Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA MAHALLANING O‘RNI
04.11.2017

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA MAHALLANING O‘RNI

Xorazm viloyatidagi 497 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Xorazm viloyat kengashi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil qilingan mazkur tadbirlarda mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari,profilaktika inspektorlari,ta’lim muassasalarining ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari rahbarlari,bandlik bo‘yicha mutaxassislar,”Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a’zolari ishtirok etdi.

– O‘quv seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarda qonunga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda mahallaning bevosita ishtiroki va o‘rnini yanada kuchaytirishga qaratilgan,– deydi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Bog‘ot tuman kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Ro‘zmatov. –Dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar, qizg‘in fikr almushuvlarga boy tarzda o‘tgan mazkur seminarlarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan profilaktika inspektorlari, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar mexanizmi bo‘yicha keng tushuntirish hamda tavsiyalar berildi.Shuningdek, ilg‘or tajribalarga asoslangan holda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yaxshilash chora-tadbirlari belgilandi.

O‘quv seminarlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni tizimli o‘rganish, yoshlar tarbiyasi va ularni mafkuraviy tahdidlardan himoyalashda mahallalarning ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Yarashtirish komissiyalari ishini jonlantirish, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha mahallalardagi «Maslahat markazi» ishini samarali tashkil etish, «Ota-onalar universiteti» faoliyatini jonlantirish masalalari ham diqqat markazda bo‘ldi.

— Mazkur seminar orqali kelgusi ish faoliyatimizda nimalarga e’tibor qaratishimiz lozimligini belgilab oldik, — deydi Urganch shahridagi "Ma’rifatchilar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Aminboy Hajiyev. — Bundan buyon notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, mavjud muammolarni hal etish uchun ularga «Qaynonalar kengashi», yarashtirish, xotin-qizlar bilan ishlash,ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyalari, "Nuroniylar jamoatchilik kengashi” kabi jamoatchilik tuzilmalari biriktiriladi. Shuningdek,mahallada huquqbuzarliklarni oldini olish,jinoyatchilikka qarshi kurashni samarali tashkil etishda «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbariga ham alohida vazifalar belgilandi.

— Seminarning fuqarolar yig‘inlari faollarining profilaktika inspektorlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishi biz uchun juda foydali bo‘ldi, — deydi Hazorasp tumanidagi "Shovot” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan profilaktika inspektori,kapitan Temur Jumaniyozov. — Voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, jazodan ozod etilgan shaxslar bilan ishlash, ularni ishga joylashtirish,tashqi mehnat migratsiyasi kabi yo‘nalishlarda mahalladagi jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘yish masalalariga aniqlik kiritilib,kelgusi vazifalarni belgilab oldik.

Mahallalarda o‘tkazilgan mazkur o‘quv seminarlar nafaqat dolzarbligi, balki keng qamrovliligi bilan ham ahamiyatlidir. Unda mahalla tizimidagi hech bir yo‘nalish e’tibordan chetda qolmagan. O‘quv seminarlarda bildirilgan fikr-mulohazalar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari ish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar,mahallani huquqbuzarliklardan holi,ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lgan hududga aylantirishga,ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatdan yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri