Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini berish tartibi

"Alkogolli mahsulotlar savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish interaktiv-axborot" xizmati REGLAMENTI (221kb; PDF)
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida (148kb; doc)
Taqdim etiladigan ariza shakllari
 

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini berish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining komissiyalari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 16 martdagi № 605-sonli «Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida» qarori asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar:

  • yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, u joylashgan joy (pochta manzili), bank muassasasi nomi va bankdagi hisob raqamining tartib raqami ko‘rsatilgan holda ruxsat guvohnomasi berilishi to‘g‘risida ariza;
  • yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • shaharlarda - eng kam oylik ish haqining kamida 100 baravari miqdorida va qishloq joylarda hamda chekka tog‘li tumanlarda - eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi. Ustav fondi pul mablag‘larida shakllantirilgan taqdirda tasdiqlovchi hujjat xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav fondi boshqa mol-mulk bilan shakllantirilgan taqdirda yuridik shaxs ushbu mol-mulkka egalik huquqi, uning qiymati va u ustav fondiga qo‘shilganligi haqidagi tasdiqnomani taqdim etadi;
  • yuridik shaxsda shaharlarda - alohida kiriladigan va kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda kamida 15 kvadrat metrli savdo zali maydoni bo‘lgan (faqat alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga mo‘ljallangan), chekka tog‘li tumanlarda - alohida savdo sektsiyasi bo‘lgan, alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga (shu jumladan, nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash shartlariga, moddiy boyliklar to‘liq darajada saqlanishi ta’minlanishiga) muvofiq bo‘lgan ombor binolari va asbob-uskunalari bo‘lgan o‘zining yoki ijaraga olingan turg‘un savdo shoxobchasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi. Yuridik shaxsda o‘z turg‘un savdo shoxobchasi mavjud bo‘lgan taqdirda ular tomonidan ushbu savdo shoxobchasiga huquqni belgilaydigan hujjat taqdim etiladi. Turg‘un savdo shoxobchasi ijaraga olingan taqdirda ijara shartnomasidan tashqari ushbu savdo shoxobchasining ijaraga oluvchiga tegishliligini tasdiqlaydigan huquqni belgilaydigan hujjatning nusxasi taqdim etiladi;
  • davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan yuridik shaxs tomonidan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun maxsus foydalaniladigan himoyalangan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi oldindan ro‘yxatga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Agar yuridik shaxs mazkur Nizomda belgilangan tartibda boshqa tovarlar bilan ham savdo qilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda davlat soliq xizmati organining boshqa tovarlar bilan savdo qilish uchun foydalaniladigan nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi taqdim etiladi;
  • chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan bank hujjatining nusxasi.

Yuridik shaxsdan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etish talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hujjatlar yuridik shaxs tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi ma’lum qilingan holda pochta aloqasi vositasi orqali etkazib beriladi.

Hujjatlar ishchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ularning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).

Qonun hujjatlarida belgilangan taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun yuridik shaxs - ariza beruvchi javob beradi.

Elektron ko'rinishda murojaat yo'llash


Diqqat!
Takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida eslatib o'tamiz, agar oldingi murojaatingizga javob xati yuborilmagan yoki muddati nizomda belgilangan kundan kechiktirilgan bo'lsa, bu haqda 0(362) 223-10-60 ishonch telefonlariga qo'ng'iroq qilib ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiramiz.
Undan tashqari murojaatingizning holatini onlayn ko'rish imkoniyatiga ham egasizViloyat hokimligi rasmiy sayti orqali yuborilgan murojaatlar holatini ko'rish uchun quyidagi sahifaga o'ting


Ruhsat etilgan: .jpg; .png; .doc; docx; .pdf; .zip; .rar;
Tekshiruv kodi