Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Yer munosabatlarnini tartibga solish bo‘yicha axborotlar va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish
"Yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish va qaror chiqarish interaktiv-axborot" xizmati REGLAMENTI (480kb; PDF)
 Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 20 avgustdagi  229-son qarori (3.3mb; PDF)
Yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish va qaror chiqarish (268kb; doc)

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi — bu qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashgan joyga, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan yer fondining bir qismi. 2008 yil 1 yanvargacha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tarkibiga kirmaydigan yerlardan belgilangan tartibda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir oilaga 0,06 gektargacha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun beriladi. 2008 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari kimoshdi savdolari asosida fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi.

Yer uchastkalari berishda (realizatsiya qilishda) fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish uchun ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi. Arizaga ariza beruvchining doimiy yashash joyi bo‘yicha turar joylarning kadastr ishi nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining oilaning tarkibi to‘g’risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq yer uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani ko‘rsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi. Ariza tuman (shahar) hokimi boshchilik qiladigan, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy ishlaydigan komissiya (keyingi o‘rinlarda «komissiya» deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya tarkibiga «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati, fuqarolar yig’inlari vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi. Komissiya ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda yer uchastkasi berishning maqsadga muvofiqligi yoki yer uchastkasi berish asosli ravishda rad etilishi to‘g’risida xulosa chiqaradi. Fuqarolarga belgilangan tartibda kimoshdi savdosida yer uchastkasini sotishda komissiyaning qarori talab qilinmaydi.
Yer uchastkalari birinchi navbatda:
•    Yer davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilayotgan fuqarolarga;
•    Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga;
•    Baynalmilal jangchilarga;
•    Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning oilalariga;
•    Mehnat faxriylariga;
•    O‘zlari egallab turgan davlat turar joy fondining turar joylarini shahar va tuman hokimliklariga berayotgan fuqarolarga beriladi.
Tuman (shahar) hokimi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida 10 kun muddatda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish to‘g’risida qaror qabul qiladi. Yer uchastkasini kimoshdi asosida sotishda hokimning qarori kimoshdi natijalari asosida 10 kun muddatda qabul qilinadi.
Tuman (shahar) hokimining qarori asosida tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda uch kun muddatda yer uchastkasi ajratish va uning chegaralarini naturada chiqarish amalga oshiriladi hamda quyidagi hujjatlar beriladi:
•    tuman (shahar) hokimining qaroridan ko‘chirma;
•    uchastka chegaralari chizilgan massivning bosh rejasidan nusxa.
Yer uchastkalari berish to‘g’risida iltimos qilgan barcha fuqarolarga yer uchastkalari ajratish imkoniyati bo‘lmagan hollarda tuman (shahar) hokimligi yer uchastkalari olishga ehtiyojmandlarning hisobini yuritadi. Navbatda turish tartibida yer uchastkalari olishga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati tuman (shahar) hokimi tomonidan bir yilda kamida bir marta tasdiqlanadi. Iltimos qiluvchilar yer uchastkasi berishning taxminiy muddati ko‘rsatilgan holda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilganlik to‘g’risida xabardor qilinishi kerak. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalari mavjud emasligi yer uchastkasi berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Yer uchastkasi berish rad etilgan taqdirda hokimlik uch kun muddatda bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Yer uchastkasi berish rad etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.

DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA

 

Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan

O‘zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuni,

O‘zR 12.05.2001 y. 220-II-son Qonuni,

O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni,

O‘zR 12.12.2003 y. 568-II-son Qonuni,

O‘zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni,

O‘zR 23.05.2005 y. O‘RQ-2-son Qonuni,

O‘zR 28.12.2007 y. O‘RQ-138-son Qonuni,

O‘zR 31.12.2008 y. O‘RQ-197-son Qonuni,

O‘zR 14.01.2009 y. O‘RQ-199-son Qonuni,

O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni,

O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni

 

 

Muqaddima

1-bob. Umumiy qoidalar (1-6-moddalar)

2-bob. Dehqon xo‘jaliklariga yer berish. Yerga egalik qilish,

erdan foydalanish va suv iste’moli (7-11-moddalar)

3-bob. Dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining

huquq va majburiyatlari (12-14-moddalar)

4-bob. Dehqon xo‘jaligining mol-mulki (15-18-moddalar)

5-bob. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining asoslari (19-26-moddalar)

6-bob. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini

to‘xtatish) (27-28-moddalar)

7-bob. Yakunlovchi qoidalar (29-31-moddalar)

 

Ushbu Qonun dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarini tartibga soladi.

 

 

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

 

1-modda. Dehqon xo‘jaligi

2-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

3-modda. Dehqon xo‘jaligi a’zolari

4-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i

5-modda. Dehqon xo‘jaligini tashkil etish tartibi

6-modda. Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish

 

 

1-modda. Dehqon xo‘jaligi

 

Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiradi va realizatsiya qiladi.

Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.

 

 

2-modda. Dehqon xo‘jaligi

to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

 

Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 

 

3-modda. Dehqon xo‘jaligi a’zolari

 

Dehqon xo‘jaligi a’zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga etgan boshqa qarindoshlari kiradi.

 

 

4-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i

 

Yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda dehqon xo‘jaligi nomidan shu xo‘jalik boshlig‘i ish ko‘radi.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshlig‘i yoki oilaning muomalaga layoqatli a’zolaridan biridir.

Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo‘lmaganda u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xo‘jalik a’zolaridan biriga berishga haqlidir. (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

 

 

5-modda. Dehqon xo‘jaligini tashkil etish tartibi

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi modda matni)

(Oldingi tahririga qarang)

 

Dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda fuqaroga belgilangan tartibda yer uchastkasi berilganidan va dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin tashkil etilgan hisoblanadi.

Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va dov-daraxtlar bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlarida, shuningdek zaxira erlarda tashkil etiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi.

Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish bo‘yicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.

Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.

 

 

6-modda. Dehqon xo‘jaligini

davlat ro‘yxatiga olish

 

Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligiga yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Agar davlat ro‘yxatiga olish belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki dehqon xo‘jaligi boshlig‘i asossiz deb hisoblaydigan sabablarga ko‘ra rad etilgan bo‘lsa, xo‘jalik boshlig‘i sudga murojaat qilishi mumkin.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari har bir dehqon xo‘jaligini xo‘jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo‘jaligining tarkibi, xo‘jalik boshlig‘i yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo‘yadi. (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi. (O‘zR 31.12.2008 y. O‘RQ-197-son Qonuni taxriridagi qism)

 

 

2-BOB. DEHQON XO‘JALIKLARIGA yer BERISh.

ERGA EGALIK QILISh, ERDAN FOYDALANISh

VA SUV ISTE’MOLI

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi bob nomi)

(Oldingi tahririga qarang)

 

7-modda. Tomorqa yer uchastkasi

8-modda. Dehqon xo‘jaliklariga yer berish shartlari

9-modda. yerga egalik qilish va yerdan foydalanish

10-modda. Tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik

uchun to‘lanadigan haq

11-modda. Suv iste’moli

 

 

7-modda. Tomorqa yer uchastkasi

 

Tomorqa yer uchastkasi - qishloq xo‘jalik mahsulotini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun etishtirish, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilishi hamda uy-joyni obodonlashtirish maqsadida oila a’zolaridan biriga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va o‘lchamlarda ajratib beriladigan yer uchastkasidir.

Tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan guvohlantiriladi.

 

 

8-modda. Dehqon xo‘jaliklariga yer berish shartlari

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi modda matni)

(Oldingi tahririga qarang)

 

Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik to‘g‘risidagi talab yangi sug‘oriladigan yer massivlari uchun qo‘llanilmaydi. Bunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining o‘lchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan er uchastkalariga tatbiq etilmaydi.

Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligiga ajratilgan yerning chegaralari naturada (joyning o‘zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan rasmiylashtiriladi.

Tomorqa yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanayotgan dehqon xo‘jaligiga tuman (shahar) hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va realizatsiya qilish, ozuqa etishtirishni tashkil etish, shuningdek yaylov yaratish uchun qisqa muddatli ijaraga qo‘shimcha ravishda yer uchastkalari berilishi mumkin.

Dexqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi, ushbu Qonun va boshqa qonun xujjatlari bilan belgilanadi.

 

 

9-modda. yerga egalik qilish va yerdan foydalanish

 

Dehqon xo‘jaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan tomorqa yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kredit olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi bo‘linishi mumkin emas.

Tomorqa yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, tomorqa er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, dehqon xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘yicha o‘tadi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi xo‘jalik a’zolaridan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi.

Dehqon xo‘jaligi yer uchastkasini olib qo‘yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, faqat boshqa teng qimmatli yer uchastkasi berilgandan keyin, dov-daraxtlar, buzilayotgan binolar va inshootlarning yoxud ularni boshqa joyga ko‘chirish yoki boshqa binolar va inshootlar qurish qiymati hamda boshqa barcha xarajatlar (boy berilgan foydani qo‘shgan holda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘la hajmda to‘langan holda yo‘l qo‘yiladi. (O‘zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

 

10-modda. Tomorqa er uchastkasidan

foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq

 

Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq yer solig‘i tariqasida undiriladi.

 

 

11-modda. Suv iste’moli

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi modda)

(Oldingi tahririga qarang)

 

Dexqon xo‘jaliklarining suv iste’moli ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv ob’ektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Dehqon xo‘jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi, shuningdek mazkur soliq bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

 

3-BOB. DEHQON XO‘JALIGINING HAMDA UNING

A’ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

 

12-modda. Dehqon xo‘jaligining huquq va majburiyatlari

13-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining huquq va majburiyatlari

14-modda. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining huquq va majburiyatlari

 

 

12-modda. Dehqon xo‘jaligining

huquq va majburiyatlari

 

Dehqon xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyatining sub’ekti tariqasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga berilgan tomorqa yer uchastkasida dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;

etishtirilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga mustaqil ravishda baho belgilash;

o‘zi etishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga o‘z xohishi bo‘yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish;

xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers bitimlari tuzish;

tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;

qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiruvchilarga sotish uchun va yerkin savdoga mo‘ljallangan aktsiyalarni sotib olish;

o‘z mol-mulkini, shuningdek tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qo‘yish.

Dehqon xo‘jaligi quyidagilarni bajarishi shart:

tomorqa yer uchastkasidan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish;

tabiiy ob’ekt bo‘lmish yerga zarar etkazmaslik;

tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;

yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan, agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir yil ichida foydalanishga kirishish;

agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;

dehqon xo‘jaligining majburiyatlari va qarzlari bo‘yicha to‘la javobgar bo‘lish;

xo‘jalik a’zolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash.

Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.

 

 

13-modda. Dehqon xo‘jaligi

boshlig‘ining huquq va majburiyatlari

 

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega: dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish; yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish; ishonchnomalar berish; bankda hisobvaraqlar ochish. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining manfaatlari himoya qilinishini va huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashi shart.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 

 

14-modda. Dehqon xo‘jaligi

a’zolarining huquq va majburiyatlari

 

Dehqon xo‘jaligi a’zolari:

xo‘jalik a’zolari o‘rtasidagi shartnoma shartlariga ko‘ra birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan o‘z ulushini olish;

qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilish va ijtimoiy ta’minlanish, shuningdek tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish uchun dehqon xo‘jaligida sarflangan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilish huquqiga ega. (O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.

Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligi a’zolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.

 

 

4-BOB. DEHQON XO‘JALIGINING MOL-MULKI

 

15-modda. Dehqon xo‘jaligining mulki

16-modda. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga bo‘lgan mulk huquqi

17-modda. Dehqon xo‘jaligining mablag‘lari va hisob-kitoblari

18-modda. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkini meros qilib qoldirish

 

 

15-modda. Dehqon xo‘jaligining mulki

 

Dehqon xo‘jaligi:

o‘ziga qarashli uy-joylar, xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xo‘jalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk ob’ektlariga, shuningdek boshqa mol-mulklarga;

ishlab chiqarish faoliyati natijasida etishtirilgan mahsulotga;

olingan daromadga (foydaga);

qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega bo‘lingan boshqa mol-mulkka mulkdordir.

 

 

16-modda. Dehqon xo‘jaligining

mol-mulkiga bo‘lgan mulk huquqi

 

Dehqon xo‘jaligining o‘ziga qarashli mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi davlat himoyasidadir.

Dehqon xo‘jaligining mol-mulki, agar uning a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning a’zolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli bo‘ladi.

Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.

Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, ko‘paytirish, olish, sotish, uni ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega. (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism)

 

 

17-modda. Dehqon xo‘jaligining

mablag‘lari va hisob-kitoblari

 

Dehqon xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larni yerkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega.

Dehqon xo‘jaligining hisob-kitob hisobvarag‘idan mablag‘larni faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin.

 

 

18-modda. Dehqon xo‘jaligining

mol-mulkini meros qilib qoldirish

 

Dehqon xo‘jaligining mol-mulki fuqarolik qonun hujjatlari normalariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xo‘jalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berilganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladilar.

 

 

5-BOB. DEHQON XO‘JALIGI

FAOLIYaTINING ASOSLARI

 

19-modda. Dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyati

20-modda. Dehqon xo‘jaligida mehnat

21-modda. Mahsulotni dehqon xo‘jaligi tomonidan realizatsiya

qilish tartibi

22-modda. Dehqon xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati

23-modda. Dehqon xo‘jaligiga soliq solish

24-modda. Dehqon xo‘jaligini kreditlash va sug‘urtalash

25-modda. Dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda

qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish

26-modda. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining natijalarini hisobga olish

 

 

19-modda. Dehqon xo‘jaligining

ishlab chiqarish faoliyati

 

Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishga haqli.

Dehqon xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan va realizatsiya qilayotgan mahsulot sifatiga oid amaldagi normativ va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga oid hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan boshqa talab va qoidalarga rioya etishi shart.

Dehqon xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga shu jumladan ular tomonidan agrotexnika usullarini, etishtiriladigan mahsulot turlarini tanlashda, uning narxini va uni realizatsiya qilish yo‘nalishlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. (O‘zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida, shuningdek bunday organlar, tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining dehqon xo‘jaligiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmasliklari oqibatida dehqon xo‘jaligiga etkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.

Yuridik shaxs tariqasida ro‘yxatga olingan dehqon xo‘jaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi korxonalar bilan teng shartlarda amalga oshiradi.

 

 

20-modda. Dehqon xo‘jaligida mehnat

 

Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligining a’zolari dehqon xo‘jaligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda badallar to‘langan taqdirda davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim. (O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaligining barcha a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borayotgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat faoliyati hisobini dehqon xo‘jaligi boshlig‘i yuritadi. (O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga qo‘shiladi. (O‘zR 09.09.2010 y. O‘RQ-254-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Qishloq xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida), boshqa qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi korxonasida, muassasasida, tashkilotida ishlayotgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat faoliyati hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘lashi hisobini yuritish tegishincha mazkur kooperativ (shirkat xo‘jaligi), korxona, muassasa va tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Dehqon xo‘jaligi a’zolariga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.

 

 

21-modda. Mahsulotni dehqon xo‘jaligi

tomonidan realizatsiya qilish tartibi

 

Dehqon xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Dehqon xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda baho belgilaydi.

 

 

22-modda. Dehqon xo‘jaliklarining

birgalikdagi faoliyati

 

Dehqon xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot etishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.

 

 

O‘zR 28.12.2007 y. O‘RQ-138-son Qonuniga muvofiq 23-modda chiqarib tashlangan

 

23-modda. Dehqon xo‘jaligiga soliq solish

 

Yuridik shaxs tashkil etgan holda hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq er solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk solig‘i to‘laydi.

Dehqon xo‘jaligidan yer solig‘i tomorqa yer uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab, uning kadastr bahosini hisobga olgan holda belgilanadigan miqdorda undiriladi. Soliq solish tartibi hamda dehqon xo‘jaligi to‘laydigan yer solig‘ining stavkalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Birinchi marta tomorqa yer uchastkasi olgan dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.

 

 

24-modda. Dehqon xo‘jaligini

kreditlash va sug‘urtalash

 

Yuridik shaxs tashkil etgan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari faoliyatni amalga oshirish uchun kredit olishlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlarida, shu jumladan dehqon xo‘jaliklarini kreditni uzishning zarur garov, sug‘urta hamda boshqa kafolatlarini ta’minlagan holda imtiyozli kreditlashga jalb etishlari, shuningdek xususiy kichik tadbirkorlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanishlari mumkin.

Dehqon xo‘jaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik ob’ektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Dehqon xo‘jaligi o‘ziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining (ko‘chatzorlarining), ko‘p yillik dov-daraxtlarning, etishtirilgan mahsulotning, xom ashyoning, materiallarning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o‘zining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‘urta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta tovoni oladi.

 

 

25-modda. Dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va boshqa

tarzda qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini

muvofiqlashtirish

 

Davlat qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi dehqon xo‘jaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

Davlat organlari dehqon xo‘jaligini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishlari lozim.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik ob’ektlari bo‘lmagan hududda dehqon xo‘jaliklari tashkil etilganida uni birlamchi obodonlashtirish (yo‘llar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurish, suv bilan ta’minlash, gazlashtirish, telefonlashtirish, radiolashtirish, yer tuzish, yerlarni melioratsiyalash) ishlarini amalga oshiradi;

dehqon xo‘jaliklariga ishlab chiqarish ob’ektlari va turar joylarni barpo etishda yordam ko‘rsatadi;

dehqon xo‘jaligi uchun kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda ko‘maklashadi;

navli urug‘lik va qishloq xo‘jalik ekinlarining ko‘chat materiallarini, organik va mineral o‘gitlarni, qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalarini etkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati ko‘rsatish tizimi orqali texnikaviy xizmat ko‘rsatadi;

qishloq xo‘jaligi texnikasi, asbob-uskunalari va ashyo-anjomlarini lizing asosida olishda ko‘maklashadi;

chorva mollar va parrandalar boqish uchun shartnoma asosida aralash ozuqa ajratadi, yosh chorva mollar va parrandalar, zotdor qoramollar olishda ko‘maklashadi;

dehqon xo‘jaliklarining chorva mollariga zooveterinariya xizmati ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratadi;

dehqon xo‘jaliklarida etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda ko‘maklashadi;

konsalting va axborot xizmatlari ko‘rsatadi.

Dehqon xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari dehqon xo‘jaligiga berilgan yerlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar hamda yerdan samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radilar. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

 

26-modda. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining

natijalarini hisobga olish

 

Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi.

 

 

6-BOB. DEHQON XO‘JALIGINI TUGATISh

(FAOLIYaTINI TO‘XTATISh)

 

27-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) asoslari

28-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) tartibi

 

 

27-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish

(faoliyatini to‘xtatish) asoslari

 

Dehqon xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi):

xo‘jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta ham xo‘jalik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa;

tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;

tomorqa yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganda;

belgilangan soliqlar muttasil to‘lanmaganda;

agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga kirishmagan taqdirda;

dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda buzilganda.

 

 

28-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish

(faoliyatini to‘xtatish) tartibi

 

Dehqon xo‘jaligi:

dehqon xo‘jaligi a’zolarining qaroriga binoan;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi).

Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

 

7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

 

29-modda. Nizolarni hal etish

30-modda. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik

31-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

 

 

29-modda. Nizolarni hal etish

 

Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

 

 

30-modda. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik

 

Dehqon xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.

Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligi mol-mulki etarli bo‘lmaganda, qonun hujjatlariga muvofiq dehqon xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli mol-mulk bilan solidar ravishda subsidiar javobgar bo‘ladi. (O‘zR 14.01.2009 y. O‘RQ-199-son Qonuni taxriridagi qism)

 

O‘zR 14.01.2009 y. O‘RQ-199-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin

 

Davlat dehqon xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha, dehqon xo‘jaligi esa davlat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.

 

 

31-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

 

Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik a’zolarining va unda vaqtinchalik asosda ishlayotgan shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga ular mehnat majburiyatlarini bajarish chogida etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.

Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan dehqon xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud etarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. (O‘zR 12.12.2003 y. 568-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

O‘zR 12.12.2003 y. 568-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism tegishincha to‘rtinchi qism deb hisoblansin

 

Dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

ER KODEKSI

 

O‘zbekiston Respublikasining 30.04.1998 y.

598-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

30.04.1998 y. 599-I-son Qaroriga muvofiq

01.07.1998 y.dan amalga kiritilgan

 

Mazkur Kodeksga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan:

O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni,

O‘zR 30.04.2004 y. 621-II-son Qonuni,

O‘zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni,

O‘zR 28.12.2007 y. O‘RQ-138-son Qonuni,

O‘zR 14.01.2009 y. O‘RQ-199-son Qonuni,

O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni,

O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni

 

1-bob. Umumiy qoidalar (1-7-moddalar)

2-bob. yer fondi (8-10-moddalar)

3-bob. yer tuzish (11-15-moddalar)

4-bob. yerga bo‘lgan mulkchilik. Yuridik va jismoniy shaxslarning

er uchastkalariga bo‘lgan huquqlari (16-38-moddalar)

5-bob. yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi

mulkdorining huquq va majburiyatlari (39-42-moddalar)

6-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar (43-58-moddalar)

7-bob. Aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq

aholi punktlarining) yerlari (59-68-moddalar)

8-bob. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga

mo‘ljallangan yerlar (69-70-moddalar)

9-bob. Tabiatni muqofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya

maqsadlariga mo‘ljallangan erlar va tarixiy-madaniy

ahamiyatga molik yerlar (71-75-moddalar)

10-bob. O‘rmon fondi, suv fondi yerlari va zaxira

erlar (76-78-moddalar)

11-bob. yerlarni muhofaza qilish (79-82-moddalar)

12-bob. yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza

qilish ustidan nazorat (83-85-moddalar)

13-bob. yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari

ijarachilariga va mulkdorlariga etkazilgan zarar hamda

qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi

nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash (86-88-moddalar)

14-bob. yer xususidagi nizolarni hal etish hamda yer to‘g‘risidagi

qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik (89-91-moddalar)

 

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

 

1-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari

2-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy printsiplari

3-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

 

1-modda. yer to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarining asosiy vazifalari

 

Er umum milliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

 

Qarang: Konstitutsiyaning* 55-moddasi

 

Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.

 

2-modda. yer to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarining asosiy printsiplari

 

Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy printsiplarga asoslanadi:

eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;

erlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash;

erga va butun atrof tabiiy muhitga zarar etkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

erga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;

erdan foydalanganlik uchun haq to‘lash;

erlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan yerkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash.

 

3-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

 

Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

 

Qarang: "NORMA” AQT qonunchilik Klassifikatorining "O‘zR Tadbirkorlik faoliyati tug‘risida” papkasining "Tabiatdan foydalanish. Atrof-muhitni muhofaza qilish” papkasi "Er to‘g‘risidagi qonunchilik” kichik papkasi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Tog‘, o‘rmon va suv bilan bog‘liq munosabatlar, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 

Qarang: "NORMA” AQT qonunchilik Klassifikatorining "O‘zR Tadbirkorlik faoliyati tug‘risida” papkasining "Tabiatdan foydalanish. Atrof-muhitni muhofaza qilish” papkasi

 

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

 

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

 

Er munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:

erlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ushbu Kodeksga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilish;

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash; (O‘zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;

erlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

erga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;

er munosabatlarini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

 

5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati

organlarining yer munosabatlarini tartibga solish

sohasidagi vakolatlari

 

Er munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

er resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

er tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

yuridik shaxslarga qishloq xo‘jalik ehtiyojlari hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish;

o‘lchamidan qat’i nazar barcha yerlarni olib qo‘yish, alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari erlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba maydonlari, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan yerlar bundan mustasno; (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

diplomatiya vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshlig‘i qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;

erga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

er munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

 

Qarang: "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi

 

6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

 

Er munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari yerlarni, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan erlardan tashqari o‘rmon fondi yerlarini, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlarni, suv fondi yerlarini olib qo‘yish - har bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga o‘n gektargacha o‘lchamda;

fuqarolarga fermer xo‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga berish;

fuqarolarga, yuridik shaxslarga zaxira yerlardan yer uchastkasining o‘lchamidan qat’i nazar, egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish;

er uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish;

er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqinikimoshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish;

er tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

er uchastkalariga bo‘lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish; (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi), (Oldingi tahririga qarang)

erga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda, ularning yerga egalik qilishi va yerdan foydalanishi masalalarini hal etish;

er munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

 

Qarang: "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi

 

7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

 

Er munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

erlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

er uchastkasining o‘lchamidan qat’i nazar, shahar chegarasi doirasida egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek yerni olib qo‘yish, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno;

er uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish;

er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini kimoshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish;

er tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

er uchastkalariga bo‘lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish; (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi), (Oldingi tahririga qarang)

erga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

er munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

 

Qarang: "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi

 

2-BOB. yer FONDI

 

8-modda. yer fondi toifalari

9-modda. yerlarni toifalarga bo‘lish

va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish

10-modda. yer uchastkasi

 

8-modda. yer fondi toifalari

 

O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:

1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar - qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi;

2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari - shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar - ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;

4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar; (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)

5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan yerlar; (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)

6) o‘rmon fondi yerlari - o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;

7) suv fondi yerlari - suv ob’ektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv ob’ektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;

8) zaxira yerlar.

 

9-modda. yerlarni toifalarga bo‘lish va

bir toifadan boshqasiga o‘tkazish

 

Erlar asosiy foydalanish maqsadiga qarab yer fondi toifalariga bo‘linadi.

Erlardan asosiy foydalanish maqsadi - yerlardan er-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni ko‘zlab foydalanishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va shartlaridir.

Erlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish erlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.

Erlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

Qarang: EKning 4-7-moddalari

 

Er fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlarda, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat er kadastri hujjatlarida ko‘rsatiladi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Erlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazishning belgilangan tartibini buzish bunday o‘tkazish faktlarini g‘ayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etishga asos bo‘ladi.

 

Qarang: FKning 116-moddasi

 

 

 

10-modda. yer uchastkasi

 

Er uchastkasi - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism)

 

Qarang: EKning 15-moddasi; "Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonun

 

Er uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida) belgilanadi. yer uchastkasining maydoni naturada (joyning o‘zida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi.

Er uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin.

O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasi bo‘linadigan yer uchastkasi hisoblanadi.

Foydalanish maqsadiga ko‘ra mustaqil yer uchastkalariga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan yer uchastkasi bo‘linmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.

 

Qarang: EKning 21-moddasi

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarorining 10-bandi

 

3-BOB. yer TUZISh

 

11-modda. Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi

jihatidan yerlarni rayonlashtirish

12-modda. yer tuzishning vazifalari va mazmuni

13-modda. yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash

14-modda. yer monitoringi

15-modda. Davlat yer kadastri

 

11-modda. Qishloq xo‘jaligining tabiiy

moslashuvi jihatidan erlarni rayonlashtirish

 

Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish - hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda bo‘linishidir.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish to‘g‘risidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarga ana shu uchastkalarni berish shartlari jumlasiga kiritiladi.

 

Qarang: EKning 29-moddasi

 

 

 

 

12-modda. yer tuzishning

vazifalari va mazmuni

 

Er tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xo‘jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi.

Er tuzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq yer tuzish xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Er tuzish istiqbolga mo‘ljallangan, loyihalash oldidan, xo‘jaliklararo hamda ichki xo‘jalik yer tuzish turlariga bo‘linadi.

Istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzishga quyidagilar kiradi:

1) respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;

2) tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish;

3) tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq istiqbol rejalarini, respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish;

4) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash. (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)

Xo‘jaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi:

1) joyning o‘zida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash;

2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;

3) yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;

4) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish;

5) yer uchastkalarini naturada (joyning o‘zida) ajratib berish, yerga egalik qilish huquqini va yerdan foydalanish huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash;

6) yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni suv va shamol yeroziyasidan, sellardan, ko‘chkilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish bo‘yicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish;

7) barcha yerlarni ro‘yxatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish;

8) yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish;

9) yerlarni baholash tadbirlarini o‘tkazish.

Xo‘jaliklararo yer tuzish tumanlar yoki bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari guruhlarining ma’muriy chegaralari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari boshqa tumanlar yoki shahar va posyolkalar hududiga tegishli bo‘lgan hollarda, ularning chegaralarini o‘zgartirish masalalari ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o‘zida belgilash tartibida hal qilinadi.

 

Qarang: "O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida"gi Qonun

 

Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlanganidan keyin naturaga (joyning o‘ziga) ko‘chirilib, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer uchastkalarining chegaralari belgilangan namunadagi marza belgilari bilan ajratiladi.

Ichki xo‘jalik yer tuzish turi qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining hududini ichki xo‘jalik negizida belgilab olib, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xo‘jalik yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bog‘lar, tokzorlar va boshqalarni) joylashtirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek sug‘oriladigan erlarni to‘la rekonstruktsiyalashni o‘z ichiga oladi.

Ichki xo‘jalik yer tuzish turi loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi bo‘lgan mualliflik nazorati olib boriladi.

Er tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.

Er tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan, tarixiy-madaniy va boshqa yo‘nalishda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.

 

13-modda. yer tuzish loyihasini

ko‘rib chiqish va tasdiqlash

 

Ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o‘zida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga mo‘ljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi.

Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarga yer ajratib berish loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi. yer tuzish loyihalariga o‘zgartishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi.

Er tuzishni yer tuzish xizmati organlari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq xo‘jalik ekinzorlarini joylashtirish, erlarni yaxshilash va muhofaza qilish, yeroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

 

14-modda. yer monitoringi

 

Er monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat.

Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.

Er monitoringini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Qarang: VM 2000 yil 23 dekabrdagi 496-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida yer monitoringi to‘g‘risida”gi Nizom; VM 2002 yil 3 apreldagi 111-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida atrof-tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida”gi Nizom

 

15-modda. Davlat yer kadastri

 

Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.

Davlat yer kadastri O‘zbekiston Respublikasi davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari kadastrlarining asosidir.

 

Qarang: "Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonun; VM 2005 yil 16 fevraldagi 66-son Qarori bilan tasdiqlangan "Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, erdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangandir.

Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash uchun asos bo‘ladi.

Davlat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qo‘yishda, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini o‘tkazishda, xo‘jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi.

Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davlat kadastri va yer tuzish xizmati organlari tomonidan yuritiladi.

Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan va boshqa yo‘nalishda tekshirish va izlanishlar olib borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yxatga olish bilan ta’minlanadi.

 

Qarang: "Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonun

 

Davlat yer kadastrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

Qarang: VM 1998 yil 31 dekabrdagi 543-son Qarori bilan tasdiqlangan "Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom

 

4-BOB. yerGA BO‘LGAN MULKChILIK.

YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARNING

ER UChASTKALARIGA BO‘LGAN HUQUQLARI

 

16-modda. O‘zbekiston Respublikasida yerga bo‘lgan mulkchilik

17-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning

er uchastkalariga bo‘lgan huquqlari

18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer

uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi

19-modda. yer uchastkalariga meros qilib

qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi

20-modda. yer uchastkalariga doimiy va muddatli

(vaqtincha) egalik qilish hamda ulardan doimiy

va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi

21-modda. Birgalikda egalik qilinadigan

yoki foydalaniladigan yer uchastkalari

22-modda. yer uchastkasiga egalik qilish va undan

doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi

23-modda. yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)

24-modda. yer uchastkasi ijarasi

25-modda. yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish

26-modda. yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish

27-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka

tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish

uchun yer uchastkalari berish yoki realizatsiya qilish

28-modda. yer uchun haq to‘lash

29-modda. yer uchastkasini saqlash vazifasi

30-modda. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan

tarzda foydalanish huquqi (servitut)

31-modda. yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi

32-modda. yer uchastkasining plani. yer uchastkasining

chegaralarini joyning o‘zida belgilash

33-modda. yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar

34-modda. yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)

masalalarini ko‘rib chiqish komissiyalari

35-modda. yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish

36-modda. yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi

37-modda. yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari

uchun olib qo‘yish, qayta sotib olish

38-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

buzilganda yer uchastkasini olib qo‘yish

 

16-modda. O‘zbekiston Respublikasida

erga bo‘lgan mulkchilik

 

Er davlat mulki - umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

 

Qarang: FK 214-moddasining birinchi qismi; EKning 17, 18-moddalari

 

 

17-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning

er uchastkalariga bo‘lgan huquqlari

 

Yuridik shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin.

Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin.

 

Qarang: EKning 18-20, 24-moddalari

 

18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning

er uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi

 

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi.

 

Qarang: VM 1995 yil 11 apreldagi 126-son Qarori bilan tasdiqlangan "Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o‘zlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.

Qarang: FK 29-bobining 1, 7-§§

 

Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning - diplomatiya korpusi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.

Qarang: FK 29-bobining 1, 7-§§

 

19-modda. yer uchastkalariga meros qilib

qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi

 

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari:

dehqon xo‘jaligi yuritish uchun;

 

Qarang: EKning 55-moddasi

 

yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun;

 

Qarang: EKning 27-moddasi

 

jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi olish huquqiga egadirlar.

 

Qarang: EKning 56-moddasi

 

Er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham berilishi mumkin.

Fuqarolarning yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.

Er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjatining shakli, uni ro‘yxatga olish va bunday hujjatni berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

20-modda. yer uchastkalariga doimiy va muddatli (vaqtincha)

egalik qilish hamda ulardan doimiy va muddatli

(vaqtincha) foydalanish huquqi

 

Er uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli (vaqtincha) egalik qilishga hamda ulardan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanishga berilishi mumkin.

Er uchastkalari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yuritish uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa maqsadlar uchun ham doimiy egalik qilishga beriladi.

Doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun yer uchastkalari:

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga;

sanoat, transport hamda boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga;

chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga;

chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalari foydalanish uchun boshqa tashkilotlar va shaxslarga ham beriladi.

Er uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.

Er uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.

Davlat hujjatlarining shakllari, ularni ro‘yxatga olish va bunday hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

Qarang: VM 1992 yil 27 maydagi "O‘zbekiston Respublikasi yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 248-son Qarorining 1-3-Ilovalari

 

Er uchastkalaridan muddatli foydalanish qisqa muddatli-uch yilgacha va uzoq muddatli-uch yildan o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish zaruriyati taqozo etganda bu muddatlar tegishincha qisqa muddatli yoki uzoq muddatli vaqtincha foydalanish muddatlaridan ortiq bo‘lmagan davrga uzaytirilishi mumkin. yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish muddatlarini uzaytirish shu uchastkalarni bergan organlar tomonidan amalga oshiriladi.

Yaylov chorvachiligi uchun yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yigirma besh yilgacha muddatga berilishi mumkin.

 

21-modda. Birgalikda egalik qilinadigan

yoki foydalaniladigan yer uchastkalari

 

Er uchastkasini ushbu Kodeks 10-moddasining beshinchi qismiga asosan bo‘lishning imkoniyati bo‘lmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb e’tirof etiladi, bu hol yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini yoki undan doimiy foydalanish huquqini tasdiqlovchi davlat hujjatlarida aks ettiriladi.

 

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarorining 10-bandi, 11-bandining birinchi xatboshi, 12, 13-bandlari

 

22-modda. yer uchastkasiga egalik qilish va undan

doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi

 

Korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkka nisbatan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki ularni operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ana shu ob’ektlar bilan birgalikda mazkur ob’ektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi.

Uy-joyga, chorbog‘ga bo‘lgan mulk huquqi (sotib olish, hadya yoki meros bo‘yicha olish va boshqa hollarda) jismoniy shaxsga o‘tgan taqdirda, ana shu imoratlarga mulk huquqi bilan birgalikda mazkur imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqlari ham o‘tadi.

Korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulk joylashgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishincha shartnomalari, qarorlari asosida tuman, shahar yer-kadastr daftariga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va ularga yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjatlarini topshirish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.

Korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkning bir qismiga nisbatan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, ularni operativ boshqarish huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi, yer uchastkasini bunday ajratish mumkin bo‘lmagan hollarda, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan nizolashilgan hollarda yer uchastkasining bo‘linishi davlat kadastri va yer tuzish xizmati organlari tomonidan amalga oshirilib, tuman, shahar hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va shundan keyin yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi davlat ro‘yxatiga olinib, tegishli davlat hujjatlari beriladi.

 

Qarang: FKning 482-moddasi

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarori 11-bandining birinchi xatboshi, 13-bandi

 

23-modda. yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)

(O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi modda),

(Oldingi tahririga qarang)

 

Er uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.

Er uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini boshqa shaxslarga berish (realizatsiya qilish) faqat shu uchastka belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan (sotib olinganidan) keyin amalga oshiriladi.

Sanoat korxonalari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa va elektr o‘tkazish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan erlar yoxud qishloq xo‘jaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). O‘rmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan o‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraxtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.

Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralarini tegishli yer tuzish xizmati naturada (joyning o‘zida) belgilaguniga va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi.

Er uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

Qarang: VM 1992 yil 27 maydagi 248-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom; VM 1995 yil 11 apreldagi 126-son Qarori bilan tasdiqlangan "Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom; VM 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-son Qarori bilan tasdiqlangan "Er uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom; VM 2006 yil 30 dekabrdagi 272-son Qarori bilan tasdiqlangan "Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi Nizomning II, III bo‘limlari; VM 2008 yil 22 avgustdagi "Toshkent shahrida yer uchastkalari berish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini kelgusida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 189-son Qarori (hujjat rus tilida keltirilgan); VM 2008 yil 31 dekabrdagi 292-son Qarori (hujjat rus tilida keltirilgan); VM 2009 yil 20 yanvardagi "Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini kelgusida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 16-son Qarori (hujjat rus tilida keltirilgan)

24-modda. yer uchastkasi ijarasi

 

Er uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.

 

Qarang: FKning 535-moddasi; "Ijara to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi

 

Er uchastkasini shartnoma asosida quyidagilar ijaraga beradilar:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslariga - tuman va shahar hokimlari;

chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo‘yishi mumkin.

 

Qarang: "Garov to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda) 43-moddasining uchinchi qismi; AV tomonidan 2004 yil 30 aprelda 1345-son bilan ro‘yxatga olingan, MB Qarori bilan tasdiqlangan "Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

Ijaraga berilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘zining ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqlidir.

Er uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, biroq o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagiqism)

Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.

Er uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq to‘lash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

 

Qarang: FKning 544-moddasi; SK 278-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 287-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari; "Ijara to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi

 

Er uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga yerishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.

 

Qarang: EK 36-moddasining uchinchi qismi; FKning 551, 552-moddalari; "Ijara to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi

 

Er uchastkalarini ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Qarang: VM 1994 yil 6 iyuldagi 346-son Qarori bilan tasdiqlangan "Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, halqaro birlashmalar va tashkilotlarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berishning Vaqtinchalik tartibi”; VM 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-son Qarori bilan tasdiqlangan "Er uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom; Toshkent shahar hokimining 2003 yil 3 yanvardagi 4-son Qarori bilan tasdiqlangan "Er maydonlarini tanlov savdolari asosida uzoq muddatli ijaraga va doimiy foydalanishga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

25-modda. yer uchastkalaridan

qidiruv ishlari uchun foydalanish

 

Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar va tuzilgan shartnomalar asosida barcha toifadagi yerlarda yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan, ijarachilardan hamda mulkdorlardan yer uchastkalarini olib qo‘ymagan holda amalga oshirishlari mumkin.

Sug‘oriladigan haydov yerlarida, bog‘larda, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan yerlarda, qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomani viloyat hokimi, boshqa yerlarda esa, tuman va shahar hokimlari bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beradilar, zarur hollarda bu muddatni uzog‘i bilan yana bir yilga uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi. (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan beriladi. (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)

 

O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuniga muvofiq uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin

 

Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun o‘z hisoblaridan yaroqli holatga keltirishlari va yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga topshirishlari, yerlar, ekinzorlar, dov-daraxtlar, o‘rmonlar, suvlar va boshqa tabiat ob’ektlarining, truboprovodlar, kanalizatsiya, melioratsiya tarmoqlari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishlari, shuningdek yer uchastkalarini vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga etkazilgan zararni (shu jumladan boy berilgan foydani) qoplashlari shart.

 

26-modda. yer uchastkalaridan

imorat qurish uchun foydalanish

 

Er uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruktsiya qilishga haqlidir.

 

Qarang: EKning 29-moddasi; VM 2006 yil 30 dekabrdagi 272-son Qarori bilan tasdiqlangan "Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi Nizom; VM 2009 yil 2 iyuldagi 184-son Qarori bilan tasdiqlangan "Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspektsiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruktsiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom; AV tomonidan 2001 yil 26 mayda 1036-son bilan ro‘yxatga olingan, DAQQ Qarori bilan tasdiqlangan "Investitsiya loyihasi uchun boshlang‘ich-ruxsat berish hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishtirish va tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizom

 

27-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka

tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish

uchun yer uchastkalari berish yoki realizatsiya qilish

 

Shaharlar va posyolkalarda, shuningdek qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining egaligidagi erlar tarkibiga kirmagan qishloq aholi punktlarida doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har bir oilaga 0,06 gektargacha yer uchastkalari beriladi.

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha doirada yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi belgilangan tartibda kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinadi.

 

Qarang: Prezidentning 1994 yil 24 noyabrdagi "Erdan foydalanishning samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PF-1009-son Farmoni; VM 1995 yil 11 apreldagi 126-son Qarori bilan tasdiqlangan "Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1-5, 13-15-bandlari; VM 2006 yil 30 dekabrdagi 272-son Qarori bilan tasdiqlangan "Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi Nizomning II, III bo‘limlari; AV tomonidan 1995 yil 26 yanvarda 119-son bilan ro‘yxatga olingan, DMQ tomonidan tasdiqlangan "Fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga beriladigan yer uchastkalarini kimoshdi savdosida sotish to‘g‘risida”gi Vaqtinchalik Nizom (hujjat rus tilida keltirilgan)

 

28-modda. yer uchun haq to‘lash

 

O‘zbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanadi.

O‘z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq to‘laydilar. yer uchun haq har yili to‘lanadigan yer solig‘i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi.

Er solig‘ining stavkalari, uni hisoblash va to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

Qarang: SKning XII bo‘limi; Prezidentning 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son Qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari, Yagona yer solig‘i stavkalari

 

Er uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar yer uchun ijara haqini yer solig‘i to‘lovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq byudjetga to‘laydilar. (O‘zR 28.12.2007 y. O‘RQ-138-son Qonuni taxriridagi qism), (Oldingi taxririga qarang)

 

Qarang: SKning 278-287-moddalari

 

29-modda. yer uchastkasini

saqlash vazifasi

 

Egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi majburiyatlar bilan ta’minlanishi mumkin:

er uchastkasini sotish yoki o‘zgacha tarzda boshqalarga o‘tkazishni taqiqlash;

er uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga, ushbu Kodeks 51-moddasining o‘ninchi qismida nazarda tutilgan holatda esa, ijaraga berishni taqiqlash;

er uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirishni taqiqlash;

faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash;

belgilangan tartibda kelishuvsiz ko‘chmas mol-mulkning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni, imorat, bino, inshootni rekonstruktsiya qilish yoki buzishni taqiqlash;

er unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

er uchastkasida qurilish qilishni yoki uni o‘zlashtirishni belgilangan muddatlar mobaynida boshlash va tugallash;

tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob o‘simliklarni, davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros ob’ektlarini asrash. (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

Er uchastkasini saqlash vazifasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar, cheklashlar yoki shartlar bilan ham ta’minlanishi mumkin.

Er uchastkasini saqlash vazifasi shartlari uning huquqiy maqomiga kiritilib, davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tganida saqlab qolinadi.

 

Qarang: AV tomonidan 1999 yil 27 mayda 736-son bilan ro‘yxatga olingan, yerDQ tomonidan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma

 

Er uchastkasini saqlash vazifasining tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

30-modda. O‘zganing er uchastkasidan cheklangan

tarzda foydalanish huquqi (servitut)

 

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) - qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;

o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;

o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;

o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;

mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;

o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;

o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa ob’ektlar barpo etish.

Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga yerishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.

Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitut to‘g‘risidagi kelishuv uni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar barham topsa, bekor qilinishi mumkin.

 

Qarang: FKning 173-moddasi; AV tomonidan 1999 yil 27 mayda 736-son bilan ro‘yxatga olingan, yerDQ tomonidan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarorining 16-bandi

 

31-modda. yer uchastkasiga bo‘lgan

huquqning vujudga kelishi

 

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi modda)

 

Qarang: EKning 32, 35-moddalari; "Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi; VM 1992 yil 27 maydagi 248-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning VI, VII bo‘limlari; AV tomonidan 1999 yil 27 mayda 736-son bilan ro‘yxatga olingan, yerDQ tomonidan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma

 

32-modda. yer uchastkasining plani.

Er uchastkasining chegaralarini

joyning o‘zida belgilash

 

Er uchastkasining plani - yer uchastkasining topografik plani bo‘lib, qabul qilingan belgilarga muvofiq unda muayyan yer uchastkasining chegaralarida vaqt jihatidan eng so‘nggi yer tuzilishi loyihasiga muvofiq so‘nggi bor suratga olingan paytdagi butun vaziyat va relef ko‘rsatiladi.

Er uchastkasining chegaralarini joyning o‘zida va xaritalarda dastlabki tarzda belgilash ajratib berish uchun yer uchastkasi tanlangan vaqtda uni berish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.

Er uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning o‘zida uning chegaralarini belgilash ishlari yer tuzish xizmati organlari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Er uchastkasining tasdiqlangan plani yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning ajralmas qismi bo‘lib qoladi. yer uchastkalari planlarining asli kadastr ishiga doir hujjatlar orasida saqlanadi, nusxalari esa yer uchastkasi oluvchiga beriladi.

 

Qarang: EKning 33-moddasi

 

Er uchastkasining plani va tavsifini tayyorlash, marza belgilarini o‘rnatish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, er uchastkasi oluvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

33-modda. yer uchastkasiga bo‘lgan

huquqni tasdiqlovchi hujjatlar

(O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi modda)

 

Er uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati, yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati, yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yeruchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlardir. Bu hujjatlarda yer uchastkasi qaysi huquqqa asosan berilayotganligi, er uchastkasidan foydalanishning belgilangan maqsadi, uni o‘zlashtirish muddatlari, er uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlar ko‘rsatiladi.

 

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarorining 9-bandi

 

34-modda. yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)

masalalarini ko‘rib chiqish komissiyalari

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi modda matni)

(Oldingi tahririga qarang)

 

Er uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyalar tuziladi. Komissiyalar tarkibiga yer resurslari va davlat kadastri (komissiya kotibi), qishloq va suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va kurilish, geologiya va mineral resurslar, davlat mulkini boshqarish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi.

Er uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyalar o‘z faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.

 

Qarang: VM 1994 yil 29 noyabrdagi 575-son Qarori bilan tasdiqlangan "Er maydonlari ajratish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya to‘g‘risida”gi Nizom

 

35-modda. yer uchastkalariga bo‘lgan

huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish

 

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatiga olinishi kerak.

Er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalari joylashgan yerda amalga oshiriladi. Davlat reestriga quyidagilar kiritiladi:

1) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni olgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

2) yer uchastkasining tavsifi (erlarning toifasi, foydalanish maqsadi, maydonining turi, sathi, birgalikda egalik qilish yoki foydalanish ulushi, chegaralari, kadastr tartib raqami va boshqa tavsifnomalari);

3) yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi shartnoma talablariga, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlarga oid ma’lumotlar;

4) vakolatli organlarning yer uchastkasini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun ajratib olish zonasiga kiritish to‘g‘risidagi qarorlari;

5) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ma’lumotlar.

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. (O‘zR 30.04.2004 y. 621-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Er uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risida ro‘yxatga olingan sana va tartib raqami ko‘rsatilgan holda guvohnoma beriladi.

 

Qarang: FK 84-moddasining ikkinchi qismi; "Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi

 

Er uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjudligi;

davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

Qarang: VM 1998 yil 31 dekabrdagi 543-son Qarori bilan tasdiqlangan "Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 13-17-bandlari; AV tomonidan 1999 yil 27 mayda 736-son bilan ro‘yxatga olingan, yerDQ tomonidan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma

 

36-modda. yer uchastkalariga bo‘lgan

huquqlarning bekor qilinishi

 

Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:

1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;

2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda;

3) yuridik shaxs tugatilganda;

 

Qarang: FKning 53-moddasi

 

O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuniga muvofiq 4-band chiqarib tashlangan

 

4) yerlarni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinganda yoki bekor bo‘lganda;

 

5) xizmatda foydalanish uchun chek yer berib qo‘yishga asos bo‘lgan mehnatga oid munosabatlar bekor bo‘lganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa;

 

Qarang: MKning 99, 100-moddalari

 

6) yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida;

7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda, bu qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun hosildorlik darajasi uch yil mobaynida normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past bo‘lishida ifodalanganda;

8) yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;

9) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yer solig‘i, shuningdek ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi muntazam to‘lanmay kelinganda;

 

Qarang: SKning 286, 294-moddalari

 

10) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xo‘jaligi sohasiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berib qo‘yilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;

11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi order kimoshdi savdosi asosida sotib olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi garovda bo‘lgan taqdirda esa, - garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmayotgan yer uchastkalari avvalgi egalaridan ular to‘lagan haq qiymati qoplangan holda olib qo‘yiladi;

 

Qarang: Prezidentning 1994 yil 24 noyabrdagi "Erdan foydalanishning samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PF-1009-son Farmoni 5-bandining uchinchi xatboshi

 

12) yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qo‘yilganida.

 

Qarang: SKning 37, 38-moddalari

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarori 14-bandining ikkinchi xatboshi

 

Qonun hujjatlarida yer uchastkalariga egalik qilish huquqi, yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi va yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini bekor qilishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

Er uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi: (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

1) savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari, shuningdek uy-joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilganda;

2) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari, shuningdek uy-joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda qayta sotib olinganda;

3) qonunda belgilangan hollarda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari, shuningdek uy-joy binolari va boshqa imoratlar yoki imoratlarning bir qismi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara etilganda;

4) ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda. (O‘zR 14.01.2009 y. O‘RQ-199-son Qonuni taxriridagi band)

Ushbu modda birinchi qismining 1-11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga muvofiq huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarga asosan tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda mazkur mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishlari mumkin. yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

 

Qarang: VM 1992 yil 27 maydagi 248-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6-10, 12-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Er uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlardan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga jo‘nab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan ko‘proq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu er uchastkasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi.

 

Qarang: FK 191-moddasining uchinchi qismi

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarorining 15-bandi

 

Er uchastkasiga bo‘lgan huquqlardan voz kechish mazkur yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori majburiyatlarining, yer uchastkasi boshqa shaxsga berilgunga qadar, biroq voz kechilgan paytdan yoki egasiz mol-mulk tariqasida davlat ro‘yxatiga olingan kundan e’tiboran uzog‘i bilan bir yil mobaynida, bekor qilinishiga sabab bo‘lmaydi.

 

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarori 14-bandining birinchi xatboshi

 

37-modda. yer uchastkasini davlat va jamoat

ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, qayta sotib olish

 

Er uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan olib qo‘yiladi.

Er egasi, yerdan foydalanuvchi va ijarachi yer uchastkasini olib qo‘yish haqidagi tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihalash boshlangunga qadar hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashni inobatga olgan holda ob’ekt quriladigan joyni, uchastkaning taxminiy o‘lchami va uni ajratish shartlarini yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, shuningdek tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan oldindan kelishib olishlari shart. Bunday tarzda oldindan kelishib olinmagunga qadar loyiha ishlarini moliyalashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Er uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hamda ob’ekt quriladigan joyni oldindan kelishib olish, shuningdek yer ajratib berishni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Qarang: VM 1992 yil 27 maydagi 248-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan yer uchastkasini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ekti yoki uy-joy binosi va boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish ushbu Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar ta’minlangan holda tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarorining 17-bandi

 

38-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

buzilganda yer uchastkasini olib qo‘yish

 

Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin yer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qo‘yish haqida taqdimnoma kiritadi. yer uchastkasini bergan organ taqdimnoma asosida bir oylik muddatda yer uchastkasini olib qo‘yish haqida qaror chiqaradi. yer uchastkasini olib qo‘yish masalasini hal qilish vakolat doirasiga kiruvchi organ, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.

 

5-BOB. yer EGASI, ERDAN FOYDALANUVChI,

IJARAChI VA yer UChASTKASI MULKDORINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

 

39-modda. yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi

va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari

40-modda. yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi

va yer uchastkasi mulkdorining majburiyatlari

41-modda. yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlari

42-modda. yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari

ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining cheklanishi

 

39-modda. yer egasi, erdan foydalanuvchi,

ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari

 

Er egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:

1) yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo‘jalik yuritish;

2) qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari hamda dov-daraxtlarga, etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo‘lgan mulk huquqi;

 

Qarang: "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda) 19-moddasining ikkinchi qismi; "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasi

 

3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonzorlar, suv ob’ektlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;

 

Qarang: "Erosti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi tahrirda) 31-moddasi; "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning VI-XX-boblari; "O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunning 19-29-moddalari

 

4) yerlarni sug‘orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari o‘tkazish;

5) qishloq xo‘jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;

 

Qarang: "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning VI-XX-boblari

 

6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli;

 

Qarang: EKning 26-moddasi

 

7) yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda unga etkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning to‘lanishini talab qilish;

 

Qarang: EKning 86-moddasi

 

8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga berish.

 

Qarang: EK 20-moddasining sakkizinchi qismi, 24-moddasi; VM 1992 yil 27 maydagi 248-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

Er egasi bo‘lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo‘jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qo‘yishi mumkin.

 

Qarang: "Garov to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda)

 

Er egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 

40-modda. yer egasi, erdan foydalanuvchi,

ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining majburiyatlari

 

Er egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagilarni bajarishi shart:

1) yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish;

3) yerlarni muhofaza qilishga oid, ushbu Kodeksning 79-moddasida nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish;

4) yer solig‘ini yoki yer uchun ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash;

 

Qarang: SKning 286, 294-moddalari

 

5) boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;

6) foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin o‘z hisobidan qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi yoki baliq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa, belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish;

 

Qarang: EK 25-moddasining uchinchi qismi, 79-moddasi to‘rtinchi qismining ettinchi, sakkizinchi xatboshilari

 

7) foydali qazilma konlarini ishlatish chog‘ida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida o‘zlariga egalik qilishga va foydalanishga hamda mulk etib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalari hududidan tashqaridagi qishloq xo‘jalik ekinzorlari, o‘rmonzorlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

 

Qarang: EK 79-moddasining uchinchi qismi

 

8) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;

 

Qarang: VM 1998 yil 31 dekabrdagi 543-son Qarori bilan tasdiqlangan "Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 26-bandi

 

9) boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga etkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.

Qarang: FKning 985-moddasi

 

Qonun hujjatlariga muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarorining 15-bandi

 

41-modda. yer uchastkalariga

bo‘lgan huquqlarning kafolatlari

 

Er egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari faoliyatiga davlat, xo‘jalik organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Qarang: EKning 84, 85-moddalari

 

Er egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.

Qarang: EKning 91-moddasi

 

Er egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida etkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanishi kerak.

Qarang: EKning 86-moddasi; FKning 985-moddasi

 

Jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun mazkur shaxslarning xohishiga ko‘ra tuman, shahar, viloyat hokimining qarori bilan avvalgi yer uchastkasi bilan aynan bir xil yer uchastkasi ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olib qo‘yilayotgan yer uchastkasining o‘rniga yangi joyda uy-joy, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanganidan keyin olib qo‘yilishi mumkin.

Davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining, qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tajriba va o‘quv xo‘jaliklarining yerlari ularning xohishiga ko‘ra olib qo‘yilayotgan imoratlar o‘rniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar qurib berilganidan keyin hamda ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq boshqa barcha zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanganidan keyin olib qo‘yilishi mumkin.

Yuridik va jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektini, shuningdek uy-joy binolari hamda boshqa binolarni yoki binolarning bir qismini ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarorining 17-bandi

42-modda. yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari

ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining cheklanishi

 

Er egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari davlat manfaatlarini, atrof muhitni muhofaza qilish, muhandislik kommunikatsiyalari qurish va ulardan foydalanish manfaatlarini, boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining manfaatlarini, shuningdek fuqarolar xavfsizligini ko‘zlab faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi mumkin.

 

Qarang: EKning 29, 30, 72-75-moddalari, 77-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari; "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi; "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 48-moddasi

 

6-BOB. QIShLOQ XO‘JALIGIGA

MO‘LJALLANGAN yerLAR

 

43-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning tarkibi

44-modda. Sug‘oriladigan erlar

45-modda. Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar

46-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish

47-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar mahsuloti etishtiruvchilar

va ularga yer uchastkalarini berish

48-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan

foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar

va ijarachilarning majburiyatlari

49-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat

xo‘jaliklariga), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari,

muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish

50-modda. yerlarni pay jamg‘armasiga berish. Qishloq

xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida) mulkiy pay

51-modda. yer uchastkalarini xo‘jalik ichida taqsimlash.

Oila (jamoa) pudrati

52-modda. Xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlarga yer berish

53-modda. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish

54-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining

bo‘linmalari negizida tashkil etiladigan kooperativlarga

(shirkatlarga) yer uchastkalari berish

55-modda. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun

fuqarolarga yer uchastkalari berish

56-modda. Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi

yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish

57-modda. Yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer berish

58-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq

xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar

hamda tashkilotlarga berish tartibi va shartlari

 

43-modda. Qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallangan erlarning tarkibi

 

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlarga ajraladi.

Haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq erlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligidan o‘zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o‘tkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.

 

Qarang: EK 44-moddasining uchinchi qismi, 45-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari; VM 1992 yil 27 maydagi 248-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

Qishloq xo‘jaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va suv iste’moli tizimiga asoslangan sun’iy sug‘orish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir. (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism)

 

44-modda. Sug‘oriladigan yerlar

 

Qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.

Qishloq va suv xo‘jaligi organlari sug‘oriladigan yeri bo‘lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni sug‘orish ishlari uchun manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar bo‘yicha suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda suv bilan ta’minlashlari shart.

Qarang: "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning XIII bobi

 

Sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlarni hamda yerlarning suv bilan ta’minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda viloyat hokimi qaroriga binoan amalga oshiriladi.

 

45-modda. Alohida qimmatga ega bo‘lgan

unumdor sug‘oriladigan yerlar

 

Kadastr baholanishiga ko‘ra o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.

Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan erlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug‘orilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarini korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun berishga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.

 

46-modda. Qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallangan erlarni berish

 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga beriladi:

1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga - tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;

2) tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalari va tashkilotlariga - ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish va ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun;

3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;

4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;

5) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - jamoa bog‘dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun;

6) qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga - yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligini yuritish, shuningdek o‘zga maqsadlar uchun berilishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi yerlari o‘zga maqsadlarda, qoida tariqasida, keyinchalik qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish sharti bilan vaqtincha foydalanishga beriladi.

 

 

O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuniga muvofiq

47-modda chiqarib tashlangan

 

47-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar mahsuloti

etishtiruvchilar va ularga yer uchastkalarini berish

 

Quyidagilar tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiruvchilar jumlasiga kiradi:

qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, shu jumladan qishloq xo‘jalik mahsuloti etishtirish va uni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlar;

o‘zlariga uzoq muddatli ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lgan fermer xo‘jaliklari;

o‘ziga berilgan yer uchastkasida oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida mayda tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirishni va uni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi dehqon xo‘jaliklari;

jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi mahsulotini etishtirish hamda realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi bog‘dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlari;

o‘zlari etishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining bir qismini realizatsiya qilgan taqdirda noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yordamchi xo‘jaliklari.

Foydalanilishi yirik tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini (paxta va boshoqli don ekinlari etishtirishni) tashkil etish bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ustuvor ravishda pay usuliga asoslangan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) doimiy egalik qilishga beriladi.

Sabzavot-poliz ekinlari, kartoshka etishtirish, bog‘dorchilik va uzumchilik uchun, shuningdek chorvachilik ehtiyojlari uchun belgilangan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilishga (shu jumladan fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishiga), foydalanishga yoki ijaraga berilishi mumkin.

 

48-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan

foydalanish sohasida er egalari, yerdan

foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchi er egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:

1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va erlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari;

2) zona sharoiti va xo‘jalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari;

3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini ta’minlashlari;

4) meliorativ jihatdan nobop sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruktsiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaxshilashlari;

5) xo‘jalikning butun ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘ini hamda undagi inshootlarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;

6) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini sug‘oriladigan erlarning sho‘r bosishi va zaxlanishiga, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari;

7) qishloq xo‘jalik ekinlari va dov-daraxtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyalarini, sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etishlari;

8) ushbu Kodeksga hamda boshqa qonun hujjatlariga binoan erlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.

 

Qarang: EKning 79-moddasi

 

49-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga

(shirkat xo‘jaliklariga), boshqa qishloq xo‘jaligi

korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga

er uchastkalari berish

(O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi modda),

(Oldingi tahririga qarang)

 

Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) - tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish maqsadida pay usuliga asoslangan qishloq xo‘jaligi korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli.

Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) kooperativning (shirkatning) ishlab chiqarish faoliyatida, asosan oila (jamoa) pudrati asosida shaxsan ishtirok etuvchi mulkiy pay egalari bo‘lgan a’zolarini birlashtiradi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (aktsiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar hamda xo‘jalik shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari ijaraga yoki doimiy egalik qilish uchun beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga qo‘shimcha yer uchastkalari olishlari mumkin.

Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat bo‘ladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) ijaraga, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga esa doimiy egalik qilish uchun yoki ijaraga beriladi. yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) raisi, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi o‘rtasida tuziladi. yer uchastkalarini doimiy egalik qilish uchun olgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlariga yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati beriladi.

Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi.

 

Qarang: "Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi

 

O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuniga muvofiq

50-modda chiqarib tashlangan

 

50-modda. Erlarni pay jamg‘armasiga berish.

Qishloq xo‘jaligi kooperativida

(shirkat xo‘jaligida) mulkiy pay

 

Qishloq xo‘jaligi kooperativiga (shirkat xo‘jaligiga) doimiy egalik qilish uchun berilgan yer uchastkalari qiymati uning pay jamg‘armasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Pay jamg‘armasiga qo‘shiladigan yer uchastkalarining qiymat bahosi Davlat yer kadastri asosida va qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tabaqalashtirilgan qiymatni baholash koeffitsientlari asosida chiqariladi.

Qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) pay jamg‘armasi yer uchastkalarining qiymat bahosini va asosiy jamg‘armalarning qiymatini hamda kooperativning (shirkatning) majburiyatlardan xoli boshqa aktivlari qiymatini o‘z ichiga oladi, bo‘linmas jamg‘armani shakllantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bundan mustasno. Pay va bo‘linmas jamg‘armalarning miqdori qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) ustavida belgilab qo‘yiladi.

Pay jamg‘armasi qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) a’zolari o‘rtasida mulkiy paylarga taqsimlanishi lozim.

Mulkiy pay qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) har bir a’zosining kooperativ (shirkat) pay jamg‘armasi qiymatidagi ulushini belgilaydi va kooperativ (shirkat) a’zosiga qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) yakuniy daromadidan (foydasidan) dividendlar tariqasida tegishli ulush olish huquqini beradi.

Mulkiy pay miqdorini aniqlash, paylar bo‘yicha dividendlar to‘lash tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) har bir a’zosi mulkiy payining aniq miqdori qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) a’zosiga uning mol-mulkning muayyan ulushiga hamda xo‘jalik oladigan umumiy daromadning (foydaning) tegishli qismiga bo‘lgan huquqini belgilab qo‘yuvchi, nomi yozilgan guvohnoma bergan holda qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) yuqori boshqaruv organi qarori bilan belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) daromadining (foydasining) paylar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun mo‘ljallangan qismi yil yakunlariga ko‘ra taqsimlanadi va mulkiy payning miqdoriga mutanosib ravishda to‘lanadi.

 

51-modda. yer uchastkalarini xo‘jalik ichida taqsimlash.

Oila (jamoa) pudrati

 

Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarida yer uchastkalari, qoida tariqasida, oilalarga qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish uchun kamida besh yil muddatga foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida beriladi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Er uchastkalari muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish uchun qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) a’zolarining va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari xodimlarining guruhlariga ham kamida besh yil muddatga foydalanishga jamoa pudrati shartnomasi shartlari asosida berilishi mumkin. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Oila pudrati - qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi hamda tashkiloti tomonidan oilaga vaqtincha foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida berilgan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirishda oila a’zolarining bevosita ishtirok etishiga asoslangan ishlab chiqarish va mehnatni xo‘jalik ichida tashkil etish shaklidir.

Oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), boshqa jamoa qishloq xo‘jaligi korxonasi boshqaruv organlari orqali shu kooperativ (shirkat), jamoa korxonasi bilan yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ish beruvchisi (ma’muriyati) bilan oila boshlig‘i (jamoaning vakolat berilgan vakili) o‘rtasida tuziladi.

Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:

er uchastkasining o‘lchami, joylashgan yeri va holati;

er uchastkasidan foydalanish shartlari, taraflarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq yerning hosildorligi va sifatini oshirish borasidagi, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish borasidagi majburiyatlari;

etishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;

etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotining bahosi, unga haq to‘lash va uni realizatsiya qilish shartlari;

sug‘orish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan pudratchini ta’minlash;

taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning xohishiga ko‘ra boshqa shartlar.

Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida beriladigan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi, bunda haydaladigan erlar maydoni o‘lchamlarining kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Er uchastkasining o‘lchamlari va uning chegaralari taraflarning kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.

Oila (jamoa) pudratida mehnatga haq to‘lash yakuniy natijalarga ko‘ra - etishtirilgan mahsulotning shartnomada nazarda tutilgan miqdori, sifati va bahosiga ko‘ra amalga oshiriladi. Shu bilan birga oila a’zolari (pudratchilar) - pay egalari xo‘jalikning yil davomidagi faoliyati yakuniy natijalariga ko‘ra aniqlanadigan dividendlar oladilar.

Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida berilgan yer uchastkasi uchun pudratchidan yer haqi undirilmaydi. Bu uchastkalardan olinadigan yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari belgilangan tartibda to‘laydi.

Pudrat shartnomasi shartlari asosida olingan yer uchastkasini ijaraga yoki yordamchi pudratga berish taqiqlanadi.

Er uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan taqdirda pudratchi zarar va boshqa xarajatlar ushbu Kodeks 86-moddasiga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

 

Qarang: "Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunning 15, 21-moddalari

 

52-modda. Xo‘jaliklararo korxonalar

va tashkilotlarga yer berish

 

Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), boshqa jamoa qishloq xo‘jaligi korxonasi yuqori boshqaruv organining, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari ish beruvchisining (ma’muriyatining) qaroriga binoan, ushbu Kodeksning 58-moddasida belgilangan tartib va shartlarda beriladi.

 

53-modda. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun

er uchastkalari berish

 

Fermer xo‘jaligi o‘ziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.(O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Fermer xo‘jaligini yuritish uchun:

zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari;

yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari;

qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalari;

qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalari beriladi. (O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, oliy o‘quv yurtlariga, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga o‘quv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilmaydi.

Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga ochiq tanlov asosida beriladi. (O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

 

Qarang: "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi tahrirda) 10-moddasi

 

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasining o‘lchami yer uchastkasini beradigan organ tomonidan har bir muayyan holatda mahalliy sharoitlarni, shuningdek fermer xo‘jaligida ishlovchilar sonini hisobga olgan holda belgilanadi.

Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qo‘shimcha ijaraga olishi mumkin.

O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuniga muvofiq

ettinchi qism chiqarib tashlangan

 

Fermer xo‘jaligi ixtiyoriy ravishda, fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruviga, tuman hokimiga yozma murojaati asosida tashkil etiladi va fermer xo‘jaligi hamda er uchastkasini ijaraga olish shartnomasi davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab tashkil etilgan deb hisoblanadi. Fermer xo‘jaligi tuman hokimligida ro‘yxatga olinganidan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.

O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuniga muvofiq

sakkizinchi-o‘ninchi qismlari tegishincha

ettinchi-to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin

 

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi tahrirda) 11-moddasi; VM 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-son Qarori bilan tasdiqlangan "Er uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas.

Kreditlar olish uchun fermer xo‘jaligi o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini garovga qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qo‘yishga haqli.

Qarang: "Garov to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda) 43-moddasining uchinchi qismi; AV tomonidan 2004 yil 30 aprelda 1345-son bilan ro‘yxatga olingan, MB Qarori bilan tasdiqlangan "Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

54-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining

bo‘linmalari negizida tashkil etiladigan kooperativlarga

(shirkatlarga) yer uchastkalari berish

 

Qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining (ilmiy-tadqiqot, o‘quv, yordamchi qishloq xo‘jalik korxonalari va tashkilotlaridan tashqari) bo‘linmalari negizida tashkil etiladigan hamda ular tarkibidan chiqadigan kooperativlarga (shirkatlarga) xo‘jalik yuritishning teng sharoitlari yaratilishi zarurligini e’tiborga olgan holda o‘zlari ilgari foydalanib kelgan yerlardan viloyat yoki tuman hokimining qaroriga binoan yer uchastkalari beriladi. Bu uchastkalar mazkur korxonalar va tashkilotlarning yerlari tarkibidan olib qo‘yilishi lozim. yer uchastkalarini berish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

55-modda. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun

fuqarolarga yer uchastkalari berish

(O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-240-son Qonuni tahriridagi modda)

(Oldingi tahririga qarang)

 

Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik to‘g‘risidagi talab yangi sug‘oriladigan yer massivlari uchun qo‘llanilmaydi. Bunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining o‘lchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq o‘lchamlari yer resurslarining mavjudligi, aholining zichligiga qarab belgilanadi. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.

 

Qarang: VM 1995 yil 11 apreldagi 126-son Qarori bilan tasdiqlangan "Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1-5, 13-15-bandlari; AV tomonidan 1995 yil 26 yanvarda 119-son bilan ro‘yxatga olingan, DMQ tomonidan tasdiqlangan "Fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga beriladigan yer uchastkalarini kimoshdi savdosida sotish to‘g‘risida”gi Vaqtinchalik Nizom (hujjat rus tilida keltirilgan)

 

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi.

Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish bo‘yicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.

Qishloq joylarda yashovchi va o‘z mulkida chorva mollari bo‘lgan fuqarolarga pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkalari berilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi

 

56-modda. Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi

yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish

 

Shaharlar va posyolkalarda, shuningdek qishloq aholi punktlarida yashovchi, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun tomorqa yer uchastkalariga ega bo‘lmagan fuqarolarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosnomasiga binoan jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yoki jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi tuman hokimi tomonidan beriladi.

Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini tashkil etish uchun fuqarolar bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatlariga birlashadilar.

Bog‘dorchilik va uzumchilik uchun yer uchastkalari shaharlarning ko‘kalamzor zonasidan yoki boshqa aholi punktlari chegarasidan tashqarida aholi punktlari hududining kengayish istiqbollarini e’tiborga olib, suv resurslari hamda ularga limitlar ajratish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda zaxira yerlardan va o‘rmon fondining daraxtzorga aylantirish mo‘ljallanmagan erlaridan ajratib beriladi. Jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi uchun yaroqli zaxira erlar hamda o‘rmon fondi yerlari bo‘lmagan taqdirda, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xo‘jaligi yerlari istisno tariqasida berilishi mumkin.

Jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkalari suv resurslari hamda ularga limit ajratish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda aholi punktlarining yerlaridan, yaqin yillar ichida boshqa maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallanmagan zaxira yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan beriladi. Jamoa polizchiligi uchun noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining vaqtincha foydalanilmayotgan yerlari, bunday yerlar bo‘lmagan taqdirda esa - qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining unumdorligi past yerlari berilishi mumkin.

Jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari etishtirishda foydalaniladi. Ulardan uy-joy binolari va boshqa kapital inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday uchastkalarda umumiy foydalanishdagi muvaqqat imoratlar va inshootlarni qurishga yer uchastkalarini bergan tuman hokimi ruxsat berishi mumkin.

Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun beriladigan yer uchastkalari ko‘chalar ochish, jamoat imoratlari va inshootlari qurish zarurligi hisobga olingan holda bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatining har bir a’zosiga 0,06 gektargacha va polizchilik shirkatining har bir a’zosiga 0,08 gektargacha o‘lchamda belgilanadi.

Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun yer berish hamda undan foydalanish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Shuningdek qarang: O‘zSSR Vazirlar Kengashining 1986 yil 26 avgusdagi 422-son Qarori (hujjat rus tilida keltirilgan) bilan tasdiqlangan "Bog‘dorchilik shirkatining namunaviy Ustavi” (hujjat rus tilida keltirilgan)

 

57-modda. Yordamchi qishloq

xo‘jaligini yuritish uchun yer berish

 

Yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun sanoat, transport hamda boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek oshxonalar, bolalar muassasalari, maktablar, kasalxonalar, keksalar va nogironlar uylarini, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabilarni ta’minlash maqsadida viloyat hokimi foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yerlarni, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarni ham doimiy egalik qilishga berishi mumkin.

 

58-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan

erlarni qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar,

muassasalar hamda tashkilotlarga berish tartibi va shartlari

(O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi modda matni),

(Oldingi tahririga qarang)

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi hamda boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yerlari olib qo‘yilayotgan yer egalarining roziligiga ko‘ra va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuvga muvofiq yer uchastkalarini ajratish loyihalariga asosan tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan beriladi.

Yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi hamda boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari ular tuman yoki viloyat hokimining qarori asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi yoki tugatiladi.

Qarang: FKning 49, 53, 55-moddalari

 

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish xo‘jalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqoq, o‘zga erlarga suqilib kirgan bo‘lishiga va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqoq, o‘zga yerlarga suqilib kirgan bo‘lishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish xo‘jaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi.

 

7-BOB. AHOLI PUNKTLARINING (ShAHARLAR,

POSYoLKALAR VA QIShLOQ AHOLI

PUNKTLARINING) ERLARI

 

59-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi

60-modda. Aholi punktlarining chegarasi. Shahar atrofi zonalari

61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini

berish, olib qo‘yish va qayta sotib olish tartibi

62-modda. Shahar va posyolka qurilishi yerlari

63-modda. Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari

64-modda. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari

65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq

xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar

66-modda. Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar

67-modda. Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport,

aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar

68-modda. Qishloq aholi punktlarining yerlari

59-modda. Shaharlar va posyolkalar

erlarining tarkibi

Shaharlar va posyolkalarning ma’muriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) shahar va posyolka qurilishi yerlari;

2) umumiy foydalanishdagi yerlar;

3) qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa erlar;

4) daraxtzorlar egallagan yerlar;

5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;

6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari; (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)

7) suv fondi yerlari;

8) zaxira yerlar.

60-modda. Aholi punktlarining chegarasi.

Shahar atrofi zonalari

 

Aholi punktlarining chegarasi - shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari bo‘lib, ular ana shu yerlarni boshqa erlardan ajratib turadi.

Aholi punktlarining chegarasini belgilash tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining chegaralari bo‘yicha belgilanishi lozim.

Qarang: EKning 3-bobi; ShKning IV bobi

 

Shahar atrofi zonalari shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy va xo‘jalik hududini tashkil etuvchi shahar chegarasidan tashqaridagi yerlarni o‘z ichiga oladi. Shahar atrofi zonalarida shahar atrofidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hududi, aholi dam olish zonalari, shaharni rivojlantirish uchun zaxira erlar ajratiladi.

Shahar atrofi zonalarining chegaralari va huquqiy rejimi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: ShKning 51-moddasi

 

61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini

berish, olib qo‘yish va qayta sotib olish tartibi

 

Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalari tuman yoki shahar hokimining qaroriga asosan beriladi, bu qarorlarda rejalashtirish va qurilish olib borishning tasdiqlangan loyihalariga muvofiq yerlarni egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish shartlari belgilanadi.

Qarang: ShKning 33, 34, 36-38-moddalari

 

Yuridik shaxslar o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan yerlardan tuman yoki shahar hokimining qaroriga muvofiq boshqa yuridik shaxslarga, fuqarolarga er uchastkalarini vaqtincha foydalanishga berishlari mumkin.

Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalarini olib qo‘yish, qayta sotib olish ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari va boshqa yerlarini olib qo‘yish ushbu Kodeksning 37-moddasida belgilangan tartibda tuman, shahar va viloyat hokimining qarorlari bilan tasdiqlanadi.

Fuqarolar egaligidagi, ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalarini olib qo‘yish yoki fuqarolarga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lgan uy-joylarni buzish bilan bog‘liq holda yer uchastkalarini olib qo‘yish ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

62-modda. Shahar va posyolka qurilishi yerlari

 

Shahar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan yoki shunday bino va inshootlar qurish uchun berilgan hamma erlar kiradi.

Shahar va posyolka qurilishi yerlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat ob’ektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun foydalanishga, fuqarolarga esa, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga beriladi.

Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari engil turdagi ob’ektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurish va o‘zga ehtiyojlar uchun vaqtincha foydalanishga shahar yoki tuman hokimi qarori bilan berilishi mumkin.

Er uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sug‘orish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda o‘zicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarori 11-bandining ikkinchi xatboshi

 

Agar yer uchastkasiga xo‘jalik binolari (garaj, otxona, og‘ilxona, omborxona, yerto‘la va shu kabilar) qurish ushbu uchastkada joylashgan yuridik shaxslar yoki uy-joylarda yashovchi jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilgan taqdirda buzilgan imoratning mulkdori imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat mulkdorining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi, shaharni yoki posyolkani rejalashtirish va uni qurish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda buzilgan imoratning mulkdoriga ushbu shahar, posyolka chegarasi doirasida boshqa yer uchastkasi yoki boshqa obod uy-joy beriladi.

Qarang: EKning 27-moddasi

 

63-modda. Ko‘p kvartirali uylar

atrofidagi yer uchastkalari

 

Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari mazkur uylar boshqaruvini amalga oshiruvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun beriladi.

Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: VM 1994 yil 28 iyundagi 325-son Qarori bilan tasdiqlangan "Turar joylarni va uy atrofidagi erlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari"ning VIII bo‘limi

 

64-modda. Aholi punktlarining

umumiy foydalanishdagi yerlari

 

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:

maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohilbo‘yi yerlari va shu kabi yerlar;

aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).

Umumiy foydalanishdagi yerlar muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirib qo‘yilmaydi hamda bevosita shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining ixtiyorida bo‘ladi.

Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohilbo‘yi yerlari va qirg‘oq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi.

Umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi.

Yo‘llar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yerlardan tuman yoki shahar hokimining qaroriga binoan yuridik shaxslar va fuqarolarga engil imorat va inshootlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurishda vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida yer uchastkalari berilishi mumkin.

 

65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq

xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar

 

Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sug‘orish, zax qochirish va yo‘l tarmog‘i, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.

Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uy-joylar, madaniy-maishiy hamda ishlab chiqarish imoratlari qurishni shahar yoki tuman hokimi bilan kelishilgan holda amalga oshiradilar.

 

66-modda. Shaharlardagi

daraxtzorlar egallagan yerlar

 

Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi mikroiqlimni, atmosfera havosining holatini va sanitariya-gigiena sharoitlarini yaxshilashga, aholining madaniy-estetik ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol yeroziyasidan muhofaza qilishga mo‘ljallanadi. Ular tarkibidagi, daraxtzorlar egallamagan yer uchastkalaridan sport maydonchalari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi.

 

67-modda. Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa,

mudofaa hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar

 

Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarga tegishli vazifalarni bajarish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va fuqarolarga berilgan erlar kiradi.

Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan imorat va inshootlar ro‘yxati yer uchastkasi ajratish uchun talabnoma berish chog‘idagi boshlang‘ich ma’lumotlarda belgilanadi. Foydalanish davrida qo‘shimcha imoratlar va inshootlarni joylashtirish shahar yoki tuman hokimi ana shu ishlar xususida qo‘shimcha qaror qabul qilganidan keyin amalga oshiriladi.

 

68-modda. Qishloq aholi

punktlarining erlari

 

Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.

Qishloq aholi punktlarining yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari;

2) qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari.

Qishloq aholi punktlarining chegarasi tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan ularni rejalashtirish, qurish hamda ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va o‘zgartiriladi.

Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: ShKning VI bobi

 

Qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga ko‘ra o‘zlarida doimiy foydalanish uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy byudjetdan to‘lanadi.

 

8-BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA

VA BOShQA MAQSADLARGA MO‘LJALLANGAN yerLAR

 

69-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa

maqsadlarga mo‘ljallangan erlarning tarkibi

70-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa

yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar

va tashkilotlarga yer berish

 

69-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa

va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarning tarkibi

 

Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.

Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va truboprovod transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa ob’ektlaridan foydalanish, saqlash, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.

Qarang: HKning 27-moddasi, 58-moddasining to‘rtinchi qismi; "Temiryo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi; "Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi; "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi

 

Aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini hamda ularga tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televidenie va axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.

Qarang: "Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda) 19-moddasining to‘rtinchi qismi

 

Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari o‘tgan yerlarga tutash yerlarda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari o‘rnatiladi.

Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo‘l qo‘shinlarining harbiy qismlari, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi.

Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shuningdek o‘rmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi.

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

70-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa

yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish

 

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanish uchun yer berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: EKning 23, 24-moddalari

 

Sanoat, transport, aloqa va halq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘zlari foydalanmayotgan erlarni tuman va shahar hokimlarining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga beradilar.

 

9-BOB. TABIATNI MUQOFAZA QILISh, SOG‘LOMLAShTIRISh,

REKREATsIYa MAQSADLARIGA MO‘LJALLANGAN yerLAR

VA TARIXIY-MADANIY AHAMIYaTGA MOLIK yerLAR

(O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi bob)

(Oldingi tahririga qarang)

 

71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish,

rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi

72-modda. Tabiatni muhofaza qilish

maqsadlariga mo‘ljallangan erlar

73-modda. Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

75-modda. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar

 

71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish,

rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi

 

Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan erlardan iborat bo‘ladi.

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan yerlardan iborat bo‘ladi.

Erlarni tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlar jumlasiga kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

 

 

 

72-modda. Tabiatni muhofaza qilish

maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

 

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan erlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy ob’ektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan erlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

73-modda. Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

 

Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalariga ega bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yuridik shaxslarga foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalari muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.

Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

 

Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

75-modda. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar

 

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tegishli yuridik shaxslarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros ob’ektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Moddiy madaniy meros ob’ektining o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

10-BOB. O‘RMON FONDI, SUV FONDI

ERLARI VA ZAXIRA ERLAR

 

76-modda. O‘rmon fondi erlari

77-modda. Suv fondi yerlari

78-modda. Zaxira yerlar

 

76-modda. O‘rmon fondi yerlari

 

O‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi.

Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar o‘rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to‘xtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota o‘rmonzorlar va ko‘kalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda o‘rmon fondi yerlari tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.

Tuman hokimi o‘rmon xo‘jaligi davlat organlari bilan kelishib, o‘rmon fondi yerlarini qishloq xo‘jaligi yuritish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida berishi mumkin.

O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: "O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi

 

77-modda. Suv fondi erlari

 

Suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv ob’ektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.

Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va ro‘zg‘or suv ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirg‘og‘i bo‘ylab qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi mintaqalari ajratiladi.

Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirg‘oqbo‘yi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin.

Qarang: "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun 49-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 100-moddasi

 

Suv fondi yerlarida suv ob’ektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi.

Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

Qarang: VM 1992 yil 7 apreldagi 174-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek ichimlik suvi va maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida”gi Nizom

 

78-modda. Zaxira erlar

(O‘zR 30.08.2003 y. 535-II-son Qonuni tahriridagi modda),

(Oldingi tahririga qarang)

 

Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida ko‘rsatilgan er fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir.

Zaxira yerlar tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga mo‘ljallanadi.

Qarang: EKning 23, 24-moddalari

 

11-BOB. yerLARNI

MUHOFAZA QILISh

 

79-modda. yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi

80-modda. Ob’ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish,

loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar

81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar

bilan ifloslangan yerlardan foydalanish

82-modda. yerlardan oqilona foydalanishni va ularni

muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish

 

79-modda. yerlarni muhofaza

qilishning mazmuni va tartibi

 

Erlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan va tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qo‘yilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi. (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi qism)

Qarang: "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun

 

Erlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy hosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning zona va mintaqa xususiyatlarini e’tiborga olgan holda atroflicha yondashish asosida amalga oshiriladi.

Erlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash tarzida bo‘lishi hamda tuproqning saqlanishini, o‘simlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir o‘tkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak.

Erlarning muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:

hududni oqilona tashkil etadilar;

tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklaydilar va oshiradilar;

erlarni suv va shamol yeroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta sho‘r bosishdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, xarob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;

qishloq xo‘jalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi o‘tlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy-texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;

hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlaridagi tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan qayta tiklashning iloji bo‘lmasa, bu yerlarni konservatsiya qiladilar;

buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali xossalarini oshiradilar;

erlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirish chog‘ida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar.

Davlat organlari yerlarni muhofaza qilish yuzasidan respublika dasturi va hududiy dasturlar doirasida zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.

Hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: AV tomonidan 2000 yil 22 mayda 926-son bilan ro‘yxatga olingan, yerDQ tomonidan tasdiqlangan "Hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida”gi Nizom (hujjat rus tilida keltirilgan)

 

80-modda. Ob’ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish,

loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid

ekologik talablar

 

Ob’ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning X bo‘limi

 

Yangi hamda rekonstruktsiya qilinadigan ob’ektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yangi texnologiyalarni joriy etish chog‘ida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari nazarda tutiladi va amalga oshiriladi.

Erlarning holatiga ishga tushirilayotgan ob’ekt yoki joriy etilayotgan texnologiyaning salbiy ta’sirini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlarning samaradorligini baholash ekologiya ekspertizasi asosida o‘tkaziladi.

Erlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan ta’minlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmagan ob’ektlarni foydalanishga topshirish va bunday texnologiyalarni qo‘llash taqiqlanadi.

Erlarning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan ob’ektlarni joylashtirish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda yer tuzish, tabiatni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi.

 

Qarang: VM 1992 yil 27 maydagi 248-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

 

81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar

bilan ifloslangan erlardan foydalanish

 

Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslanish natijasida ekologiya va sanitariya-gigienaga oid belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot olish ta’minlanmayotgan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqarilishi lozim va konservatsiya qilish uchun ularni zaxira yerlar jumlasiga o‘tkazish mumkin. Bunday yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish va realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan erlardan foydalanish, muhofaza zonalari belgilash, bunday yerlarda uy-joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik ob’ektlarni saqlash, ularda melioratsiya va agrotexnika ishlarini o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

82-modda. yerlardan oqilona foydalanishni va

ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish

 

Erlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug‘oriladigan yerlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish;

Qarang: SK 282-moddasi ikkinchi qismining 23, 24-bandlari

 

erlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kamchiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;

erlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot etishtirishni rag‘batlantirish;

er egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat bo‘lgan taqdirda, respublika byudjetidan yoki mahalliy byudjetdan mablag‘lar ajratish, agrotexnika, o‘rmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar o‘tkazish;

er egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qisman qoplash;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.

Qarang: "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning VIII bo‘limi

 

Erlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 

12-BOB. yerLARDAN FOYDALANISh HAMDA

ULARNI MUHOFAZA QILISh USTIDAN NAZORAT

 

83-modda. yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish

ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari

84-modda. yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish

ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar

85-modda. yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish

ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi

 

83-modda. yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza

qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari

 

Erlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun hujjatlari talablariga rioya etishlarini ta’minlashdan iboratdir.

 

84-modda. yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza

qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar

 

Erlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari amalga oshiradilar.

 

Qarang: "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun 7-moddasining ikkinchi qismi, 24-moddasining ikkinchi qismi; OM 1996 yil 26 apreldagi 232-I-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risida"gi Nizomning 13-bandi; VM 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom 8-bandi "a” kichik bandining beshinchi xatboshi

 

Erlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni posyolka, qishloq va ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.

 

Qarang: "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda) 10-moddasi ikkinchi qismining ettinchi xatboshi, 11-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshi; 12-moddasi ikkinchi qismining o‘n ettinchi xatboshi

 

Tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat organlariga va posyolka, qishloq, ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashadilar.

 

85-modda. yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza

qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi

 

Erlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

erlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish, mazkur masalalar bo‘yicha barcha zarur hujjatlarni va materiallarni olish, tuproqning kadastr ma’lumotlariga mosligini aniqlash maqsadida tuproqni tekshirish;

er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar (yozma buyruqlar) berish;

aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha da’volar taqdim etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdimnomalar yuborish;

er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish, shu jumladan yerlarni ijaraga berish shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi, shuningdek yerlardan foydalanishni cheklash va to‘xtatib qo‘yishga doir materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda posyolka, qishloq va ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga taqdim etish;

erlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar olish, mazkur masalalar yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari va axborotlarini eshitish;

erlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish ishlarida qatnashish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish.

Erlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar:

er uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan erlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirishlari;

yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishlari;

erlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida ko‘rsatmalar berishlari shart.

Yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasidagi faoliyati bir yilda ko‘pi bilan bir marta tekshirilishi mumkin. Agar organ yerlardan oqilona foydalanmaslik va ularni muhofaza qilmaslik sabablarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan bo‘lsa, u belgilangan muddatda mazkur tadbirlarni tekshirishga haqlidir.

Erlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar o‘z faoliyatlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

 

Qarang: MJTKning 241-1-moddasi; "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonun; VM 2005 yil 16 fevraldagi 66-son Qarori bilan tasdiqlangan "Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

 

13-BOB. yer EGALARI, ERDAN FOYDALANUVChILAR,

ER UChASTKALARI IJARAChILARIGA VA MULKDORLARIGA

ETKAZILGAN ZARAR HAMDA QIShLOQ XO‘JALIGI VA

O‘RMON XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShI

NOBUDGARChILIKLARINING O‘RNINI QOPLASh

 

86-modda. yer egalari, yerdan foydalanuvchilar,

er uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga

etkazilgan zarar o‘rnini qoplash

87-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab

chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash

88-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab

chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash

tartibida tushadigan mablag‘lardan foydalanish

 

86-modda. yer egalari, yerdan foydalanuvchilar,

er uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga

etkazilgan zarar o‘rnini qoplash

 

Er egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga etkazilgan zararning o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda qoplanishi kerak:

erlar olib qo‘yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;

suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oqbo‘yi mintaqalari, suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros ob’ektlari, suv tashlamalari, yo‘llar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda; (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa ob’ektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.

Zararning o‘rni olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.

Qarang: VM 2006 yil 29 maydagi 97-son Qarori bilan tasdiqlangan "Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarori 6-bandining o‘ninchi xatboshi, 19-bandi

 

87-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi

ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash

 

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini, shu jumladan jismoniy shaxslar egaligidagi va foydalanishidagi qishloq xo‘jaligi yerlarini qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning huquqlari cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta’siri oqibatida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni ushbu Kodeksning 86-moddasida nazarda tutilgan zararlar o‘rnini qoplashdan tashqari qoplanadi.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagilar tomonidan qoplanadi:

qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilayotgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar;

erlarini qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari oborotidan chiqarib yoki u qadar qiymatga ega bo‘lmagan yerlar qatoriga o‘tkazgan holda ob’ektlari atrofiga muhofaza, sanitariya va ihota zonalari o‘rnatiladigan yuridik va jismoniy shaxslar.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagi hollarda qoplanmaydi:

er uchastkalari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi hamda uy-joyni obodonlashtirish uchun olib qo‘yilganda;

er uchastkalari maktablar, internatlar, bolalar uylari, maktabgacha tarbiya va davolash muassasalari qurish uchun olib qo‘yilganda;

er uchastkalari suv xo‘jaligiga meliorativ ob’ektlar va gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun er uchastkalari berilganda. (O‘zR 04.01.2011 y. O‘RQ-278-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi)

Qonunlarda yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan o‘zga hollar ham belgilanishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim bo‘lgan o‘rni miqdori va uni aniqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: VM 1992 yil 15 iyundagi 282-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarori 6-bandining o‘ninchi xatboshi, 19-bandi

 

88-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi

nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida

tushadigan mablag‘lardan foydalanish

 

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lardan quyidagi belgilangan maqsadga ko‘ra foydalaniladi:

yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruktsiya qilish;

tuproq unumdorligini oshirish;

kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish va ularning suv bilan ta’minlanish darajasini oshirish;

pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;

erlar olib qo‘yilishi va ajratilishi munosabati bilan buzilgan yer tuzish bo‘yicha loyiha va boshqa hujjatlarni tuzatish yoki tayyorlash.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.

O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olib boriladi hamda ulardan o‘rmonlar va o‘rmon-mevali daraxtzorlarni barpo etish va tiklash, qumli erlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek o‘rmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.

 

14-BOB. yer XUSUSIDAGI NIZOLARNI HAL ETISh

HAMDA yer TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI

BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

 

89-modda. yer xususidagi nizolarni hal etish

90-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini

buzganlik uchun javobgarlik

91-modda. O‘zboshimchalik bilan egallab

olingan yerlarni qaytarish

 

89-modda. yer xususidagi

nizolarni hal etish

 

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

Qarang: FPK, XPK

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarori

 

90-modda. yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini

buzganlik uchun javobgarlik

 

Er egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qo‘yish (er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan, kimoshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish bundan mustasno), er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar bo‘ladilar.

Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:

erlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

Qarang: MJTK 65-moddasining birinchi qismi

 

er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;

Qarang: MJTKning 60-moddasi; JKning 229-1-moddasi

 

qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqava suvlar bilan ifloslantirganlikda;

Qarang: MJTK 65-moddasining ikkinchi qismi; JKning 197-moddasi

 

erlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ob’ektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

Qarang: JKning 193-moddasi

 

erlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

Qarang: JKning 197-moddasi

 

vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

Qarang: MJTKning 67-moddasi

 

er egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yo‘q qilganlikda;

Qarang: MJTKning 69-moddasi

 

davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda;

Qarang: MJTKning 68-moddasi

 

o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rganlikda va chorva mollar boqqanlikda;

Qarang: MJTKning 77-moddasi

 

yovvoyi o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ko‘rmaganlikda;

Qarang: MJTKning 107-moddasi

 

erlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol yeroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;

Qarang: MJTK 65-moddasining birinchi qismi

 

er uchastkalari berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishning belgilangan muddatlari va tartibini buzganlikda.

Qarang: MJTKning 66-moddasi

 

91-modda. O‘zboshimchalik bilan

egallab olingan erlarni qaytarish

 

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

Er uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Shuningdek qarang: OS Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 3-son Qarorining 18-bandi

 

"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”,

1998 yil, 5-6-sonlar, 82-modda


 

Elektron ko'rinishda murojaat yo'llash


Diqqat!
Takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida eslatib o'tamiz, agar oldingi murojaatingizga javob xati yuborilmagan yoki muddati nizomda belgilangan kundan kechiktirilgan bo'lsa, bu haqda 0(362) 223-10-60 ishonch telefonlariga qo'ng'iroq qilib ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiramiz.
Undan tashqari murojaatingizning holatini onlayn ko'rish imkoniyatiga ham egasizViloyat hokimligi rasmiy sayti orqali yuborilgan murojaatlar holatini ko'rish uchun quyidagi sahifaga o'ting


Ruhsat etilgan: .jpg; .png; .doc; docx; .pdf; .zip; .rar;
Tekshiruv kodi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YAGONA QURILISH REGLAMENTI TIZIMINI SHAKLLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 34-son, 455-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng yerkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-son Farmonini bajarish yuzasidan, normativ-huquqiy bazani turkumlashtirish, qurilish jarayoni barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bir-birini takrorlashining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish va monitoringini olib borish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etilsin. 
Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin: 
O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentini bosqichma-bosqich shakllantirish va uni amalda qo‘llash natijalari monitoringini olib borish;
shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsatnomalar berish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Shaharsozlik kodeksiga muvofiq yer uchastkalari ajratish, shuningdek qurilishga ruxsatnoma berish tartibotlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilish tartibini, shuningdek shaharsozlik sohasidagi vakolatli organlarning faoliyati tashkil etilishini hamda qurilish jarayoni sub’ektlari o‘rtasidagi xo‘jalik-shartnoma munosabatlarining ahvolini batafsil va tanqidiy o‘rganib chiqish, keyinchalik ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; 
ob’ektlar qurilishi jarayonini texnik jihatdan tartibga solish doirasida joriy etiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni, ularni texnik standartlarning xalqaro tizimiga integratsiyalashni ta’minlagan holda, ishlab chiqish va yangilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
2. Ishchi guruh (Zakirov) 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tuzilmaga va tadbirlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti bosqichma-bosqich shakllantirilishini va yangilab borilishini, shu jumladan ob’ektlar qurilishiga majburiy normativ va texnik talablarni, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibi takomillashtirilishini, shuningdek vakolatli organlar va hamda qurilish jarayoni boshqa sub’ektlarining samarali o‘zaro hamkorligini ta’minlasin. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentining ruxsat berish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini turkumlashni nazarda tutuvchi birinchi qismi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
uch oy muddatda shaharsozlik sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir amaldagi normativ hujjatlarni o‘zining Internet tarmog‘idagi rasmiy saytiga joylashtirsin. 
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh., 
2013 yil 20 avgust,
229-son