Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



HUDUD IQTISODIY YUKSALISHIDA YANGI BOSQICH
25.04.2017

HUDUD IQTISODIY YUKSALISHIDA YANGI BOSQICH

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotni yuksaltirish barobarida aholi bandligini ta’minlash va uning daromadlari manbai, xalqimiz farovonligining muhim omiliga aylandi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlash, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 17-martdagi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, korxonalarning xorijiy hamkorlar topishiga ko‘maklashish va eksport faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur hujjatga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan hamda farmatsevtika, elektrotexnika (kabel mahsulotlaridan tashqari), qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar mol-mulk, er solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod etilgan.

Xorazm viloyatida 2017-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 11 ming 156 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan 700 mingdan ortiq aholining 82,3 foizi kichik biznes sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Viloyatda oziq-ovqat, engil sanoat va boshqa yo‘nalishlarda 19 yirik sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan 2016-yili 1 trillion 416,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu yirik korxonalarda 11 mingdan ortiq aholi mehnat qilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida hududiy eksportyor korxonalar tomonidan 5 million dollarga yaqin qiymatdagi sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, eksport qilingan jami mahsulotlarning 315 ming tonnasi temir yo‘l transporti orqali tashilgan. Davlatimiz rahbarining mazkur qaroriga muvofiq, "O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan eksportyor korxonalar mahsulotlarini davlat chegarasigacha amaldagi ichki tariflar miqdoridagi haq evaziga etkazib berilishi belgilangan. Ko‘rinib turibdiki, ushbu preferentsiya ham eksportyor korxonalarning logistika xarajatlari keskin kamayishi va natijada mahalliy mahsulotlarning tashqi bozordagi tannarxi qisqarishi hamda raqobatbardoshligining oshishiga turtki bo‘ladi. Ushbu imtiyozdan to‘laqonli foydalangan xolda eksportyor korxonalar tomonidan kelgusida eksportga chiqariladigan mahsulotlarning 70-80 foizi temir yo‘l transporti orqali amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Viloyatda farmatsevtika sanoati bo‘yicha 8 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularda 10 dan ortiq turdagi dorivor o‘simliklarni qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. Viloyatda 25 xil dorivor o‘simliklarni etishtirish plantatsiyalari tashkil etish, shuningdek, eksportbop tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 2017-2018-yillarda jami 81 milliard so‘mlikdan ortiq investitsiyalar kiritilishi hisobiga 29 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Misol uchun, kelgusi yili Bog‘ot tumanida "Xorazm super medikal” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 300 million so‘mlik investitsiya kiritish hisobidan yiliga 6 million dona yod, zelenka, valerianka kabi, Xiva tumanida tashkil etiladigan "Kordon xumo" xususiy korxonasida 1,7 milliard so‘mlik investitsiya evaziga sintetik dori vositalari (amoksitsillin, ampitsillin, azitromitsin, tsefpodoksim, xloramfenikol, doksitsiklin, eritromitsin) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Bugungi kunda viloyatda pishgan g‘isht, eshik-rom, ohak, temir beton mahsulotlari, temir darvoza va panjaralar, bruschatka, quruq qurilish aralashmalari (shpatlevka, megameks, gips), profnastil va metall listlar, lok va bo‘yoq mahsulotlari, tom yopish materiallari, noruda materiallari va boshqa turdagi qurilish sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 375 korxona faoliyat yuritmoqda. Bu sohada ham kelgusi ikki yilda yana 260 loyiha amalga oshirilishi va 2 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish belgilangan.

Bugun turmushimizni muzlatgich, sovutgich, changyutgich, televizor, mikroto‘lqinli pech kabi uy-ro‘zg‘or buyumlarisiz tasavvur qilish qiyin. Mamlakatimizda ana shunday xalq iste’moli tovarlari keng miqyosda ishlab chiqarilmoqda. Sifatli va qulay bunday mahsulotlar barchaga manzur bo‘lmoqda. Viloyatda "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg‘asi bilan ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika vositalari jahon bozorida xaridorgir. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahalliy xomashyodan tayyorlangan, yangi dizayndagi texnika vositalari import o‘rnini to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozir ushbu yo‘nalishda 10 dan ortiq korxona faoliyat yuritayotir. Ular tomonidan muzlatgich, transformator, suv filtrlari, LED lampa, savdo muzlatgichi kabi 15 dan ortiq turdagi mahsulotlar savdoga chiqarilmoqda. 2017-2018-yillarda 25 milliard 400 million so‘mlik investitsiya mablag‘lari hisobidan 19 loyihani amalga oshirish, 300 dan ziyod yangi ish o‘rni tashkil etish belgilangan.

Prezidentimizning mazkur qarori bilan hududdagi yirik korxonalarga turli imtiyoz va preferentsiyalar berildi. Jumladan, yirik korxonalar eksportdan oladigan valyuta tushumi to‘liq korxona ixtiyorida qoldiriladi. Korxonalar o‘z ehtiyojiga qarab, zarur mahsulot yoki ishlab chiqarish texnologiyasini xorijiy valyutada sotib olishi mumkin, bu mablag‘ va vaqtning tejalishiga olib keladi.

Muxtasar aytganda, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitining yaxshilanayotgani tufayli Xorazm viloyatida ham ishlab chiqarilayotgan zamonaviy, yuqori quvvatli va raqobatbardosh mahsulotlarga jahon bozorida talab ortmoqda. Bu eksport hajmining oshishi va xalqimiz farovonligi yanada yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Maxsudbek Sapaev,

Xorazm viloyati hokimining

birinchi o‘rinbosari

Manba: O‘zA