishlash rejalashtirilgan, - deydi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jo‘rabek Jumaniyozov. - Hozirda kuniga 2,5-3 foizdan oshirib, qimmatli sanoat xom ashyosi tayyorlanyapti. Yalpi xirmon salmog‘i 10 ming tonnadan oshdi. Joriy yilda klaster korxonasining madadi, MChJ texnikalarining dehqonlarga yordamga kelganligi, hosilot-muhandislarning sa’y-harakatlari, yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatmalari tufayli bahor mavsumining kechikkanligi, suv resurslari taqchil bo‘lganligiga qaramay, dalalarda paxtadan mo‘l hosil yetishtirildi. Erta-indin mashina terimi boshlanishi bilan qimmatli sanoat xom ashyosini tayyorlash sur’ati yanada oshishi, shak-shubhasiz. Kelgusi yil mashina terimiga mo‘ljallangan paxta maydonlarini, klaster usuli ko‘lamlarini yanada kengaytirib, ish sifati va samaradorligini oshirib, mehnat yutuqlarini ko‘paytiramiz. - Ziroatkorlarimiz yetishtirgan paxta xom ashyosi sexlarimizda to‘la qayta ishlanadi, - deydi kompaniyaga qarashli "UZTEX SHOVOT" korxonasining katta chilangar-ta’mirchisi Ulug‘bek Masharipov. - Sexlarimizga Yaponiya, Shveysariya, Italiya davlatlaridan keltirilgan zamonaviy yigiruv dastgohlari o‘rnatilgan. Ular kompyuter vositasida boshqariladi. Ishlab chiqarish jarayonida ip uzilguday bo‘lsa, ular darhol avtomatik ravishda ulanadi. Har smenada yigiruv dastgohlariga 250 nafar, jami to‘rt smenada esa ming nafar kishi xizmat ko‘rsatadi. Tikuv seximizda ham ko‘plab chevarlar faoliyat ko‘rsatib, maktab formalari, ish kiyimlari, bejirim liboslarni tayyorlashmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Xitoy, Rossiya, Belorus va boshqa ko‘plab davlatlarga eksport qilinyapti. Joriy yilgi paxta hosili to‘la yig‘ishtirib olingach, faoliyatimiz ko‘lamlari yanada kengadi. Xayrli ishlar muvaffaqiyatli boshlandi. Kelgusi yilga borib, klaster usuli amal qiladigan hududlar, sohalar ko‘lami yanada kengayadi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yetishtirilgan paxta hosilining to‘laligicha o‘z yurtimizda qayta ishlanishi yo‘lga qo‘yiladigan kunlar juda yaqin. Amalga oshirilayotgan islohotlar, ko‘rilayotgan shu va boshqa ibratli tadbirlar diyorimizning iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin olishi kafolatidir.

Ollabergan Rajabov