Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash

"Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazer disklari ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ularni ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish interaktiv-axborot" xizmati REGLAMENTI (224kb; PDF)
 Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash (250kb)
YIDXP orqali "Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazer disklari ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ularni ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish interaktiv-axborot" xizmatidan foydalanish

Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi № 498-sonli «Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida» qarori asosida amalaga oshiriladi.

Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

a) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasidagi hisob raqami - yuridik shaxs uchun;
faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va mazkur faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat;

b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;

v) ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Litsenziya talabgori tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:

a) gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish va yozish faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

b) gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ko‘paytirish faoliyatini amalga oshirish uchun:

litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan bino va xonalarga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;

yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud bino va xonalarning yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya va gigiena talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

v) gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni sotish faoliyatini amalga oshirish uchun:

litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan bino va xonalarga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;

yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud bino va xonalarning yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya va gigiena talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

kassa aparatining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat - gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni naqd pulga chakana sotishni mo‘ljallayotgan litsenziya talabgorlari uchun.

Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali etkazib beriladi.

Hujjatlar ishchi organning ma’sul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Elektron ko'rinishda murojaat yo'llash


Diqqat!
Takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida eslatib o'tamiz, agar oldingi murojaatingizga javob xati yuborilmagan yoki muddati nizomda belgilangan kundan kechiktirilgan bo'lsa, bu haqda 0(362) 223-10-60 ishonch telefonlariga qo'ng'iroq qilib ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiramiz.
Undan tashqari murojaatingizning holatini onlayn ko'rish imkoniyatiga ham egasizViloyat hokimligi rasmiy sayti orqali yuborilgan murojaatlar holatini ko'rish uchun quyidagi sahifaga o'ting


Ruhsat etilgan: .jpg; .png; .doc; docx; .pdf; .zip; .rar;
Tekshiruv kodi