Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Hisobot-saylov konferensiya tanqidiy-tahliliy ruhda bo‘lib o‘tdi
27.10.2018

Bugun Urganchda Xorazm viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda delegatlar, hamkor tashkilotlar mutasaddilari, huquq-tartibot organlari, OAV vakillari ishtirok etdilar. Xorazm viloyat hokimi v.v.b. F.Ermanov konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilab, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida to‘xtaldi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Qurbanbaeva qo‘mitaning o‘tgan davrdagi faoliyati to‘g‘risida hisobot berar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatni yangi bosqichga ko‘targanligini e’tirof qildi. Bugungi kunda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ushbu tarixiy hujjat asosida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, og‘ir sharoitga tushib qolgan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muhofazasini kuchaytirish, jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy ajrimlarga barham berish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida ko‘plab xotin-qizlarning hayot sifati yaxshilanmoqda. Biroq, hali bu borada kutilgan samaraga erishlmagan. Davlat rahbari qo‘mitaga bergan imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayapti, zimmaga yuklatilgan vazifalar to‘liq bajarilmayapti. -Og‘ir sharoitda yashayotgan ayollar soni butkul kamayib, jinoyatchilikka, oilaviy ajrimlarga barham berilmas ekan, o‘z faoliyatimizdan qoniqishga haqqimiz yo‘q,-dedi viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi. Konferensiyada shuningdek, nazorat-taftish komissiyasining ham hisoboti tinglandi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan konferensiyada viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining kelgusi besh yilda amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar Strategiyasi qabul qilindi. Konferensiya ishida Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G. Marufova ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.