Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



IMKONIYAT, IMTIYOZLAR VA ISTIQBOLLI LOYIHALARNING SAMARASI
13.04.2017

IMKONIYAT, IMTIYOZLAR VA ISTIQBOLLI LOYIHALARNING SAMARASI

7-8 aprel kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan Hududiy sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 600 dan ziyod korxona, kichik biznes vakillari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

An’anaviy tarzda tashkil etilgan Hududiy sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rildi. Viloyatimizning shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari, tadbirkorlar, sanoat, qurilish va boshqa tur mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar yarmarkada faol qatnashdilar.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi P.Bobojonov yurtimizda kichik biznes sub’ektlari vakillari, tadbirkorlarning o‘z tajribasi, mahoratini, iqtidorini ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va bularning natijasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida erishilayotgan yutuqlarga alohida to‘xtaldi. Ayni paytda zamonaviy yuqori texnologiyalar istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga joriy etilmoqda. Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, mavjud xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali tayyor mahsulotlar turini va ulushini ko‘paytirish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish jarayoni yanada jadallashmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir ko‘rilayotgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ham o‘z samarasini bermoqda.

Jumladan, mazkur yarmarkada qatnashgan Gurlan tumanidagi "Barhayot Tursunboy" xususiy korxonasi o‘ttiz turdan ziyod mebel mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

– Bu yil ham yarmarkaga yangi tur mebel mahsulotlarini tayyorlab keldik, -deydi korxona rahbari Qadamboy Matsafoyev. – Hozirgina tashkilotlar bilan 30 ga yaqin shartnomalar imzoladik.

Ha, Yangibozor tumanidagi 20,10,13,21-son maktablarning rahbarlari o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalariga mebel mahsulotlarini xarid qilib olish uchun shartnomalar tuzishdi.

– Yarmarkaga qo‘yilgan mahsulotlar turli, rang- barang va sifatli. Mana, hozirgina "Barhayot Tursunboy" xususiy korxonasi bilan shartnoma imzoladik. Chunki korxona tomonidan tayyorlanayotgan mebel mahsulotlari sifatli, - deydi Yangibozor tumanidagi 20-son maktab direktori Dilbar Ortiqova.

Shuningdek, yarmarkada "Megasfera" mas’uliyati cheklangan jamiyati, "Dovrug‘" xususiy firmasi, "Ostona mebel servis" xususiy korxonasi va boshqa ko‘plab mebelsozlar turar-joylar, xonalar, ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan mebel mahsulotlari bilan qatnashdilar.

Bu yil ham yarmarkadan tikuvchilik, to‘qimachilik mahsulotlari keng hajmda joy olib, tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.

Shixnazar Sotimov rahbarlik qilayotgan "Diana-Doniyorbek savdo invest" MChJ jamoasi ham o‘ttizga yaqin mahsuloti bilan tadbirda ishtirok etdi. Korxona rahbari yarmarka ishtirokchilarini qiziqtirayotgan har bir savoliga aniq javob berib, o‘z navbatida ulardan buyurtmalar ham qabul qildi.

Shuningdek, Yangiariq tumanidagi "Yangi Xorazm" MChJ chevarlari tomonidan tayyorlangan bolalar yotoq choyshablari to‘plamlari, kiyim-kechaklarga ham qiziqish katta bo‘ldi.

– Qishlog‘imiz chevarlari tomonidan tayyorlanayotgan liboslar eldoshlarimizga manzur bo‘lmoqda. Yarmarkada hamkasblar bilan ham o‘zaro tajriba almashdik, - deydi Feruza Bozorboeva.

Endilikda Xorazmda qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yarmarkaga qo‘yilgan qurilish mahsulotlari ham bundan yaqqol dalolat beradi. Masalan, "Xorazm yuksak taraqqiyot" MChJda qurilishlar uchun bo‘yoq materiallari ishlab chiqarilmoqda. O‘tgan yilning o‘zida korxona tomonidan 1 mlrd. so‘mdan ko‘p mahsulot sotildi. Jamoada 220 kishi mehnat qiladi.

– Bugun yarmarkada 50 dan ziyod shartnoma imzoladik. O‘z navbati bilan ularga mahsulotlarni etkazib beramiz, - deydi korxona rahbari Dildosh Yo‘ldoshev.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va uning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda iste’mol tovarlarini uzluksiz etkazib berish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilangan. Aholini kundalik iste’mol tovarlari bilan ta’minlashda zaminimizda etishtirilayotgan meva, sabzavot mahsulotlarini qayta tayyorlash bo‘yicha ham viloyatimizda istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Yangibozor tumanidagi Bo‘ston qishlog‘idan "Shuhrat sharbat" xususiy korxonasida meva, poliz mahsulotlari qayta ishlanib, murabbo, djem, tomat pastasi idishlarda qadoqlangan tarzda savdoga chiqarilmoqda. 2016 yilda korxonada 300 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. - Bu yil yana 7 ta tur mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

– Bugun 20 mln. so‘mdan ko‘p shartnomalar imzoladik. Bu esa jamoamizni yanada mas’uliyat bilan ishlashga undaydi. 10 gektar maydonda olma bog‘imiz bor, – deydi korxona rahbari Shuhrat Otaboev. – Shuningdek, fermer xo‘jaliklari bilan ham hamkorlikni yanada mustahkamlamoqdamiz. Chunki shirin-shakar turfa mevalarimizdan tayyorlayotgan mahsulotlarimiz aholiga manzur bo‘layotir. Tez kunlarda sharbat, pyure va tuzlamalarni tayyorlab, sotuvga chiqaramiz.

Shunisi quvonarliki jamoada mehnat qilayotgan 40 nafar ishchi asosan qishloq yoshlaridir. Ish o‘rinlarini yanada kengaytirish maqsadida rejalar belgilanmoqda.

Yarmarkada Respublikamizning qator viloyatlaridan ham ko‘plab korxonalarning vakillari, tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

Masalan, Mehriddin Anorboev Samarqand shahridagi "SAM-FERRE" xususiy korxonasida savdo-sotiq yo‘nalishi bo‘yicha menejer bo‘lib faoliyat yuritadi.

– Bugungi yarmarkada biz ham bir qancha turdagi maishiy texnikalarimiz bilan qatnashayapmiz. Olib kelgan mahsulotlarimizga qiziqish katta. Shu tufayli ham muzlatkichlar, gaz plitalarini sotish bo‘yicha bir qancha tashkilotlar bilan shartnomalar imzoladik, – deydi Mehriddin Anorboev.

Ha, ikki kun davom etgan Hududiy sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 40 mlrd. so‘mlik mahsulot sotib olish hamda eksport qilish uchun shartnomalar tuzildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari, huquqshunoslar tomonidan tadbir ishtirokchilarining savollariga malakali javoblar berildi. Ikki kun davom etgan ushbu tadbir o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi vazifalarni rejalashtirish va amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etdi.

«Xorazm haqiqati» gazetasi,

2017 yil 12 aprel, №29