Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


 Xorazm viloyati Davlat Veterinariya xizmati to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish interaktiv-axborot xizmati reglamenti (478 kb)
 
Xorazm viloyati Davlat Veterinariya xizmati to‘g‘risida
ma’lumot.

Xorazm viloyati Davlat Veterinariya xizmati mutaxassislari hayvonlar va parrandalar o‘rtasida uchraydigan yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarning oldini olish, davolash hamda ularni bartaraf qilish, dehkon bozorlarida sotilayotgan chorvachilik va o‘simlik mahsulotlarining sifati ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, shuningdek viloyat hududini hayvonlar yuqumli kasalliklarining kirib kelishidan himoya qilish singari muhim va murakkab vazifalarni bajarib kelmoqdalar. 
Viloyat Davlat Veterinariya xizmati tarkibi tubandagilardan iborat:
  1. Viloyat Davlat Veterinariya inspektsiyasi-Viloyat Xokimligi tasarrufida bo‘lib, Xokimlik tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Uning tarkibida bitta bosh davlat veterinariya inspektori, bitta bosh mutaxassis, bitta haydovchi va 10 ta tuman, 2 ta shahar davlat veterinariya inspektorlari bor.
  2. Viloyat veterinariya boshqarmasi tarkibida:
    A) Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash guruhida 10 ta 
       mutaxassis.
    B) Markazlashgan hisobxonada 6 ta mutaxassis;
    V) Karantin qo‘riqlash bo‘linmasida 13 ta militsiya xodimi;
    G) Boshqarma veterinariya uchastkasida 3 ta mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
  3. Viloyatda 10 ta tuman, 2 ta shahar veterinariya bo‘limlari, 15 ta vetsanekspertiza laboratoriyalari, 136 ta veterinariya uchastkalari, 1 ta viloyat, 4 ta tuman veterinariya laboratoriyalari va 5 ta tuman diagnostik kabinetlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyat Davlat Veterinariya xizmatida jami 183 ta veterinariya tashkilotlari bo‘lib, ularda 668 ta mutaxassis va xizmatchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Shundan 248 nafari veterinariya vrachlari, 217 nafari veterinariya feldsherlari, 55 nafari veterinariya sanitarlari, 27 nafari laborantlar, 18 nafari buxgalteriya xodimlari va 103 nafari boshqa texnik xodimlardir.
Viloyat veterinariya xizmati mutaxassislari asosiy e’tiborni viloyat hududiga chetdan hayvonlar va parrandalarga xos bo‘lgan yuqumli kasalliklarni kirib kelishini oldini olish, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan himoya qilish, aholiga sifatli qishloq xo‘jalik maxsulotlarini etkazib berishga qaratmoqdalar.
Viloyatimizga qo‘shni bo‘lgan Turkmaniston davlati bilan chegara hududlarda bufer zonalar tashkil qilinib, ulardagi barcha hayvon va parrandalar birinchi navbatda o‘ta havfli yuqumli kasalliklarga qarshi  emlanmoqda.
Viloyatda epizootik holat barqarorligini ta’minlash uchun viloyatda mavjud barcha turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlari, parrandalar asalarilar, baliqlar va boshqa hayvonlarning turli yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish maqsadida 50 turdan iborat epizootik tadbirlar belgilangan bo‘lib, bu tadbirlarni o‘z muddatlarida bajarish choralari ko‘rilmokda.
 Viloyat davlat veterinariya boshqarmasining xududiy bo‘limlari tomonidan belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi natijasida hayvonlar va parrandalar o‘rtasida keyingi yillarda o‘ta havfli yuqumli kasalliklar aniqlanmadi.             
Joriy yilning shu davrigacha 254902 bosh YShM, 58915 bosh MShM, 6297 bosh eshak, 2099 bosh ot, 17 bosh tuya va 447 bosh cho‘chqalar kuydirgi kasalligiga qarshi,  21616 bosh YShM qorason kasalligiga, 41000 bosh YShM lar yaщur kasalligiga qarshi ehtiyojdan emlangan. Mayda shoxli mollarning  chechak emlamasi bilan 37900 bosh qo‘ylar profilaktik emlangan. Parrandalarning o‘lat "N” kasalligiga 1395121 bosh, "La-Sota” kasalligiga qarshi 1213790 bosh parrandalar emlangan.  Shuningdek 102598 bosh qoramol, 4483 bosh mayda shoxli mollardan olingan qon namunalari laboratoriyada qoraoqsoq kasalligiga diagnostik tekshirishdan o‘tkazildi.    
Viloyatda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan brutsellyoz, tuberkulyoz, kuydirgi, quturish, tsestodoz (exinokokkoz, tsenuroz, tsistitserkoz)  va boshqa o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarini oldini olish va qarshi kurashish chora-tadbir dasturlari ishlab chiqilib, mahalliy Xokimliklar tomonidan tasdiqlangan.
Viloyat xududiga chetdan Krim-Kongo gemorragik isitma kasalligining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish va  epizootik barqarorlikni saqlash maqsadida «Viloyat xududiga Krim-Kongo gemorragik isitma kasalligini chetdan kirib kelishi va aholi o‘rtasida kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi» ishlab chiqilib, viloyat Xokimligi tomonidan tasdiqlangan. Bu dasturda asosan Krim-Kongo gemorragik isitma kasalligining oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida suhbat, tushuntirish ishlari olib borish va chorva mollari o‘rtasida kana bilan zararlanish holatlarini aniqlash uchun doimiy monitoring olib borish, zarur hollarda kanalarga qarshi akaratsid preparatlar bilan ishlov berish, so‘yiladigan hayvonlarni veterinariya-sanitariya nazorati ostida so‘yilishi, so‘yishdan oldin klinik ko‘rikdan va so‘yilgandan keyin veterinariya ma’lumotnomasi bilan sotilishi ustidan nazorat qilish tadbirlari dasturga kiritilgan. 
Viloyatda dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat veterinariya xizmati tomonidan  bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan: aholi xonadonlaridagi 300517 bosh qoramollar va 173481 bosh mayda shoxli mollar;
  -qishloq xo‘jalik korxonalariga qarashli 6628 bosh qoramollar va 1742 bosh mayda shoxli mollar;
  -fermer xo‘jaliklariga qarashli 60958 bosh qoramollar va 36021 bosh mayda shoxli mollar, jami 368103 bosh qoramol va 211244 bosh mayda shoxli mollar kanalarga qarshi akaratsid preparatlari bilan ishlovdan o‘tkazilgan; 
Shuningdek, jami chorva mollari saqlanadigan 10338 ta molxonani, ya’ni 233669 m2 maydonlarini, mayda shoxli mollar saqlanadigan 1011 ta qo‘ra-qo‘tonlar, ya’ni 25250 m2 bo‘lgan maydonlarida profilaktik dezinsektsiya ishlari o‘tkazildi.
Hozirgi kunda viloyat veterinariya boshqarmasi va uning xududiy bo‘limlarida etarlicha insektoakaritsid preparatlaring zahirasi yaratilgan. 
Chetdan keltirilayotgan naslli mollarni karantinga qo‘yish joyi viloyat bo‘yicha bir joyda ya’ni, viloyat "Chorvanaslchilik” MChJ xududida tashkil qilingan bo‘lib, shu joyda naslli mollar keltirilgandan keyin 1 oy davomida barcha tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi "Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-1326-sonli qarori topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat davlat veterinariya  boshqarmasi tomonidan  viloyatdagi mavjud 16 ta dehqon bozorlarida faoliyat yuritayotgan 16 ta VSEL larni kapital ta’mirlash  va jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, ularning bajarilishi qattiq nazoratga olingan. 
Viloyatning barcha dehqon bozorlaridagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mahsulotlarning sifatini ekspress usulda tekshiradigan zamonaviy Mikon (istemol qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibidagi nitrit va nitrat miqdorini aniqlaydigan)  va Laktan (sut va sut mahsulotlarining sifatini) aniqlaydigan asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. Ushbu bozorlarga olib kelinayotgan qishloq xo‘jalik, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarining sifati ekspress usulda tekshirilib, ularga sifatini kafolatlovchi xujjatlar va sertifikatlar berilmoqda.

          Viloyat Davlat Veterinariya 
           boshqarmasi boshlig‘i:-                                                 J. Sapaev.