Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



KATTABOG‘DA- PLASTMASSA IDISHLARI KORXONASI
28.08.2017

Yangiariq tumanida

 

KATTABOG‘DA- PLASTMASSA IDISHLARI KORXONASI

Kattabog‘ qishlog‘ida yangi yirik loyihani o‘zlashtirishga kirishildi. 1,65 gektar erni egallagan maydonda plastmassa mahsulotlari ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan yangi zavod binosini qurish ishlari boshlab
yuborildi.

Hozirda bu erda "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasiga qarashli "Janubgazqurilish” aktsiyadorlik jamiyatining 150 nafar ishchi-texnik xodimlari bunyodkorlik ishlarini davom ettirmoqdalar. Zavod ishga tushirilgach, yiliga 2,5 ming tonna mahsulot – omborxonalarga mo‘ljallangan meva va sabzavot qutichalari, 250 kg. sig‘imli maishiy chiqindilar uchun plastmassa idishlari ishlab chiqariladi.

- Bankning 1,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga Xitoydan zamonaviy uskunalar olib kelish rejalashtirilmoqda, - deydi "Yangiariq plast" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Aminboy Sherjonov. - Mahsulot ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan xom ashyolar esa Qashqadaryo viloyatining Sho‘rtangaz kimyo majmuasidan va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Oqcho‘laq qo‘shma korxonasidan keltiriladi.

Kelgusida bu erda 120 nafar kollej bitiruvchisi ish bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa ichki va tashki bozorlarga sotilishi mo‘ljallanmoqda.

 

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 23-avgust, №67.