Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



KEKSALAR VA NOGIRONLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI MUAMMOLARI DEPUTATLAR E’TIBORIDA
30.08.2017

KEKSALAR VA NOGIRONLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI

MUAMMOLARI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

2017-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda "Keksalar va aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalash masalalari: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari, O‘zMTDP faollari, tibbiyot xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida keksa avlod vakillariga nisbatan g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Davra suhbatida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda mustaqillik yillari mobaynida aholining ijtimoiy hojatmand qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Keksalar va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirishga, pensiya ta’minoti va ijtimoiy madad tizimini takomillashtirishga, tizimli sog‘lomlashtirishni tashkil etish hamda kasalliklarni davolashning zamonaviy usullaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga yo‘naltirilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilinganligi natijasida aholining farovonligi oshdi va kishilarning turmush sifati yaxshilandi, bu esa keyingi 25 yil mobaynida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 67 yoshdan 73,5 yoshga, shu jumladan erkaklar - 66 yoshdan 71 yoshgacha, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi esa 70 yoshdan 75,8 yoshgacha ortishiga imkoniyat yaratayotganligi xaqida fikr mulohazalar bildirildi.

Shu bilan birga davra suhbatida ijtimoiy madad tizimida yolg‘iz keksalarni, pensionerlar, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, uning aniq manzilliligi, kasalliklarni profilaktika qilish va davolashning zamonaviy samarali usullarini joriy etish, katta yoshdagi shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirish bilan bog‘liq ayrim masalalar hal etilmasdan qolayotganligi yuzasidan olib borilayotgan ishlar, sohadagi mavjud muammolar hamda ularning echimlari muhokama qilindi va fikr-mulohazalar bildirildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Inoyat Xajiyev va Xorazm viloyati Sog‘liqni Saqlash boshqarmasi vakillari kun tartibidagi mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.

Ma’ruzalarda ta’kidlandiki, Sog‘liqni Saqlash vazirligi tizimida kuchli ijtimoiy himoya asosida aholining ehtiyojmand qatlamlarining manzilli ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq va maqsadli choralar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi №237 sonli qarori bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka yolg‘iz keksa va nogironlarga har oyda bepul etkaziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining turi 9 tadan 15 tagacha ko‘paytirildi. Bu ishlar uchun har 1 kishiga 1 oyda sarflanadigan mablag‘ miqdori esa 4 martaga ortdi, ushbu toifa fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sohasi uchun "ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlash mexanizmlari tasdiqlandi.

Yana bir misol, 2016-yil 14-iyunda 2801 - raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nizomga asosan reabilitatsiya texnik vositalari, ya’ni nogiron aravachalari, eshitish moslamalari, xassa, qo‘ltiq-tayoqlar bilan bepul ta’minlanadigan fuqarolar ro‘yxati kengaytirilib, ushbu xizmat bilan yoshga doir pensionerlar ham foydalana olishlari belgilab qo‘yildi.

Bu borada "Keksalar va nogironlar hamda aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (2016-yil 26-dekabr) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston faxriylarni qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni (2016-yilning 29-dekabr) ning qabul qilinishi katta ahamiyatga egadir.

Mamlakatimizda muhtoj keksa fuqarolar protez-ortopediya mahsulotlari, reabilitatsiya texnik vositalari – nogiron aravachalari, eshitish moslamalari, xassa va qo‘ltiq-tayoqlar bilan bepul ta’minlanmoqdalar; nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy markazi hamda hududiy nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarida keksa nogironlarga tibbiy, ijtimoiy va kasb reabilitatsiyasi choralari ko‘rsatilmoqda; nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi hamda Xorazm viloyatida nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari tibbiy, psixologik, ijtimoiy, kasbiy reabilitatsiya xizmati hamda huquqiy masalalar bo‘yicha huquqshunos maslahat yordamini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan bir qatorda, qonun ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga ham e’tibor qaratilib, bu borada mutasaddi vazirlik, tashkilot va idoralar, nodavlat-notijorat tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan vazifalar muhokama etildi.

Alisher RAHMONOV

O‘zMTDP Xorazm viloyat kengashi

Devoni yetakchi mutaxassisi.