Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ISTIQBOLLI INVESTITSIYA LOYIHALARI
02.08.2018

Prezidentimizning joriy yil 20 iyunda qabul qilgan Investitsiya va infratuzilma loyihalarni jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosi viloyatimizda izchil ravishda Investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, jarayonlari davom etmoqda. Loyihalarni tez va sifatli, o‘z muddatida ishlab chiqarish uchun tegishli tashkilotlarga, tadbirkorlarga zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida yangidan sanoat, qurilish, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan hamda savdo, tibbiyot, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining zamonaviy me’morsozlik asosida qad rostlagan muxtasham binolari qisqa muddatlarda qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov rahbarligida viloyat mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari vakillari joylarda bo‘lib, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangidan ishga tushgan korxonalar, savdo, tibbiyot va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlaridagi faoliyat bilan yaqindan tanishdilar. Urganch shahrida o‘z faoliyatini boshlagan «XORAZM MEDICAL SERVICE» oilaviy korxonasiga qarashli sog‘lomlashtirish majmuasida mijozlarga shu kun talabi darajasida xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgan. Urganch tumanidagi «Xorazm go‘sht invest» mas’uliyati cheklangan jamiyatida investitsiya loyihalari amalga oshirilib, margarin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, «Rolisem» oilaviy korxonasi qurilish materiallarini ishlab chiqarishda yangi istiqbolli loyihalardan, fan-texnika yutuqlaridan o‘z o‘rnida foydalanmoqda. Guruh a’zolari Xiva tumanida pillani qayta ishlash va ipak tolasidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «KHIVA SILK FABRIC» mas’uliyati cheklangan jamiyati va Xiva shahrida yangidan ishga tushirilgan «Xiva shifo servis» MCHJ ko‘p tarmoqli davolash markazini faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bugungi kunda aholining tadbirkorligini rag‘batlantirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda. Shu jumladan, Qo‘shko‘pir tumanida ham investitsiya loyihalari o‘z vaqtida bajarilishi uchun amaliy ishlar davom etmoqda. Bu jarayonda akfa romlari, eshik va boshqa mahsulotlarga talab yuqori. "Xadra yuksalish servis" MCHJda ishlab chiqarilayotgan ana shunday mahsulotlar aholiga manzur bo‘lmoqda. «Master loyiha qurilish» mas’uliyati cheklangan jamiyati a’zolari Xadra qishlog‘ida qandolatchilik va sutni qayta ishlash binosi qurilishi boshlanayotganligini xursandchilik bilan qayd etishdi. «Qo‘shko‘pir parranda» MCHJda parrandachilik yanada rivojlantirilib, aholiga sifatli go‘sht mahsulotlari etkazib berish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Shuningdek, Shovot tumanida istiqbolli loyihalar asosida ko‘plab investitsiyalarni hayotga tadbiq etish samarali davom etmoqda. Jumladan, «MM SHox» MCHJ tomonidan engil avtomobillar uchun tirkamalar va izotermik kuzovlar ishlab chiqarilayapti. Tadbir qatnashchilari jamiyat ishchi-xizmatchilarining ish jarayonlari bilan tanishdilar. Shovot, Gurlan, Yangibozor tumanlaridagi qishloqlardagi mahallalarda ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi inshootlar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilmoqda.