Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



KITOBLARDA HOFIZ HAYOTI
29.07.2017

O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi viloyatimizda keng nishonlandi.

KITOBLARDA HOFIZ HAYOTI

El e’zozlagan san’atkor Komiljon Otaniyozov tavalludining yuz yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida buyuk hofiz hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan va unutilmas sana arafasida nashr qilingan yangi kitoblar taqdimoti bo‘ldi. Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi zaliga adabiyot va san’at namoyandalari, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari, kitobxonlar tashrif buyurdilar.

Taqdimot tadbirini viloyat hokimligi yetakchi mutaxassisi, matbuot kotibi Shuhrat Matkarimov olib bordi. U o‘z so‘zida Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodini chuqur o‘rganish va uni ilmiy - badiiy jihatdan tadqiq etish borasida amalga oshirilgan ezgu ishlar haqida atroflicha to‘xtaldi. Bu borada voha adabiy muhitida salmoqli ishlar qilinganligini misollar bilan gapirdi. Respublikamizdagi turli nashriyotlarda buyuk hofiz tavalludining yuz yilligiga bag‘ishlab o‘ndan oshiq kitoblarning chop etilganligi to‘yga munosib to‘yona bo‘lganligi ta’kidlandi.

Taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali so‘zga chiqib, xorazmlik ijodkorlarning ustoz san’atkor hayoti va ijodi, unga el-u yurtning mehr-muhabbati ifoda etilgan kitoblari hofiz to‘yiga munosib to‘yona bo‘lganligi, bu kitoblar o‘quvchilar javoni va yuragidan joy olishini mamnuniyat bilan bildirdi.

Taqdimotda ana shu kitoblarning mualliflari o‘z ijod namunalarining yaratilishi tarixi, mazmun-mohiyati, mundarijasi haqida so‘zlab berishdi. "Men ketarman ishqning yo‘lina" kitobi muallifi Boboxon Muhammad Sharif Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodiy faoliyati borasida uzoq yillardan buyon izlanishlar olib borayotganligi haqida to‘lqinlanib gapirdi. "Men o‘z kitobimda ulug‘ san’atkorimizning ma’naviy olami, mas’uliyati, sahna madaniyati, insoniylik fazilatlari, hofiz yashagan davrdagi ijodiy muhit haqida so‘z yuritishga, shu asno Komiljon Otaniyozovning xalqi, Vatani oldidagi beqiyos xizmatlari qay darajada e’tibor va e’zoz topayotganligini ifodalashga harakat qildim", – dedi muallif.

Shoir, adib, dramaturg Komil Avaz Komiljon Otaniyozov bilan bo‘lgan bevosita uchrashuvlari, suhbatlarini ehtirom bilan yodga oldi. Bu unutilmas lahzalar "Tushida bulbul ko‘rgan..." esselar, hikoyalari jamlangan kitobida o‘z ifodasini topganligini bildirdi.

Taniqli adib Qurbon Muhammadrizo qalamiga mansub "Muhabbat olamining bulbuli" romanida Komiljon Otaniyozov hayoti va uning jo‘shqin ijodiy faoliyati yanada kengroq qamrab olingan. Muallif ana shu asarining yaratilishi jarayoni, unda, ayniqsa, xalqlar do‘stligini mustahkamlashga buyuk hofizning o‘z san’ati bilan qo‘shgan hissasi, xorijiy safarlar tafsilotlari, shuningdek, san’atkor hayotida qanchadan- qancha mashaqqatlarni boshidan kechirgani holda kasbiga bo‘lgan cheksiz mehri va sadoqatini ifodalashga intilganligini aytib, "Yangi romanimga baho berish kitobxonlar hukmiga havola", dedi.

Taqdimotda Rahmatjon Qurbonovning "Ustoz yo‘lidan", Bayram G‘oyibovning "Yaxshilar yodi", Quronboy Xo‘janazar o‘g‘lining "Jahonni mahliyo aylagan navozanda", Shermat Xo‘janing "Biz bilgan va bilmagan haqiqatlar", Abdulla Safoevning "Ustozdan qolgan dunyo" asarlari yuzasidan ham fikr- mulohazalar bildirildi. Filologiya fanlari nomzodi Dilshod G‘oyibov tomonidan to‘plab, nashrga tayyorlangan buyuk san’atkorning padari buzrukvori Otaniyoz Niyoziy ijodiy merosiga mansub "Jamolin orzu aylab" to‘plami yuqori baholandi. UrDU dotsentlari – Samandar Xudoyberganov, Botir Ra-himovlarning yangi risolalarida ham Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodining yangi qirralari tadqiq qilinganligi e’tirof etildi. Har bir muallif mavzuni yoritishga o‘ziga xos uslub, janr va ijodiy imkoniyatlari darajasida yondashgan, eng muhimi Komiljon Otaniyozovga eldoshlarining chuqur hurmat-ehtiromi, ixlos va e’tiqodini yorqin ranglarda, ta’sirchan, qiziqarli lavhalarda ifodalab berishga harakat qilganlar.

Ishtirokchilar yangi nashrlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, mualliflar savollarga javoblar berishdi.

Tadbir jarayonida Komiljon Otaniyozovga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi tashkil qilindi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 26 iyul №59.