Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirishga qo‘yiladigan asosiy talablar va uning tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar


1.  Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilish tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan tashkil etiladigan xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 

2.  Qabul komissiyasi haftada ikki marta ya’ni,  seshanba va juma kunlari bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish masalasida fuqarolarni qabul qiladi. 

3.  Maktabgacha ta’lim muassasasiga yo‘llanma olish uchun ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
a) maktabgacha ta’lim muassasiga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berish to‘g‘risida ariza;


b) bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasining nusxasi;
v) bolaning otasi yoki onasining pasporti nusxasi;
g) turar joyidan shu manzilda ushbu oilaning yashashi haqida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ma’lumoti;
d) ota-onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) ish joyidan ma’lumotnoma (ishlamaydigan ota-onalar bundan mustasno)

Qabul komissiyasiga hujjatlar topshirilayotgan vaqtda ushbu bandning "b” va "v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning asli solishtirish uchun taqdim qilinadi va hujjatlar qabul qilingandan so‘ng egasiga qaytariladi. 

4.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2007 yil 25 oktyabrdagi 225–sonli Qaroriga muvofiq quyidagi bolalar: 
I va II guruh nogironlari;
ko‘p bolali oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar. 

5.  Maktabgacha ta’lim muassasiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) qabul komissiyasiga 3-bandda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni qo‘shimcha ravishda taqdim etadi: 
a) I va II guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
b) ko‘p farzandli oila ekanligi to‘g‘risida turar joyidagi fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan ma’lumotnoma;
v) talabalar uchun ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma;
g) homiylar to‘g‘risida – maktabgacha ta’lim muassasasining rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan homiylik yordami ko‘rsatilganligi haqidagi dalolatnoma;
d) pedagoglar – ish joyidan ma’lumotnoma. 

6.  Yo‘llanma olish uchun taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 10 kunlik muddat ichida ko‘rib chiqilib,  tegishli qaror qabul qilinadi va bu haqda 3 kunlik muddat ichida ariza beruvchilarga ma’lum qilinadi. 

 Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish interaktiv-axborot xizmati reglamenti (422 kb)

 Ariza shaklini yuklab olish (25kb)

Asos:  Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizom

"Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali"da bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha arizalarni qabul qilish