Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



"KITOB VA YОSHLAR" FESTIVALI
25.03.2017

"KITOB VA YОSHLAR" FESTIVALI

Urganch tumanidagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Kitob va yoshlar" shiori ostida festival va oilaviy kitobxonlik kitob savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda yozuvchi Boboxon Muhammad Sharif, Respublika "Kitob olami" ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi direktori Shuhrat Oxunjonov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bahodir Tillayev, olimlar Abdulla O‘razboyev, Madina Matyaqubova, shoir Ollabergan Po‘latov, tuman hokimi o‘rinbosari Barno Berdiyeva, tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘lim mudiri G‘afur Allanazarov, viloyat "Kamolot” YoIH mutaxassislari, viloyat Axborot resurs markazi xodimlari, ijodkor o‘qituvchilar, ota-onalar ishtirok etdilar.

"Kitob va yoshlar" festivalda yosh avlodning ma’naviy-intellektual ehtiyojini qondirish, oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda kitobning o‘rni va ahamiyatini borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

- Kitob - oftob, kitob - ziyokor, kitob – bilim chashmasidir. Insonga kitobdan bo‘lak yaqin do‘st yo‘q, - dedi so‘zga chiqqan Shuhrat Oxunjonov. - Tadbir doirasida tashkil etilgan "Sinf kutubxonasi", "Bolalar shoiri bilan uchrashuv","Tafakkur chorrahalarida" zakovat o'yini, "Kitobxon oila", "Kitoblar tilga kirganda", "Kitobim-oftobim", "Olim va zamon" kabi yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligini ko‘rib hayratga tushdim.

 

Yozuvchi Boboxon Muhammad Sharif o‘quvchilar bilan savol-javob suhbati jarayonida har bir mashg‘ulotda kitoblardan o‘qigan qizikarli ma’lumotlarni, voqealardan o‘zga bir ma’no olganligini, ota-onalarning kitob yarmarkasidagi ishtiroki, kitob va kitobxonlikka bo‘lgan qarashlaridan ma’mnun bo‘lganligini ta’kidladi. Ayniqsa bolalar shoiri Ollabergan Po‘latov, olimlar Madina Matyaqubova va Abdulla O‘razboyevlarning ma’ruzalari, maktabda tashkil qilingan "Qo‘g‘irchoq teatri" ishtirokchilarining chiqishlari, ota-onalarning oilada kitobxonlikni yanada yaxshilash borasidagi ishlar haqida fikrlarini bildirdi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining o‘rinbosari Bahodir Tillayev fikrida ota –onalarning o‘z farzandi o‘qiyotgan maktab kutubxonasiga badiiy kitoblarni takdim etish ishlari, maktabning ta’lim-tarbiya sohasidagi olib borayotgan ibratli va tashabbuskor tajribasini viloyat miqyosida ommalashtirishni tavsiya qildi.

- Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarimiz qalbida kitobga mehr uyg‘otishdir ,-deydi maktab direktori Zumrad Qurbanbayeva. Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir. Farzandlarimizning tarbiyasi, bilim va tafakkuri shakllanishida, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lib etishishlarida kitobning o‘rni alohida. Buni o‘tkazilayotgan har bir tadbir davomida o‘quvchilarimiz anglab borishayotir.

Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va eng faol kitobxon ota – onalarga sovg‘alar taqdim etildi.

Shuhrat Matkarimov,

Viloyat hokimligining matbuot kotibi