Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash
"Avtomobil yonilg‘isi savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish interaktiv-axborot" xizmati REGLAMENTI (224kb; PDF)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi № 289 - sonli Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida qarori  (267kb; doc)
Taqdim etiladigan ariza shakllari
Ariza (30kb; doc)
YIDXP orqali "Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash" xizmatidan foydalanish
Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining komissiyalari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi № 289 - sonli «Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida» qarori asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori "O‘zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;

b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;

v) litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq keluvchi binolar, inshootlar, muhandislik kommuniktsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;

d) "O‘zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo‘limining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi holati, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning maxsus ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi xulosasi;

e) O‘zbekiston Respublikasi "Sanoatkontexnazorat" davlat inspektsiyasi bo‘linmasining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

j) yong‘in nazorati hududiy organlarining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining yong‘indan saqlash talablariga muvofiqlik to‘g‘risidagi xulosasi;

z) "O‘zstandart" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan beriladigan metrologik ta’minot to‘g‘risidagi xulosa;

i) O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bo‘linmasining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi.

Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan "O‘zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo‘limiga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali etkazib beriladi.

Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar "O‘zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo‘limining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Litsenziya berish yuzasidan hujjatlarning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Elektron ko'rinishda murojaat yo'llash


Diqqat!
Takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida eslatib o'tamiz, agar oldingi murojaatingizga javob xati yuborilmagan yoki muddati nizomda belgilangan kundan kechiktirilgan bo'lsa, bu haqda 0(362) 223-10-60 ishonch telefonlariga qo'ng'iroq qilib ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiramiz.
Undan tashqari murojaatingizning holatini onlayn ko'rish imkoniyatiga ham egasizViloyat hokimligi rasmiy sayti orqali yuborilgan murojaatlar holatini ko'rish uchun quyidagi sahifaga o'ting


Ruhsat etilgan: .jpg; .png; .doc; docx; .pdf; .zip; .rar;
Tekshiruv kodi