Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



"HAZORASP” ERKIN IQTISODIY ZONASIDA SAYYOR QABUL
04.10.2017

"HAZORASP” ERKIN IQTISODIY ZONASIDA SAYYOR QABUL

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi ""Urgut”, "G‘ijduvon”, "Qo‘qon” va "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4931-son Farmoni hududlarda sanoatni rivojlantirish yo‘lida yana bir tarixiy qadam bo‘ldi. Mazkur erkin iqtisodiy zonalarda bojxona va soliq to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar investorlar xamda xorijlik sarmoyadorlar uchun qulay biznes muhitini yaratadi. Bu o‘z navbatida xorijlik investorlar uchun birinchi navbatda o‘zi kiritgan sarmoyasini belgilangan muddatlarda qoplash va sof foyda olishi, shu bilan birga mamlkatimizning ishlab chiqarish salohiyatini ortishi, tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishning ko‘payishi hamda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning muhim omilidir.

O‘z navbatida erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida texnologik uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni olib kirishda taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari to‘g‘ri qo‘llanilishi, ularni tez fursatlarda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish va rasmiylashtirilishi bojxona organlariga yuklatilgan muhim vazifalardir.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatida bojxona sohasiga oid masalalarni tezkor hal qilish to‘g‘risida tegishli choralar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi sansolarlikka yo‘l qo‘ymasdan, tezkorlik bilan belgilangan tartibda amalga oshirish uchun viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan mas’ul xodimlar biriktirilgan.

Xorazm viloyati Hazorasp tumani Pitnak qishlog‘i, Obod mahallasida "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi bo‘lib ro‘yxatga olingan "PITNAK PANEL” MChJ QKda viloyat bojxona boshqarmasining mutaxassislari bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishildi hamda qiziqtirayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

- Bizning qo‘shma korxonamiz "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi hisoblanib, sendvich panellar va engil metall konstruktsiyalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. — deydi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "PITNAK PANEL” qo‘shma korxonasi rahbari A.Qurbonov. – korxonamiz "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonasi qatnashchisi sifatida ro‘yxatga olingandan buyon Xitoy davlatidan qiymati 550,0 ming AQSh dollari miqdorda texnologiyalar, xom-ashyo va butlovchi qismlar olib kelingan bo‘lib, ushbu tovarlarga 631 mln. so‘mdan ortiq miqdorda bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llanildi. Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan texnologiyalar va butlovchi qismlarni tez fursatlarda bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida, tovarlar o‘z omborlarimizda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilib, bojxona rasmiylashtiruvi tez muddatlarda amalga oshirildi. Bugungi kunda qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda va tez kunlarda, ya’ni 2017-yil oktyabr oyida mahsulot ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallanmoqda.

Muxtasar qilib aytganda, "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududda ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, pirovardida aholini barqaror daromad manbai bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Bu esa milliy iqtisodiyotimizning barqaror taraqqiyotini, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlashga munosib hissa bo‘lib qo‘shadi.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi

katta inspektori I.Matniyozov