Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



IIB XABARLARI
25.02.2017

IIB XABARLARI

O‘tkazilgan "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurash" tezkor – profilaktik tadbiri davomida Xorazm viloyati bo‘yicha narkotik moddalar bilan bog‘liq 10 dan ortiq jinoyatlar fosh etildi. Jinoyatlarni sodir qilgan shaxslardan 3 kg dan ortiq har xil turdagi giyohvand moddalari daliliy ashyo sifatida olindi.

Shuningdek, olib borilgan maqsadli tezkor tadbirlar davomida, viloyatimiz hududiga katta miqdordagi narkotik moddalarini olib kelib sotish bilan shug‘ullanayotgan 3 nafar fuqarolar aniqlanib qo‘lga olindi.

 

Bundan tashqari, "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurash" tezkor – profilaktik tadbirini samarali o‘tkazish maqsadida viloyat hududida mavjud barcha oliy va o‘rta maxsus kasb xunar kollejlari xamda maktab va litseylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Sh.Niyazmetov,

Xorazm viloyat IIB xodimi.

 

 

* * *

 

Prezidentimiz tomonidan 2017-yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilinidi. Joylarda ijtimoiy-ma’naviy muxtini sog‘lomlashtirish, xildagi jinoyatchiliklarning oldini olish, aholi xonadonlaridagi muammolarni o‘rganish va bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan xolatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim muassasalarida va mahalla fuqarolar yig‘inlarida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan Qo‘shko‘pir tuman xokimligi, tuman prokuraturasi va tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

2017-yilning 18-fevral kuni shunday uchrashuvlardan biri tumanning Xonobod qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Unda, jumladan, shu mahallada yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan, muqaddam jinoyat sodir qilganligi uchun sudlangan fuqaroni qayta jinoyat sodir qilish yo‘liga kirib o‘g‘irlik, ya’ni o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatni sodir qilganligi uchun uning ota-onasi va yaqinlari, mahallasi o‘rtasida tanqidiy muhokama qilindi.

O‘tkazilgan uchrashuvda tuman xokimi, prokurori va Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishtirok etdilar.

R.Bobajanov

Xorazm viloyat IIB xodimi