Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni
17.02.2017

Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni

Joriy yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor tarzidagi yig‘ilishda haftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilish taklif etilgan edi.

 

Urganch shahrida joylashgan Urganch neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.M.Djurayev, viloyat prokurori S.A.Turdiyev va shahar hokimligi, viloyat o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limi boshqarmasi xodimlari, kollej o‘qituvchi va talabalari hamda ota-onalar ishtirokida voyaga etmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan turli huquqbuzarliklar, ularning sodir bo‘lishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar hamda ta’lim olayotgan o‘quvchilarni davomati va shu bilan bog‘liq boshqa holatlar yuzasidan tanqidiy tahlillar asosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda viloyat prokurori va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rta-maxsus ta’lim muassasaslarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni chet elga chiqib ketishlari, kollejlarda davomat ahvoli yaxshi emasligi, o‘quvchilar tomonidan turli xildagi huquqbuzarliklar sodir qilinishi achinarli holat ekanligi ko‘rsatib o‘tib, yoshlarni o‘z vaqtida o‘qishga kelishlarini, ularni ma’naviy va huquqiy jihatdan etuk inson bo‘lib kamolga etishlari uchun pedagog xodimlar va jamoat tashkilotlari hamda ota-onalar o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish lozimligi, ular o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldirishni va hamkorlikni kuchaytirish kerakligini ta’kidlab o‘tdilar.

Uchrashuvda yoshlarni tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish, ularning farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyatga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda shahar hokimligi, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limi boshqarmasi xodimlari, shuningdek, kollej o‘qituvchilari, ota-onalar va talabalar so‘zga chiqib qayd qilingan masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

R.Bobajanov

Xorazm viloyat IIB xodimi.