Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



JINOYATCHILIKNING OLDI OLINADI
08.02.2018

Xorazm viloyatida jinoyatchilik profilaktisi va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida viloyat hokimi, senator I.M.Sabirov bir necha savollarga javob berdi

- Hurmatli Ilgizar Matyakubovich! Bugun Prezidentimiz Shavkat  Miromonovich  Mirziyoev rahnomaligida mamlakatimizda keng ko‘lamdagi ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Albatta, har qanday islohot tinch va osoyishtalik bor joydagina katta natijalar beradi. Shunday emasmi? 

JAVOB: -  Albatta. Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqimizning to‘q, farovon va osayishta turmushini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun Prezidentimiz Shavkat Miromonovich tashabbusi bilan  bugun davlat organlari asosiy e’tiborini xalqimizning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratgan. Davlatimiz rahbarining "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan shior  bugun faoliyatimizning asosiy  mezoniga aylandi. 

"Aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda”, degan edilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yil dekabr oyida mamlakat Parlamentiga yo‘llagan birinchi Murojaatnomasida. Demak bugun xalq osoyishtaligi va tinchligi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Shuning uchun 2017 yil 15 noyabr kuni huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning bugungi ahvoliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan bu masala yana bir marta jiddiy muhokama qilindi. Huquq-tartibort organlari, har bir sektor boshliqlari oldiga aniq masalalar qo‘yildi. Ana shu topshiriqlardan kelib chiqib biz ham bu masalada yig‘ilish o‘tkazdik, bu boradaga masalani keng muhokama qilib oldimizga aniq maqsadlar qo‘ydik. Jinoyatchilikning oldini olish, sodir bo‘lgan jinoyatlarni fosh etish va jazoning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan chora – tadbirlar rejasini ishlab chiqdik. Avvalo har bir sektorning umumiy jinoyatchilik ahvoli o‘rganildi. Har bir sektorgaxos bo‘lgan muammolar aniqlab olindi.

- Bu o‘rganishlar haqida nimalarni aytish mumkin? Siz boshliq bo‘lgan sektorda ahvol qanday? Jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan sabablar ham o‘rganilayaptimi?  

JAVOB: - Albatta. Shuni aytish kerak-ki, o‘rganishlar keyingi davrda viloyatda umumiy jinoyatchilik 17,5 foizga kamayganligini ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich bir qarashda yaxshiday ko‘rinadi. Ammo jinoyatning bittasi ham ko‘p. Shu nuqtai nazardan qaralganda hali oldimizda juda katta ishlar turibdi. Masalan, viloyat hokimi rahbarlik qilayotgan sektorda o‘rganilgan davrda (2017 yilning 10 oyi davomida) Urganch shahrida 359, Hazorasp tumanida 144, Bog‘ot tumanida 71 ta jinoyat sodir etilgan. Eng achinarlisi viloyat bo‘yicha har 100 ming kishiga sodir etilgan jinoyatlar soni 173 ta bo‘lgani holda Urganch shahrida bu ko‘rsatkich 561 tani tashkil etgan. Buning sabablari  tahlil qilinganda ayrim hududlarda huquq-tartibot idoralari  hamda keng jamoatchilik, mahalla va yoshlar tashkilotlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish hamkorliklari etarli darajada emasligini ko‘rsatdi. To‘g‘ri, bugun umumiy jinoyatchilik, shu jumladan jinoyat qidiruv yo‘nalishida huquq-tartibot organlari tomonidan katta, keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Agar bu erda raqamlar keltirilsa o‘n, yuz, ming degan raqamlar keltirilishi mumkin. Ammo bugun sodir etilgan jinoyatlar emas, jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan muammolarning mohiyatiga ko‘proq e’tibor qaratishimiz  lozim. Masalan, bugun ko‘pchilik yoshlar pul topish, oila tebratish maqsadida chet ellarga ketib ishlashni istaydilar. Biroq ular o‘z oilalarini, ota – onalari, farzandlarini yolg‘iz tashlab ketayotganlarini ko‘pam o‘ylamayaptilar. Oila tinchligi va butligi, farzandlar baxti, ota-onalarimizning duolari biz uchun puldan ham, boylik, moddiy farovonlikdan ham afzal emasmi? Chet ellarda ishlab dang‘illama uylar qurish, qimmatbaho mashinalar minish, to‘kin – sochin to‘ylar qilish ham mumkindir, ammo oila tinch bo‘lmasa, qizlarimiz tarbiyasiz qolib ketsa, bolalarimiz turli oqimlarga qo‘shilib hayotlarini barbod etsalar bunday boylikdan ne naf? Shuning uchun biz aholi, ayniqsa chetga ketib ishlayotgan yoki ishlashni hoxlayotgan yoshlarga bu narsalarni oddiy til bilan , tushunarli qilib anglatishimiz  lozim. Bu hammamizning, mahallaning ham, nuroniylar, yoshlar , nodavlat - notijorat tashkilotlarining ham ishi. 

- Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyov tomonidan 2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” yili deb e’lon qilindi. Faol tadbirkorlik degani yangi-yangi korxonalar, yangi – yangi ish o‘rinlari degani. Bu shubhasiz, biz bugun muhokama qilayotgan masalada ham o‘zining ijobiy rolini o‘ynaydi. Shunday emasmi? 


JAVOB: - Juda to‘g‘ri. Xalqimizda "Bekordan xudo bezor”, degan naql ham bor. Hamma illat, jumladan turli jinoyatlarning kelib chiqish sabablarining biri ham  bekorchilik. Agar biz aholini ish bilan qancha ko‘p ta’minlasak moddiy farovonlik bilan birga ijtimoiy muhit ham yaxshilanadi. Jinoyatchilikni keltirib chiqaradigan sabablar ham o‘z – o‘zidan yo‘qoladi. Faol tadbirkorlik yili munosabati bilan maxsus Davlat lasturi qabul qilindi. Hozir hududiy dastur ustida ishlayapmiz.  Davlat dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish , tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va uni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlarga qator imtiyozlar berish, eng asosiysi hududlarni faol rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirish ikki yilga to‘xtatildi. Endi tadbirkorlar nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlariga vaqt va mablag‘  sarflamasdan o‘z ishlarini xotirjam amalga oshirishlari mumkin. Boshqacha aytganda kim ishlayman, tadbirkorlik qilaman, desa o‘zimizda ham ish istagancha topiladigan bo‘ladi. Bu narsa yuqorida ta’kidlanganiday, xalqimizning iqtisodiy farovonligi oshirish bilan birga so‘zsiz, – ijtimoiy muhitni ham yaxshilaydi. Bu esa o‘z navbatida umumiy jinoyatchilikning pasayishiga olib keladi. Faqat biz bu sohada ham davlatimiz rahbari har birimizning oldimizga qo‘ygan vazifalarni  to‘liq, tez va soz hayotga tadbiq qilsak bas. 


Suhbatdosh Shuhrat Matkarimov, Xorazm viloyati

hokimligining matbuot kotibi