Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


2016 yil - Sog‘lom ona va bola yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-son qarori (46 kb; doc)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan davlat dasturi (519 kb; doc)
Xorazm viloyati hokimining 2016 yil 13 fevraldagi  "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ""Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-son qarori" ni tasdiqlash haqidagi 40-sonli qarori (329 kb; doc)
Xorazm viloyati hokimining 2015 yil 14 dekabrdagi  "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ""Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2015 yil 10 dekabrdagi F-4577-son farmoyishi" ni tasdiqlash haqidagi 288-sonli qarori (329 kb; doc)

Xorazm viloyati bo‘yicha "Sog‘lom ona va bola yili” viloyat dasturi

chora-tadbirlarining ijrosini ta’minlash borasida 2016 yilning

Yanvar - Oktyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOTNOMA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi 2016 yil 9 fevraldagiPQ-2487-son qaroriga asosan viloyat hokimining 2016 yil 13 fevral 40q-son qarori qabul qilinib, "Sog‘lom ona va bola yili viloyat dasturi ishlab chiqildi va viloyat hokimining 2016 yil 26 fevral 60q-son qarori bilan tasdiqlandi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 fevraldagi 26 sonli (EDO- 14/1-88 19.02.2016y.) majlis bayoni qarori ijrosi asosida viloyat komissiyasining 2016 yil 2 martda (Bayoni 83 sonli № 6-608 02.03.2016y.) yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Mazkur bayoni bilan "Sog‘lom ona va bola yili” viloyat dasturi bo‘limlari ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan viloyat komissiyasi a’zolari, joylarda dasturning chora-tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida viloyat komissiyasi a’zolari, mas’ul idora va boshqarmalar rahbarlari tumanlar va Urganch shahriga biriktirildi, viloyat dasturi bajarilishini tahlil etish, muvofiqlashtirish va uning natijalarini Respublika komissiyasiga taqdim etish maqsadida viloyat xokimligi huzurida Monitoring guruhi, dasturning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish tartibi va muddati hamda "Monitoring guruhiga hisobotlarni taqdim etish shakli” tasdiqlandi.

 

Viloyat dasturi 11 bo‘lim 78 banddan iborat bo‘lib, dastur chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash uchun – 486,019 mlrd. so‘m va ekvivalentda – 9,179 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Shundan:

- Byudjet va Davlat maqsadli

jamg‘armalari mablag‘lari - 159,667 mlrd. so‘m;

- Bajaruvchilar va homiylar

mablag‘lari - 101,249 mlrd. so‘m;

- Tijorat banklari kreditlari - 225,103 mlrd. so‘m;

- XMI va grantlar mablag‘lari - 9,179 mln. AQSh.doll.

2016 yil Yanvar-Oktyabr oylarida - 481,101 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanib, dasturning yillik parametri – 99,0 foizga bajarildi.

 

Shundan:

- Byudjet va byudjetdan tashqari

jamg‘armalar mablag‘lari - 138,255 mlrd. so‘m; (86,6%)

- Bajaruvchilar va homiylar

mablag‘lari - 101,009 mlrd. so‘m; (99,8%)

- Tijorat banklari kreditlari -241,231 mlrd. so‘m; (107,2%)

- XMI va grantlar mablag‘lari - 605,2 mln. so‘m. va

 

7,511 mln. AQSh.doll. (81,8%)

I-bo‘lim "Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilganqonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish”

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Sabirov I. viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i)

Ijrosi bo‘yicha yil davomida O‘zbekiston Respublikasining 4 ta qonuni loyihasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 1 ta qarori loyihasiga takliflar kiritib borish belgilangan bo‘lib, amalda 2016 yil
Yanvar-Oktyabr oylarida -
O‘zbekiston Respublikasining 4 ta qonuni loyihasiga 8 ta takliflar berildi.

II-bo‘lim "Olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish”

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Davletov T. Viloyatni kompleks rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i)

Ijrosi bo‘yicha yillik reja - 194,022 mlrd.so‘m va 3,300 mln. AQSh dollari belgilangan bo‘lib, amalda2016 yil Yanvar-Oktyabroylarida – 200,360 mlrd.so‘m (103,0%) va 3,300 mln. AQSh dollari (100,0%)miqdorida mablag‘ sarflandi.

III.-bo‘lim "Tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va kishlok vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko‘paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Tangriberdiev K.. viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i)

 

Ijrosi bo‘yicha yillik reja – 28,946 mlrd.so‘m va 3,711 mln. AQSh dollari belgilangan bo‘lib, amalda2016 yil Yanvar-Oktyabroylarida – 35,030 mlrd.so‘m (121,0%) va 1,998 mln. AQSh dollari (53,8%) miqdorida mablag‘ sarflandi.

IV-bo‘lim "Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiena, homilador ayollarning sog‘lig‘ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaxshilanishini ta’minlash”.

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Tangriberdiev K.. viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i)

Ijrosi bo‘yicha yillik reja – 222,6 mln.so‘m va 191,5 ming AQSh dollari belgilangan bo‘lib, amalda2016 yil Yanvar-Oktyabroylarida - 201,7 mln.so‘m (90,6%) va 141,5 ming AQSh dollari (73,9%) miqdorida mablag‘ sarflandi.

V-bo‘lim "Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, yangi sport ob’ektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan ta’minlash”.

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Xo‘janiyozova Sh. viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari)

 

Ijrosi bo‘yicha yillik reja - 9755,0 mlrd.so‘m va 88,9 ming AQSh dollari belgilangan bo‘lib, amalda2016 yil Yanvar-Oktyabroylarida – 11,881 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanib – 121,0 foizga bajarildi.

 

VI-bo‘lim "Mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni, xususan, o‘zaro xurmat-ehtirom, er-xotin o‘rtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin o‘rtasida, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida mehr-oqibat ruhini yaratish

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Abdukarimova S. viloyat hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi)

Ijrosi bo‘yicha yillik reja – 543,2 mln.so‘m belgilangan bo‘lib, amalda 2016 yil Yanvar-Oktyabr oylarida – 744,2 mln.so‘m mablag‘ sarflanib – 137,0 foizga bajarildi.

 

VII bo‘lim "Qiz bolalarni - bo‘lajak onalarni - jismonan sog‘lom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga etkazish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta ta’lim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularning hayotda munosib o‘rinni egallashlarida, kelajakda sog‘lom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblanmish mustahkam hayotiy nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish”.

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Abdukarimova S. viloyat hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi)

Ijrosi bo‘yicha yillik reja – 77,901 mlrd.so‘m belgilangan bo‘lib, amalda 2016 yil Yanvar-Oktyabr oylarida – 104,481 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanib – 134,1 foizga bajarildi.

VIII bo‘lim "Sog‘lom bolani voyaga etkazishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini yanada rivojlantirish, boshlang‘ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlab, ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish tadbirlarini amalga oshirish”.

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Xudoynazarov E. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i)

Ijrosi bo‘yicha yillik reja – 45,077 mlrd.so‘m va 1,887 mln. AQSh dollari belgilangan bo‘lib, amalda2016 yil Yanvar-Oktyabroylarida - 44,126 mlrd.so‘m (97,9%) va 2,071 mln. AQSh dollari (109,8%) mablag‘ sarflandi.

 

IX bo‘lim "Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, avvalo qizlarni ishga joylashtirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun iste’mol kreditlari ajratish chora-tadbirlarini ta’minlash”.

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Zaitov A. Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i)

 

Ijrosi bo‘yicha yillik reja – 28,461 mlrd.so‘m belgilangan bo‘lib, amalda 2016 yil Yanvar-Oktyabroylarida - 23,530 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanib - 82,5 foizga bajarildi.

X bo‘lim "Dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar birlashmalari, faxriylar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan keksa avlod vakillarini keng jalb etish”.

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Rajabov O. "Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi rahbari v.b.)

Ijrosi bo‘yicha yillik reja – 101,015 mlrd.so‘m belgilangan bo‘lib, amalda 2016 yil Yanvar-Oktyabroylarida - 60,674 mlrd.so‘mmablag‘ sarflanib - 60,1 foizga bajarildi.

XI bo‘lim "Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot vositalarining va Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda "Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish”

(Amalga oshirilishi bo‘yicha – Mas’ul: Bekchanova D.. "viloyati Matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i)

Ijrosi bo‘yicha yillik reja – 76,0 mln.so‘m belgilangan bo‘lib, amalda 2016 yil Yanvar-Oktyabroylarida - 82,6 mln.so‘m mablag‘ sarflanib - 108,7 foizga bajarildi.

 


Sog‘lom ona va bola – mamlakatimiz tayanchi

Prezidentimiz Islom Karimovning taklifi bilan 2016 yil mamlakatimizda Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilindi

 

"Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Davlatimiz rahbarining 1994 yil 2 may kuni O‘zbekistonning birinchi davlat mukofoti – "Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida aytgan ushbu teran ma’noli so‘zlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni ma’naviy va jismoniy tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishda asosiy yo‘nalishni belgilab berdi.



Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat ijtimoiy siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. O‘tgan yillar davomida millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, aholining turmush farovonligini va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish maqsadida sog‘lom avlod tug‘ilishi va uning tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, izchil ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 1998 yil Oila yili, 2000 yil Sog‘lom avlod yili, 2001 yil Ona va bola yili, 2008 yil Yoshlar yili, 2012 yil Mustahkam oila yili, 2014 yil Sog‘lom bola yili, deb e’lon qilingani hamda shu munosabat bilan tegishli davlat dasturlarining bajarilgani bu boradagi ezgu ishlarga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Buning samarasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Sog‘lom ona – sog‘lom bola” kontseptsiyasi xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Ushbu kontseptsiyaning izchil amalga oshirilayotgani tufayli keyingi besh yilda mamlakatimizda har 100 ming chaqaloqqa nisbatan onalar o‘limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o‘limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishdi.

O‘zbekistonda Sog‘lom ona va bola yili, deb e’lon qilingan joriy yilda ham bu boradagi izchil ishlar davom ettirilib, yanada kengaytiriladi.

2016 yil 9 fevralda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan "Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Unda «Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, kuchli, barqaror va farovon davlat negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish Davlat dasturida belgilangan muhim yo‘nalishlardan biridir.

Xususan, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini tayyorlash ishlari boshlandi. Jinoyat kodeksiga farzandi uch yoshga to‘lmagan ayollarga (bola tarbiyasi uchun ta’tilga chiqishidan qat’i nazar) nisbatan jinoyat qonunchiligini yanada erkinlashtirish, ularni axloq tuzatish ishlari qo‘llanilmaydigan shaxslar toifasiga kiritishga qaratilgan tuzatishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Muruvvat uylari, boshqa davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan nogiron bolalarga kunduzi qarash markazlari (guruhlari)ni tashkil etish ko‘zda tutilgan qarorini qabul qilish rejalashtirilmoqda.

2016 yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda, xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

O‘zbekistonning olis qishloqlarida 194 maishiy xizmat ko‘rsatish namunaviy kompleksini tashkil etish dasturini tasdiqlash, ularning tarkibiga "Go‘zallik salonlari”, modalar atelesi, maishiy elektr texnikasi, poyabzal ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatish shoxobchalarini kiritish, ushbu maqsadlar uchun bank kreditlari hamda er uchastkalari ajratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish mo‘ljallanmoqda. Olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq hududlarida yashayotgan kam ta’minlangan oilalar bekalariga maishiy elektr texnikalarini bepul taqdim etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga kattalar va bolalar kiyimlari beriladi.

Davlat dasturida mamlakatimiz qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida 13 mingta uy-joy barpo etish, uzunligi 296,3 kilometrlik elektr va 307,5 kilometr gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, qishloq joylarda 1,3 ming kilometrdan ortiq, jumladan, zamonaviy qishloq massivlarida 300,5 kilometrlik ichimlik suvi tarmog‘ini barpo etish hisobidan aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari davom ettiriladi.

Joriy yilda tibbiyot muassasalari, xususan, perinatal va skrining markazlarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarini ko‘paytirish, akusher-ginekologlar va pediatrlar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Bu borada 280 o‘rinli, bir smenada 250 kishini qabul qilish va yilda 1500 operatsiya o‘tkazishga mo‘ljallangan hamda zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan 4-darajali bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi barpo etish alohida ahamiyatga egadir. Bu, o‘z navbatida, onalar va bolalarga yuqori texnologiyali malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, chaqaloqlik davridan 18 yoshga to‘lguniga qadar bolalarga kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, urologiya, nefrologiya, onkologiya va boshqa ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash, bolalar o‘limi va nogironligini kamaytirish imkonini beradi.

Qishloq joylarda zamonaviy tibbiyot uskunalaridan foydalangan holda birinchi tibbiy-sanitariya yordami, nogiron bolalarga reabilitatsiya xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilash, bolalar nogironligi ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida uch viloyatdagi (Samarqand, Guliston, Urganch shaharlari) bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash rejalashtirilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini rekonstruktsiya qilish va jihozlash, 38 tuman tibbiyot birlashmasining bo‘limlari va tug‘ruq majmualarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash, 11 oilaviy poliklinika hamda 244 qishloq vrachlik punktini kapital va joriy ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkaziladi. Bundan tashqari, Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazining 100 o‘ringa mo‘ljallangan davolash-tashxis qo‘yish korpusini qurish va jihozlash, Xorazm viloyatidagi bolalar silga qarshi sanatoriyasini rekonstruktsiya qilish hamda kapital ta’mirlash rejalashtirilmoqda.

Xotin-qizlarning hayot darajasi va sifatini yaxshilash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatishni kengaytirish maqsadida kompleks tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun Toshkent shahrida 4-darajali Ayollar salomatlik markazini tashkil etish loyihasi tayyorlanmoqda. Ushbu markaz eng ilg‘or tashxis qo‘yish va davolash uskunalari bilan jihozlanadi, uning qoshida zamonaviy maslahat poliklinikasi va operatsiya bloki tashkil etiladi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilda bolalar va homilador ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari, jumladan, Respublika perinatal markazi, viloyat perinatal markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallari, 13 viloyat bolalar ko‘p tarmoqli markazlari, shahar va tuman davolash-profilaktika muassasalari, shuningdek, ularning bolalar va homilador ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlari moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda 2016-2018 yillarda markazning qo‘shimcha 11 hududiy filiali, Alohida ehtiyojli bolalarning ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi.

Homilador ayollar va chaqaloqlarni perinatal va neonatal skriningdan o‘tkazish orqali ularda tug‘ma hamda irsiy kasalliklarni erta aniqlash, homilador ayollarni birlamchi sog‘liqni saqlash tizimi bo‘g‘inida ommaviy perinatal ultratovushli skriningdan o‘tkazish, 13 skrining markazini ko‘p funktsiyali zamonaviy raqamli ultratovush tizimi bilan jihozlash Davlat dasturida belgilangan muhim vazifalar sirasiga kiradi. Bularning barchasi bolalarning tug‘ma va irsiy kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish, bolalar nogironligi va o‘limini kamaytirish imkonini beradi.

"Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida turmush qurayotgan yoshlarning nikohdan oldin to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash uchun tibbiyot xodimlari mas’uliyatini yanada kuchaytirish, shu asosda tug‘ma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish, poliklinikalarni zamonaviy tashxis qo‘yish uskunalari bilan jihozlash, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida mustahkam oila qurish va sog‘lom farzand tug‘ilishi uchun nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning muhimligini tushuntirish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sanitariya va gigiena, homilador ayollar sog‘lig‘ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarishlashni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasini boyitish chora-tadbirlari ham amalga oshiriladi.

To‘g‘ri ovqatlanish va dietologiya sohasida yagona ilmiy hamda amaliy siyosatni zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Respublika dietologiya ilmiy-amaliy markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlar, ayniqsa, qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, yangi sport ob’ektlari qurish va mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskuna va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali murabbiylar bilan ta’minlash "Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan muhim vazifalardir.

Bu borada umumta’lim maktablari uchun qo‘shimcha 1,7 mingdan ziyod sport zali, jumladan, 2016 yilda barcha maktablarda sport klublari, jamoalari va sport turlari bo‘yicha maktab ligalarini tashkil etish hisobga olingan holda, 217 zal barpo etish, har bir tumanda zarur uskunalar bilan jihozlangan kamida bittadan bolalar-o‘smirlar sport maktabi (225 ta), xususan, 2016 yilda 15 shunday maktab qurish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, viloyat markazlarida sportning 4 yo‘nalishi bo‘yicha 56 ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi, chunonchi, joriy yilda 5 maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, suzish havzalari tarmog‘ini yana shunday kengaytirish hisobidan 11 suv havzasi quriladi, ularning umumiy soni 290 taga yetkaziladi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun muzeylar, botanika bog‘lari, hayvonot bog‘lari, madaniyat va istirohat bog‘lariga ekskursiya uyushtirish, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va iqtidorli bolalar uchun "Biz – mustaqillik farzandlarimiz” shiori ostida tarixiy shaharlarimizga sayohatlar tashkil qilish yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usini yuksaltirish, ularning jonajon o‘lkamiz tarixi, madaniyati va me’moriy yodgorliklari bo‘yicha bilimini boyitishga yordam beradi.

Bo‘lajak onalar – qizlarni jismonan sog‘lom va intellektual salohiyatli yetib tarbiyalash, ularning akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan, qizlarda mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ishlari izchil davom ettiriladi. Bu ularning hayotda munosib o‘rin topishi, sog‘lom va mustahkam oila barpo etishiga xizmat qiladi.

Har bir kollejda mehnat huquqi va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy jihatlari bo‘yicha o‘quv kurslari, o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ayrim kollejlar bazasida "Biznes-klublar” tashkil etiladi. Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, oilaviy biznesni rivojlantirish uchun "Mening biznes g‘oyam” va "Yosh tadbirkor – mamlakat tayanchi” mavzularida hududiy hamda respublika tanlovlarini o‘tkazish, yosh oilalar, tadbirkor ayollarga, jumladan, kollejni bitirayotgan qizlarga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.

Jismonan sog‘lom va ma’nan etuk avlodni tarbiyalash, yoshlar, ayniqsa, qizlarning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish ham muhim yo‘nalish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, Buxoro va Urganch shaharlaridagi Yoshlar markazlarini, Toshkent viloyatidagi "Kamolot” yoshlar oromgohi va yosh oilalar uchun dam olish maskani, Toshkent shahridagi "Kamolot” yoshlar bog‘ini rekonstruktsiya qilish hamda jihozlash rejalashtirilmoqda.

"Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida sog‘lom bolani shakllantirishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini yanada kengaytirish, boshlang‘ich ta’lim sifatini tubdan oshirish hisobidan bolalarni maktabga tayyorlash darajasini yuksaltirish, ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish vazifasi belgilangan.

Bu borada 286 maktabgacha ta’lim muassasasini kapital ta’mirlash va jihozlash, o‘yin maydonlari tashkil etish, ayniqsa, viloyat markazlari va shaharlardagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish rejalashtirilmoqda. 2016 yilda 28 yangi umumta’lim maktabi qurish, 234 maktabni rekonstruktsiya qilish va 105 tasini kapital ta’mirlash, ularni yangi o‘quv mebeli, kompyuter sinflari, o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash ishlari boshlanadi. 1,6 mingdan ziyod maktab kompyuterlar, jumladan, interfaol elektron doskalar bilan jihozlanadi. 13 akademik litsey va 107 kasb-hunar kollejini rekonstruktsiya qilish hamda kapital ta’mirlash, ularni zarur ishlab chiqarish va boshqa uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

Davlat dasturida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, avvalo, qizlarni ish bilan ta’minlash, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga intilayotgan yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun iste’mol kreditlari ajratish ishlarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

2015-2016 o‘quv yilida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari, tashkilot va korxonalar, shuningdek, ta’lim muassasalari ma’muriyatlari va tegishli hududdagi hokimliklar o‘rtasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash to‘g‘risida to‘rt tomonlama shartnomalar tuzishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalardan bo‘lgan kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, Davlat dasturiga dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda joylardagi hokimliklar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obro‘ qozongan keksa avlod vakillarini keng jalb etish masalasi ham kiritilgan.

Muxtasar aytganda, «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturini amalga oshirish uchun 7 trillion 483,3 milliard so‘m va 194,4 million dollar yo‘naltiriladi. Bu boradagi ishlar va yangi tashabbuslarni amalga oshirishni izchil davom ettirish, shubhasiz, mamlakatimizda shakllangan onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

 

Manba: O‘zA