Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



HAVO SHARIDA UCHISH AKTSIYASI TASHKIL ETILDI
24.05.2018

Xorazm viloyati 4-sektori, viloyat davlat soliq boshqarmasining tashabbusi bilan viloyat hokimligi,turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat bo‘lmi, yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda Xiva shahar va tuman yoshlari uchun havo sharida uchish aktsiyasi hamda Ichan qal’aga sayohat tashkil etildi. 

Unda Xiva shahar va tuman maktab o‘quvchilari, bolalar shaharchasi taribiyalanuvlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda kam ta’minlangan oilalarning farzandlari ishtirok etdilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda asosiy e’tibor kelajak avlodning ma’naviy kamolotini yanada yuksaltirishga, ularda tarixiy obidalarimiz, o‘tmishdagi boy madaniy meroslarimiz, qadriyatlarimizga bo‘lgan xurmatini yanada oshirishga hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitishga qaratildi. 

O‘quvchi yoshlar Xivaning tarixiy obidalari, minora, madrasa va muqaddas qadamjolarni, ochiq osmon ostidagi muzeyni havo shari orqali tomosha qildilar. 

-         Men Ichan qal’ani yuqoridan birinchi tomosha qilishim. Havo sharida uchish menga zavq bag‘ishladi. Tengdoshlarim bilan qadimiy shahrimizni balandlikda tomosha qildik. Barcha tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, - deydi Xiva shahar bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchisi Shahnoza Niyazmetova  

O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi mutaxassislari Toshkentdan olib kelgan chiroyli havo sharida dastlabki to‘rt ishtirokchi yoshlar parvoz qildi. Ularning sog‘-salomat Ota darvoza oldiga qo‘nganini ko‘rgan yoshlar orasida cheksiz zavq bag‘ishladi. Turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur havo shari mahalliy va xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

-         Mazkur havo shari Xivaga yaqinda o‘rnatildi, - deydi Aeronovtika federatsiyasining Xorazm viloyati filiali direktori Ilxom Setmatov.  Asosiy maqsadimiz ichki turizmni rivojlantirish, tarixiy shaharlarda sayyohlarga zamoan talablari asosida xizmat ko‘rsatishdan iborat. Bugungi hayriya aktsiyasida bolalarga havo sharida uchish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Ularga Toshkent va Samarqand shahridan kelgan malakali mutaxassislarimiz xizmat ko‘rsatishdi. Bolajonlarning ko‘zlarida quvonch bizga ham zavq bag‘ishladi. Havo sharida sayohat qilishga nafaqat yoshlarda, balki Xivaga tashrif buyurgan barcha sayyohlar va mahalliy mehmonlarimizda ham qiziqish tobora ortib bormoqda.  

Xorazm viloyati 4-sektori tashabbusi bilan Xivalik yoshlar uchun tashkil etilgan mazkur xayriya tadbiri yozgi dam olish oyida yana davom ettiriladi.


Dilrabo KURYAZOVA