Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



 Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish interaktiv-axborot xizmati reglamenti (477kb)
 2014 yilda Urganch shahridagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlashga zarur bo‘lgan bitum mahsuloti to‘g‘risida ma’lumot (42kb)

Viloyatdagi Xususiy uy-joy mulkdorlri shirkatlarida amalga oshirilayotgan islohatlarning borishi va uy-joy fondini 2014-2015 yillarda kuz-qish davrida barqaror ishlashi to‘g‘risida 2014 yilning 24 iyun holatiga tezkor

MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar ko‘rsatishning aniq bozorini shakllantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 12 aprel 64-sonli qarorini bajarilishini ta’minlash maqsadida viloyatda xonadonlarning umumiy soni 250 tadan oshmaydigan 
1 tadan 5 tagacha uyga ega bo‘lgan jami 60 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ushbu shirkatlar mavjud 1141 ta uyning 753 tasiga texnik xizmat ko‘rsatmoqda, shu jumladan bitta uydan iborat 2 ta shirkat, 3 ta uydan iborat 4 ta shirkat, 4 ta uydan iborat 2 ta shirkat, 5 ta uydan iborat 5 ta shirkat, qolgan shirkatlar 6 tadan ko‘proq bo‘lgan uy-joylardan iborat. 
Shundan Urganch shahrida 52 ta shirkat 12 ta professional boshqaruv kompaniyasi, Pitnak shahrida 1 ta shirkat, Xiva tumanida 1 ta shirkat, Bog‘ot tumanida 1ta shirkat, Urganch tumanida 3 ta shirkat, Yangiariq tumanida 1 ta shirkat, Shovot  tumanida 1 ta shirkat mavjud.

Bugungi kunda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ijaraga olingan ish xonalari, zaruriy inventar va telefonlar, kerakli metodik normativ hujjatlar bilan ta’minlangan. 

Barcha shirkatlar O‘zbekiston Respublikasi "Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunning 10, 11, 12, 13 moddalariga asosan tashkil topgan, zaruriy ta’sis hujjatlariga, shuningdek er uchastkalaridan foydalanish haqidagi davlat aktiga ega.

Barcha shirkatlar banklarda hisob raqamlarini va depozit raqamlarini ochganlar. Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash xarajatlari 1 m2 umumiy maydonga o‘rtacha viloyat bo‘yicha 
171 so‘m 66 tiyin, shu jumladan Urganch shahrida 
181 so‘m 21 tiyindan to‘g‘ri kelmoqda.

Aholining majburiy badaldan debitorlik qarzdorligi 1338,1 mln.so‘mni (Urganch shahrida 1157,6 mln.so‘m) tashkil qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi Xorazm viloyat hokimligida o‘tkazilgan 58-sonli yig‘ilish bayonining 22-bandiga asosan shirkatlar uyushmasiga "O‘zvinsanoat-xolding” kompaniyasi tomonidan 1,5 mlrd so‘m homiylik mablag‘lari ajratilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ning 496,0 mln. so‘mi ajratilgan.
Shuningdek shirkatlarni qo‘llab quvvatlash, ularga homiylik qilish va kredit mablag‘lari ajratish maqsadida viloyatdagi 
12 ta tijorat banklari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUJMSh)ga berkitilgan bo‘lib, tijorat banklari tomonidan shirkatlarga 
358,9 mln. so‘m kredit ajratildi. 
2014 yilning yanvar-may oylarida aholidan nosozliklar to‘g‘risida og‘zaki va yozma ravishda 81 ta shikoyat xabarlari olindi. Shundan shirkatlarga taaluqli 40 ta bo‘lib, amalda 
36 tasi bartaraf qilindi. Qolgan 41 tasi "Tuyamuyin-Urganch” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasiga tegishli bo‘lib, shundan 35 tasida nosozliklar bartaraf qilindi. 
Shuningdek, Urganch shahridagi ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumidan betalofat o‘tkazish dasturiga asosan 4591,7 mln. so‘mlik ishlar rejalashtirilib, shundan shirkat mablag‘i hisobidan 1744,8 mln.so‘m, kredit mablag‘i hisobidan 1221,9 mln. so‘m va homiylar hisobidan 1624,9 mln.so‘m ajratilishi ko‘zda tutilib, bugungi kunda ta’mirlash ishlariga 141,6 mln. so‘mlik shirkat mablag‘i va 172,5 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari sarflandi.
2014 yilda Urganch shahridagi ko‘p xonadonli uylarni 
249 tasini tom qismini joriy ta’mirlash rejalashtirilib, ushbu uylarning 35 tasi, 40 ta uyning tom qismini mukammal ta’mirlash rejalashtirilib, 1 tasi, 231 ta uylarning sovuq suv quvurlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilib 63 tasi, 192 ta uyni kanalizatsiya quvurlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilib 55 tasi, 192 ta uyning issiq suv kuvurlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilib 43 tasi, 317 ta uyning isitish tizimi quvurlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilib 6 tasi, 334 ta kirish yo‘laklari joriy ta’mirlanishi mo‘ljallanib 39 tasi, 28 ta elektr taqsimlovchi shitlarning joriy ta’mirlanishi rejalashtirilib 1 tasi joriy ta’mirlandi, 428 ta kirish yo‘laklariga temir eshiklar o‘rnatilishi rejalashtirilib 10 tasi, 1713 ta kodli qulf o‘rnatish rejasidan 1 tasi o‘rnatildi. 
Bugungi kunda ko‘pchilik hududlarda jumladan, Yangibozor, Gurlan, Hazoraspda, Xonqa tumanlarida umuman yo‘q bo‘lsa, Urganch shahrida 13ta, Bog‘otda 1ta, Qo‘shko‘pirda 2 ta, Pitnak shahrida 
6 ta, Xivada 7 ta, Shovotda 1 tani tashkil qilish lozim bo‘lmoqda.
Mavjud bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkatlar tugatib yuborilganligi sababli xizmat ko‘rsatish darajasi past bo‘lmoqda.
Shahar va tumanlar hokimlariga viloyat hokimligining 
2014 yil 6 iyundagi 5-1519-sonli xat bilan joylarda qarovsiz qolgan uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkatlarni tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.