Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
12.02.2018

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining rahbariyati va mas’ul tarkibiy tuzilmalari tomonidan Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida joylarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, eksportyor tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari ishtirokida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, bojxona sohasida ular tomonidan duch kelinayotgan muammolarni har tomonlama o‘rganish va zudlik bilan hal etish hamda ular tomonidan berilayotgan takliflarni  o‘rganish maqsadida bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda respublikamizda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimiz ishbilarmonlik va investitsiya muhiti darajasining xalqaro reytingini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida aytib o‘tildi. Jumladan, Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga barcha jabhalarda qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotgani, shu jumladan bojxona tizimida ham bojxona taomillari soddalashtirilib, amaldagi tartiblar engillashtirilayotgani hamda bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar berilib, sohada tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbirlarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 
3 noyabrdagi PQ-3351-son, "Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 6 noyabrdagi PQ-3377-son qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 16 yanvardagi PF-5303-son hamda "Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 5 dekabrdagi PF-5276-son Farmonlari mazmun-mohiyati to‘liq etkazildi.
O‘z navbatida ishtirokchilar o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammoli masalalar va takliflarini erkin bayon qilishib, ular bo‘yicha tegishli javoblar olishdi.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi
katta inspektori Jasurbek Boltaev