Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



IMPORT TOVARLARI BOJXONA TO‘LOVLARI STAVKALARI BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
06.11.2017

IMPORT TOVARLARI BOJXONA TO‘LOVLARI STAVKALARI BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Hammamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi "Valyuta siyosatini erkinlashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 2017-yil 5-sentabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tijorat banklaridan tashqi operatsiyalari uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida cheklanmagan miqdorda chet el valyutasini olishlari, yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan iste’mol tovarlari import qiluvchilari esa jismoniy shaxslar singari tijorat banklaridan chet el valyutasini olishlari mumkinligi belgilab qo‘yildi.

Albatta, bu qaror tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchilar uchun kutilgan qaror bo‘ldi. Valyutani ayriboshlash, tijorat banklaridan sotish va sotib olish, konvertatsiya jarayonlarining erkinlashtirilgani juda ko‘plab tadbirkorlarning bu boradagi muammolarini hal qildi.

Shuningdek, qaror bilan eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumini majburiy sotish bekor qilinganligi mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada oshirishga hizmat qiladi.

Qarorda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga iste’mol bozorining balanslashganligi yuzasidan tizimli monitoring va nazorat olib borish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga narx-navoning oshib ketishiga, ularning etishmasligiga yo‘l qo‘ymaslik, oziq-ovqat tovarlarining katta miqdorda importini amalga oshiruvchilar bilan ichki bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini barqarorligini ta’minlash maqsadida qo‘shma choralar qabul qilish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, chetdan keltiriladigan tovarlarning aksariyati chet el valyutasida sotib olinadi. Valyuta kursining oshishi oqibatida import tovarlarining tannarxi ham mos ravishda o‘sishi tabiiy. Import tovarlariga bojxona boji va aktsiz solig‘ini kamaytirish orqali bu muammoning oldi olish maqsadida yurtboshimizning navbatdagi qarorlari qabul qilindi.

Import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni horijdan kiritilayotgan xomashyo va materiallar bilan ta’minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish, aholining iste’mol talabini qanoatlantirish hamda ichki bozorda narxlar oshishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi "Tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbir to‘g‘risida”gi PQ-3303-sonli qarori qabul qilindi. Qarorning 1 va 2 ilovalariga asosan, 2017-yil 1-oktabrdan boshlab import boji va aktsiz solig‘i stavkalari tasdiqlandi.

Qarorda asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va ehtiyoj baland bo‘lgan xom-ashyo materiallari chetdan mamlakatimizga olib kirilganda bojxona boji to‘lashdan ozod etilgan.

Shuningdek, ko‘plab istemol tovarlari uchun ham import bojxona boji bekor qilindi. Jumladan, yangi yoki sovutilgan chorva hayvonlari go‘shti (Мясо крупного рогатого скота, свежее или охлажденное, ТИФ ТН товар позицияси 0201);

bir qator baliq mahsulotlari (рыба и ракообразные, моллюски и прочие водные беспозвоночные ТИФ ТН товар позицияси 0302-0308);

sut mahsulotlarining ayrim turlari (молоко, сливки, молочная сыворотка, ТИФ ТН товар позицияси 0401, 0404, 0405);

kartoshka (картофель свежий или охлажденный, ТИФ ТН товар позицияси 0701);

bug‘doy, javdar, arpa, makkajo‘xori, guruch, grechka (ТИФ ТН товар позицияси 1001-1008);

un mahsulotlarining ayrim turlari (ТИФ ТН товар позицияси 1102-1106);

ayrim yog‘ va moy mahsulotlari (жиры и масло из рыбы, масло соевое, масло арахисовое, масло оливковое, масло подсолнечное, ТИФ ТН товар позицияси 1504, 1507, 1508, 1509, 1514-1516);

shakar (сахар тросниковый или свекловичный, ТИФ ТН товар позицияси 1702);

dori vositalari va farmatsevtika mahsulotlari (лекарственные средства, фармацевтическая продукция, ТИФ ТН товар позицияси 3004, 3006) uchun avval belgilangan bojxona boji stavkalari bekor qilindi.

Qarorning ahamiyatli jihati shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bojxona boji va aktsiz solig‘i stavkalari keltirilgan ilgari qabul qilingan 17 ta qarorlari o‘z kuchini yo‘qotdi. Endilikda foydalanish uchun qulay va yagona qaror bo‘ldi.

 ?

Ikrom Matniyazov

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi

katta inspektori