Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ISTIQBOLLI LOYIHALARNING ISHONCHLI POYDEVORI
27.11.2017

Qaror va ijro

ISTIQBOLLI LOYIHALARNING ISHONCHLI POYDEVORI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12-yanvardagi "Urgut”,”G‘ijduvon”,”Qo‘qon” va "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 7-avgustdagi "Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar,idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida Xorazm viloyatida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz joriy yilning 14-15-oktabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi davomida "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishib, hudud iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Ayni kunda ushbu yo‘nalishda keng qamrovli amaliy ishlar jadal olib borilmoqda.

Dastlab "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi uchun Hazorasp tumanining 2 ta hududidan 325 gektar bo‘sh er maydonlari ajratib berilgan edi. Qurilish hamda infratuzilma tarmoqlarini o‘tkazish xarajatlarini kamaytirish maqsadida erkin iqtisodiy zona korxonalarini birinchi navbatda bo‘sh turgan bino va inshootlar negizida joylashtirish bo‘yicha takliflar o‘rganilib yana 7 ta hududda joylashgan 89 gektar er maydonlari erkin iqtisodiy zona hududiga qo‘shib berildi.Natijada "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududi Bog‘ot, Xiva, Urganch tumanlaridan ajratilgan maydonlar hisobiga kengayib, jami 414 gektarga etdi.

2017-2019-yillarda "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida 87,5 million dollar evaziga 35 ta loyihalar amalga oshiriladi. Buning natijasida changyutkichlar,kir yuvish mashinalari,”Damas” va "Labo” avtomobillari uchun ehtiyot qismlar,tibbiyot qo‘lqoplari,poyabzal, trikotaj mahsulotlari kabi eksportbob va import o‘rnini bosuvchi buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.Muhimi, 6,2 million AQSh dollari hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilinib,1708 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

"Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasiga 20 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinib, 36,9 million dollarlik 13 ta loyihalar erkin iqtisodiy zona ma’muriy kengashining ijobiy xulosalari bilan tasdiqlandi.Faqatgina mana shu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 1000 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

-Ayni paytda hududimizda barpo etilgan sanoat korxonalarida dastlabki mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi,-deydi "Hazorasp” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi davlat unitar korxonasi direktori Anvar Davletov.- Tez kunlarda "UzKoram-Ko” va "UzERAE klimat kontrol” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida "Damas” va "Labo” avtomobillari uchun ehtiyot qismlar,”Hazorasp maishiy texsoz savdo” MChJda ikki xil turdagi kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.Shuningdek "Develop tekstil” MChJ tomonidan 9 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilib to‘qimachilik mahsulotlari, "Nyu Best stayl” MChJ tomonidan 5,6 million dollarlik sarmoya kiritish hisobiga gulqog‘oz va gulqog‘oz elimi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

2018-yilning birinchi choragida erkin iqtisodiy zona hududida yana 4 ta korxona ishga tushirilishi natijasida 3,8 million dollar hajmida investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 170 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Xususan, qurilishi tugallanmagan va bo‘sh turgan binolar negizida, Pitnak shahridagi poyabzal ishlab chiqaruvchi "Umid sanoat servis” , Bog‘ot tumanida muzlatilgan meva,sabzavotlar hamda maishiy kir yuvish vositalarini ishlab chiqaruvchi "Perfekt logistiks” va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Xorazm go‘sht invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari ish boshlaydi.

Erkin iqtisodiy zona hududida alohida bojxona rejimi, soliq imtiyozlarining amal qilishi hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirib,to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilishda muhim omil bo‘lmoqda.

–Bizning qo‘shma korxonamiz "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi hisoblanib, sendvich panellar va engil metall konstruktsiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. — deydi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Pitnak panel” qo‘shma korxonasi rahbari Abdusharif Qurbonov. –Korxonamiz "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonasi qatnashchisi sifatida ro‘yxatga olingandan buyon Xitoydan qiymati 550,0 ming AQSh dollari miqdorda texnologiyalar, xom-ashyo va butlovchi qismlar olib kelingan bo‘lib, ushbu tovarlarga 631 million so‘mdan ortiq miqdorda bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llanildi. E’tiborli jihati tovarlar o‘z omborlarimizda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilib, rasmiylashtirish ishlari qisqa muddatda amalga oshirildi.

Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida "O‘zstandart” agentligi tomonidan mahsulotlarni standartlashtirish,sertifikatlashtirish va markirovka qilish ilmiy ishlab chiqarish markazi tashkil etildi va xalqaro talablarga mos keladigan jihozlar bilan ta’minlandi. "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga bank xizmatlari ko‘rsatishda qulaylik yaratish maqsadida "Asaka bank” ning Hazorasp filialini tashkil qilish uchun bino sotib olinib, bugungi kunda rekonstruktsiya qilish ishlari yakunlanmoqda. Mazkur filial joriy yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi.

Xulosa qilib aytganda, "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi keng imkoniyatlar maydoni bo‘lib, hududda ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, pirovardida aholini barqaror daromad manbai bilan ta’minlashga xizmat qiladi.Bu esa milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyoti, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlashga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.


Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri