Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ISTE’DOD, DO‘STLIK, GO‘ZALLIK, SAN’AT BAYRAMI
11.09.2017

ISTE’DOD, DO‘STLIK, GO‘ZALLIK, SAN’AT BAYRAMI

Qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahrida boshlangan an’anaviy "Raqs sehri” xalqaro festivali san’at bayrami, yangi iste’dodlar namoyishiga aylandi.

...Azal-azaldan Xorazm zamini san’atga oshufta insonlarni o‘ziga maftun etib kelayotir. Ayniqsa, istiqlol yillarida ulug‘ ajdodlarimizning hayotbaxsh an’analari yanada izchil davom ettirilgani xolda musiqa san’atini keng miqyosda rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab dastur va rejatadbirlar amalga oshirilmoqda. Mumtoz musiqa merosimizni asrabavaylash, o‘rganish, targ‘ib-tashviq qilish va uni kelgusi avlodlarga bekami-ko‘st etkazish maqsadida vohamizda ham nufuzli ko‘rik-tanlovlar, tadbirlar, Respublikamiz va xalqaro miqyosdagi nufuzli anjumanlar o‘tkazish an’anaga aylanib bormoqda.

Bugungi kunda boshqa musiqa san’ati turlari qatori raks san’ati ham navqiron avlodimizni yuksak ma’naviyatli insonlar bo‘lib kamol topishida, ularni vatanparvarlik, do‘stlik, go‘zal fazilatlilik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy "Raks sehri” festivali bu borada yangi imkoniyatlar ufqini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilning 7 sentyabr kuni viloyatimizda ana shu anjuman tantanalari yuksak ko‘tarinki ruhda, puxta tayyorgarlik va tashkilotchilik bilan boshlandi.

Qadim Xivaning Ota darvozasi oldi bayramona libosda. Chor-atrofda karnay-surnai sadolari. Shohi-atlas liboslari o‘zlariga yarashgan qizlar... Davrada Xorazmning mashhur "Lazgi" kuyi yangraydi. Hayrat va hayajonga to‘la lahzalar. Barchaningqalbi quvonchdan qalqadi. Turli viloyatlardan kelishgan raqqosa va raqqoslar davrani to‘ldirib o‘yinga tushib ketishdi. Kuyga kuy, raqsga raqslar ulandi. Qadim shaharga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar bu hayotbaxsh manzaralarni zavq bilan kuzatishadi, o‘zlari ham milliy raqslarimizgahayrat va havas bilan uyinga tushib ke­tishdi.

Xiva shahar hokimi E.Yoqubov tantanani ochiqdeb e’lon qildi.

Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi I.Sabirov barcha ishtirokchilarni ushbu nufuzli anjuman bilan voha ahli nomidan qizg‘in qutlab, sanathayotimizning kundan-kunga go‘zal, mazmundor bo‘lishida, turmush farovonligini oshirishda, xalqimizni yangi yutuqlarga chorlashda eng muhim va ta’sirchan vosita ekanligi, mustaqillik yillarida milliy san’atimizni yanada ravnaq toptirishga, ayniqsa, yangi yosh iste’dodlarni izlab topish, tarbiyalash, ularni har tomonlamaqo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berib kelinayotganligi, yaqinda mashhur san’atkor Komiljon Otaniyozov tavalludining yuz yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan yubiley tantanalarida boshqa san’atkorlar katori raqs san’ati ustalari va ijrochilari ham davralarga fayzu shukuh bag‘ishlaganligini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi. Xiva shahrida o‘tkazilayotgan "Raqs sehri" festivali o‘z mavqei va nufuzi bilan katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini faxr bilan qayd etdi.

- Eng muhimi bu festival millatlar o‘rtasidagi hamjihatlik, totuvlik, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga, madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga, tinchlik, do‘stlik, go‘zallik tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirishga xizmat qiladi, - dedi I.Sabirov o‘z so‘zida va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

"Raqs sehri" festivali tantanalari Ichonqal’a bo‘ylab jo‘shqin va ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Shaharlar va tumanlar folklor-etnografik ansambllari chiqishlari, viloyat musiqali drama va viloyat qo‘g‘irchoq teatrlarining qiziqarli tomoshalari barchani maftun etdi. Xalq amaliy san’ati, tasviriy san’at ustalari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar festivalga o‘zgacha ruh, mazmun-mohiyat bag‘ishladi.

Andijonlik millii musiqa asboblari ustasi Abdumalik Abdurahim o‘g‘li namanganlik milliy atlas, adras liboslar tayyorlash korxonasi rahbari Yunus Azimov, xivalik miniatyurachi rassom Muzaffar Qutlumurodov kabi hunarmandlar, ijodkorlar tomonidan tayyorlangan buyumlar, ijod namunalarini esdalik uchun mamnuniyat bilan xarid qilindi. Yangiariq, Xonqa kulolchilik, Xiva yog‘och o‘ymakorligi va gilamchilik maktablarining tajribalari "Ustoz-shogird" an’analari
asosida keng targ‘ib qilindi.

Shuningdek, taniqli qo‘g‘irchoq ustasi Mansurbek Quriyozov tomoshalari va mahorat maktabi saboqlari barchani o‘ziga mahliyo etdi. Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi raqs jamoalari ishtirokidagi chiqishlar va mahorat maktabi mashg‘ulotlari ko‘rgazmasi festival shukuhini yanada oshirdi.

Festival haqida Respublikamizning qator viloyatlaridan kelishgan mehmonlar, xorijiy sayyohlar o‘zlarining samimiy dil izhorlarini bildirishdi:

- Biz O‘zbekistonning go‘zal va qadimiy Xiva shahriga ayni milliy raqslar targ‘ibotiga bag‘ishlangan ushbu festival payti kelganimiz uchun o‘zimizni eng baxtiyor insonlardan hisoblaymiz, - dedi avstraliyalik sayyoh Mildred Leison. - Boshqa xori­jiy sayyohlar qatori biz ham o‘zbek san’atining sirli olamiga kirib qolganday sezdik o‘zi­mizni. Bir-biridan takrorlanmas va go‘zal raqslarni ijro etayotgan yigit-qizlarni, keksalarni ko‘rib, o‘zbek xalqining naqadar ulug‘ va o‘rgansa, targ‘ib qilsa, faxrlansa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari borligiga amin bo‘ldik. Bularni tasvirga tushirdik. Yurtimizga borgach eldoshlarimizga quvonch va faxr bilan ko‘rsatamiz. O‘zbek raqs san’ati va uni avaylab-asrayotgan o‘zbek xalqiga ofarinlar, tasannolar bo‘lsin!

- Qashqadaryoda Xorazm san’atiga ixlos qo‘ygan keksa-yoshlar ko‘p, - deydi shu viloyatning Yakkabog‘ tumanidan kelgan Bektemir Baratov. - Yaqinda te­levizor orqali mashhur san’atkor Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi yubileyi tantanalarini zavq bilan kuzatdik. Viloyatimizda ham shu munosabat bilan madaniy tadbirlar o‘tkazdik. Dilmurod Haqqiev, Bekmurod Jo‘raevlar ustoz san’atkor kuylagan qo‘shiqlarni jo‘shib ijro qilmoqdalar. Har bir to‘y-tadbirda albatta, Xorazm raqslari ijro qilinadi. Bugun biz bilan kelgan do‘stlarimiz orasida ham Xorazm san’atiga muxlis, shinavanda do‘stlari­miz bor. Zamonbek Eshpo‘latov "Xorazm lazgisi"ga qoyilmaqom qilib raqsga tushadi. Ana qarang, davrada berilib o‘ynayotgan bizning Zamon aka bo‘ladi.

- Bugun festivalning ilk boshlanishi kunidanoq turli milliy raqslar bo‘yicha amaliy va nazariy saboqlar oldik, - dedi "Buxoro mavjlari" ansambli raqqosasi Guzal Adizova. - Bu tadbir biz kabi yosh iste’dod egalarini yanada ruhlantirib, yangi-yangi parvozlarga boshlaydi. Bunyodkorlik, yaratish, yashnatish ishlarida fidoyilik ko‘rsatayotgan xalqimizga o‘z san’atimiz bilan xolis xiz­mat qilishga undaydi.

Ha, festivalning asosiy maqsadlaridan biri ham uzoq yillik tarixga ega nomoddiy merosimizni avlodlarga etkazish, ustoz-shogird an’analari bardavom bo‘lishini ta’minlash, asriy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdan iboratdir.

Festival doirasida tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda gazetamizning navbatdagi sonlarida batafsil yoritiladi.

Abdulla SAFOYEV,

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 9 sentyabr №72.