Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



KENG QIRRALI FAOLIYAT: IBRAT, NATIJALARI
30.05.2018

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi bu soha rivojiga yanada keng yo‘l ochmoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harkatlar strategiyasida iqsodiyot tarmoqlari va hudlarning tobora keng taraqqiy etishida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 

Soha rivojiga oid qabul qilingan qarorlar, farmonlar viloyatimizda tadbirkorlikni yanada keng quloch yoyishi, izlanishga, mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga, eksport salohiyatini oshirishga undamoqda.

Soxa rivojiga oid kabul kilingan karorlar, far- monlar viloyatimizda tad- birkorlikni yanada keng kuloch yoyishi, izlanishga, maxsulot ishlab chikarish kulamini kengaytirishga, eksport saloxiyatini oshirishga undamokda.

“Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, xivalik Otaboy Ollaberganov viloyatimizning peshqadam tadbirkorlaridan biri. U mustaqillikning ilk yillaridanoq tashlandiq ko‘llarni birlashtirib, baliqchilik xo‘jaligi tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Uning bu boradagi sa’y-xarakatlari amalga oshdi. Dastlab oltmish gektar maydonda tashkil etilgan baliqchilik xavzasi mahsulotlaridan el-yurt bahramand bo‘la boshladi. Mulklar xususiylashtirilishi munosabati bilan tadbirkor xududdagi Pirnaxos ko‘lini ham o‘z tasarrufiga olib, “Boltaboy oqsoqol” nomida fermer xo‘jaligi tashkil qildi. Bu oson bo‘lmadi. Katta ko‘lamdagi melio¬ratsiya ishlarini amalga oshirish, kommunikatsiya tarmog‘ini vujudga keltirish uchun ko‘p mehnat qilindi. Bu esa qishloqni obod, ko‘rkam bo‘lishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ko‘l bilan qishloqni bog‘lovchi yo‘l kengaytirilib, asfalt yotqizildi, ko‘prik qurildi, yo‘l bo‘ylariga simyogochlar o‘rnatilib, elektr energiyasi tortib kelindi. Xovuzlar tartibga keltirilib, ularning atroflariga dambalar ko‘tarildi. Ke¬yingi ikki-uch yil ichida 130 gektardan iborat tash¬landik Eshonravot ko‘llar tizimi ham o‘zlashtirildi.

Endilikda baliqchilik xavzalarining umumiy maydoni uch yuz gektardan oshadi. Asosiy yo‘nalish - baliqchilikdan tashqari paxtachilik, donchilik, parrandachilik ham ko‘p tarmoqlilik asosida rivojlantirilmoqda.

Prezidentimizning sayyohlikni rivojlantirish borasidagi qarori ijrosini ta’minlash borasida ham ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Eko¬turizm yo‘nalishida ko‘l bo‘ylarida, Qoraqum sarhadlarida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. “Eshonravot tur” firmasi tashkil qilinib, ko‘l bo‘yida ko‘rkam mehmonxona, choyxona tashkil etildi. Tuya, ot bilan sayr qilish imkoniyatlari yaratildi. Ajoyib oshxona qad rostladi. Bu erda o‘tirganlar ko‘lda yayrab yurishgan g‘oz, o‘rdaklarni, ko‘kda parvoz qilayotgan qushlarni, atrofda chiroyli patlarini yozib yurgan tustovuqlarni ko‘rib bahri dili ochiladi.

- Prezidentimiz xududimizga tashrif buyurganlaridan keyin bu erda katta o‘zgarishlar qildik. - deydi Otaboy aka. - Xozir majmuamizda “Eshonravotbaliq”, “Boltaboy oqsoqol”, “Pirnaxoszamin”, “Xarrotparranda” xo‘jaliklaridan tashqari “Xorazmbaliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham tash¬kil qilindi. Prezidentimizning tavsiyalariga ko‘ra bu erda xorijiy hamkorlar bilan birga yangi innovatsion g‘oyalar asosida ish boshladik. Endilikda mahsus suv xavzalarida baliqchilikni in¬tensiv usulda etishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa katta samara berib, mahsulot etish¬tirish hajmi o‘n baravar oshadi. O‘g‘lim Hurmatbek taj¬riba o‘rganish uchun Vetnam va Xitoyda bo‘lib keldi. Xitoylik hamkorlarimiz bilan mahsulotlarimizni qayta ishlash

bo‘yicha shartnoma imzolagan edik. Ana shu shartnoma bo‘yicha Xitoyning “Zhoushan Golden Wing Machinery So., LTD” korxonasidan Xia Kai boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar inno¬vatsion texnologiyalar asosida yangidan qad rostlagan zavodimizga tashrif bu yurib, baliq mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha maslahat, yo‘l-yuriq, ko‘rsatmalar berib ketishdi. Zavod bilan yonma-yon baliqlar uchun soatiga 4 tonna omixta em tayyorlanadigan tsex ham bunyod etildi.

Nafaqada bo‘lsada majmuadagi barcha ishlarga bosh-qosh bo‘layotgan Otaboy Ollaberganov yangi innovatsion royalar ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida endilikda yiliga 2 ming tonna balik etkazib berilishini manuniyat bilan bildirdi.

Chet el investitsiya mablag‘lari jalb qilingan holda bunyod etilgan konserva zavodi ish faoliyatini boshlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizdagi baliqchilik xo‘jaliklari, agrosanoat kompleksining tarmoq bilan bog‘liq korxona, tashkilot, muassasalari rahbarlari va mutaxassislari qatnashdilar.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov tadbirda ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 6 aprelda qabul qilgan “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosi¬da baliq etishtirish, ovlash va qayta ishlash jarayonida innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni dadillik bilan qo‘llash, aholi extiyojlarini qondirish, keyinchalik qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish uchun baliqlarni qayta ishlash bo‘yicha faoliyatni kuchaytirish borasida qimmatli fikr-muloxazalar bildirdi. Bu borada xivalik tadbirkor Otaboy Ollaberganovning ish tajribalarini keng o‘rganish va hayotga tatbiq etish zarurligini alohida ta’kidladi.

Viloyatda baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

A.SAFOEV.

“Xorazm xaqiqati” va “Xorezmskaya pravda” 

gazetalari 2018 yil 30 may №43 (19493) chorshanba