Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish

"Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish ‎interaktiv-axborot" xizmati REGLAMENTI (222kb; PDF)
Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish‎ (245kb; doc)

Taqdim etiladigan ariza shakllari
 Ariza (40kb)

 Ariza muddatini uzaytirish (41kb; doc)
YIDXP orqali "Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash" xizmatidan foydalanish

Ulgurji savdo faoliyati litsenziyalash, litsenziyaga da’vogar yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tish joylarda, shahar (tumanlar) xokimiyatlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 noyabrdagi № 242-sonli « Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida (82kb) » qarori asosida amalga oshiriladi. 

Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:
  • a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi  hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
  • b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • v) eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida ustav fondi shakllantirilganligini tasdiєlovchi hujjatning, shu jumladan eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablag‘lari kiritilganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi;
  • g) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va boshqa ma’lumotlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali etkazib beriladi.

Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organ mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

Elektron ko'rinishda murojaat yo'llash


Diqqat!
Takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida eslatib o'tamiz, agar oldingi murojaatingizga javob xati yuborilmagan yoki muddati nizomda belgilangan kundan kechiktirilgan bo'lsa, bu haqda 0(362) 223-10-60 ishonch telefonlariga qo'ng'iroq qilib ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiramiz.
Undan tashqari murojaatingizning holatini onlayn ko'rish imkoniyatiga ham egasizViloyat hokimligi rasmiy sayti orqali yuborilgan murojaatlar holatini ko'rish uchun quyidagi sahifaga o'ting


Ruhsat etilgan: .jpg; .png; .doc; docx; .pdf; .zip; .rar;
Tekshiruv kodi