Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ISH SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH - DAVR TALABI
03.03.2017

Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaroridan

 

ISH SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH - DAVR TALABI

 

Xalq deputatlari viloyat Kengashi viloyat hokimi P.Bobojonovning 2016-yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shu yuzadan sessiya qarori loyihasining asosiy qoidalarida, xalq deputatlari viloyat Kengashining "Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlan­tirish masalalari" doimiy komissiyasi majlisida bildirilgan fikr va mulohazalarda viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosiga alohida e’tibor qaratilgan.

Hisobotda qayd etilganidek, 2016-yil yakunlari bo‘yicha viloyatning yalpi ichki mahsuloti hajmi 6,4 foizni, hududiy sanoat mahsulotlari o‘sishi 20,2 foizni, pudratqurilish ishlari 8,6 foizni, xizmatlar 15,3 foizni, chakana tovar aylanmasi 12,6 foizni tashkil etdi.

Viloyat iqtisodiyotiga 1 trln. so‘mdan ortiq investitsiya kiritildi. O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar haj­mi 86,4 milliard so‘mni tashkil etgan.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash yuzasidan amalga oshirilayotgan dasturiy chora-tadbirlar tarmoqda ishlab chiqarish hajmlarining 8,9 foizga, shu jumladan, meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishning 14,7 foizga, kar­toshka etishtirishning 11,4 foizga, poliz mahsulotlari etishtirishning 9,1 foizga o‘sishi imkoniyatini yaratdi.

"Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturi doirasida ona va bola sog‘ligini muhofaza qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, ularni moliyalashtirish uchun barcha manbalar hisobidan 559,1 mil­liard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Shu bilan birga hisobotda ta’kidlanganidek, ayrim rahbarlarning sustkashligi, tashabbus ko‘rsatmasligi oqibatida ba’zi hududlar va yo‘nalishlarda ishlab chiqarishning izchil ravishda o‘sishi ta’minlanmadi. Qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda.

Qator boshqarma va korxonalar rahbarlarining ish samaradorligini oshirish borasidagi faoliyati tubdan qayta tashkil etilishi, mavjud muammoli masalalarni hamda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning hayotiy ehtiyojlarini hal etish masalalariga rasmiyatchilik bilan yondashish holatlari bartaraf qilinishi lozim.

2017-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida ishlarning yangichasiga tashkil qilinishini taqozo etadi.

Unda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi doirasi­da aholi bilan doimiy muloqotni rivojlantirish, fuqarolarning mehnat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini har tomonlama ta’minlashni, sifatli ta’lim va malakali tibbiy xizmatni, hayotning qulay ijtimoiy-maishiy sharoitlarini nazarda tutgan holda "Inson manfaati - har narsadan ulug‘", degan ezgu g‘oyani hayotga izchil joriy etish va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalish­lari va ustuvor vazifalariga tuzatishlar kiritish, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlash, milliy valyuta va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, xususiy tadbirkorlik, kichik biznes sub’ektlarining huquqlari va manfaatlari ishonchli himoya qilinishini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilinganligi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarni qat’iy javobgarlikka tortish, "Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan tamoyilni amalda ro‘yobga chiqarish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning rolini strategik va iqtisodiy asoslangan darajalargacha bosqichma-bosqich pasaytirish, xususiy mulkning ustu­vor roli va ahamiyatini ta’minlash kabi ko‘plab masalalar kun tartibiga qo‘yilgan.

Shuningdek, qarorda sanoatni moderni­zatsiyalash va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirishga, xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosatini davom ettirish, xorijiy investitsiyalarni va ilg‘or xorijiy texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va modernizatsiyalash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Viloyatni har tomonlama taraqqiy etti­rish va aholining turmush farovonligini yanada oshirishga qarata xalqdeputatlari viloyat Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga asosan viloyat hokimi P.Bobojonovning 2016-yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim us­tuvor vazifalari yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi.

Viloyat hokimiga manfaatdor boshqarmalar, idoralar hamda tashkilotlar bi­lan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning joriy yilning 14-yanvarida Vazirlar Mahkamasining 2016-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida bayon etilgan eng muhim 11 ta ustuvor yo‘nalishlari asosida 2017-yil uchun belgilangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning so‘zsiz bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash, viloyat hokimligi majlislarida tegishli idora­lar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organ­lari rahbarlarining ko‘rilayotgan chora-tad­birlar samaradorligi va amaliy natijadorligi to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining iqtisodiyotni yanada isloh qilish, xusu­siy mulk va tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlashga doyr qarorlari, dasturiy chora-tadbirlar ijrosini yilning har choragida faollar yig‘ilishi hamda xalq depututlari viloyat Kengashi majlislarida ko‘rib chiqish, tarmoqlar va hududlarni kompleks rivojlantirishning pragnoz parametrlarini so‘zsiz bajarilishini ta’minlash vazifalari yuklatildi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, Urganch shahri va tumanlar hokimlarining diqqat-e’tibori iqtisodiyotni rivojlantirishning hududiy dasturlari, ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya­larni faol jalb qilish, aholi hayot darajasi va sifatini yanada oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2016-yilda ular tomonidan nazorat ta’minlanmaganligiga qaratildi.

Viloyat hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga hamda xalqdeputatlari viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyalariga 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturning har bir yo‘nalishi va ustu­vor vazifasini amalga oshirish eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar, ularning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risidagi hisobotlarni xalq deputatlari viloyat Ken­gashi hamda viloyat hokimligining kengaytirilgan majlislarida muntazam ravishda eshitib borish tavsiya qilindi.

"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini har oyda shahar va tu­manlar hokimliklari majlislarida va har chorakda viloyat hokimligi majlislarida hamda xalqdeputatlari viloyat Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqish topshirildi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat prokurori, ichki ishlar boshqarmasi, shahar va tumanlar hokimlari zimmasiga O‘zbekis­ton Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doyr chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2016-yil 28 dekabrdagi Farmoni bajari­lishi uchun mas’uliyatni to‘la his qilish, shuningdek, fuqarolarning qonuniy manfaatlari tez muddatlarda puxta ko‘rib, hal etilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

"Xorazm" teleradiokompaniyasi, "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyatiga tegishli boshqarmalar va idoralar bilan birgalikda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi tadbirlarining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka doimiy asosda etkazilishini ta’minlash, 2017-yil iqtisodiy dasturining ustuvor vazifalari bajarilishining borishi haqida maxsus ruknlar ostida teleko‘rsatuvlar tashkil etish va maqolalar berib borish tavsiya etildi.

«Xorazm haqiqati» gazetasi,

2017-yil 1-mart №17.