Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



HAR ISHDA FAOLLIK, TASHABBUSKORLIK–FAOLIYAT ASOSIDIR
27.07.2017

Fidoying bo‘lgaymiz seni,O‘zbekiston!

HAR ISHDA FAOLLIK, TASHABBUSKORLIK–FAOLIYAT ASOSIDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil 27-iyunda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘risida»gi qarori asosida yurtimizda eng ulug‘, eng aziz bayramga har tomonlama hozirlik ko‘rilmoqda.

Shahar va qishloqlarda, mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida, aholi istiqomat joylarida «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda targ‘ibot, tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlarda yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘layotgan insonlar, olimlar, huquqshunoslar, adabiyot, san’at, madaniyat namoyandalari qatnashib, mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaralari, ulkan bunyodkorliklar, yaratuvchiliklarni alohida qayd etmoqdalar.

Eldoshlarimiz bunday uchrashuvlar davomida mana shunday tinch, farovon mamlakatda istiqomat qilayotganliklariga shukronalar aytmoqdalar. 2017-yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da Davlat dasturi izchil bajarilmoqda.

Mazkur qarorda xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan tamoyil asosida joylarda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan xalq bilan ochiq va samarali muloqot olib borish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi, buning natijasida fuqarolarning ko‘plab murojaat va muammolari qonuniy hal etilayotganiga alohida e’tibor qaratish ta’kidlanadi.

Ayni paytda viloyatimizda mahalliy hokimliklar, boshqarmalar, tashkilotlarning rahbarlari, xalqdeputatlari viloyat, shahar, tuman kengashlarining deputatlari bevosita joylarda bo‘lib, aholi keng qatlami bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni o‘tkazmoqda.

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati markazi tomonidan viloyatimizning shahar va tumanlarida tashkil etilgan sayyor qabullarda 800 dan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ularda qator vazirliklar, qo‘mitalar, huquqni muhofaza qilish organlarining rahbarlari ishtirok etib, turli yo‘nalishdagi murojaatlarga joyida zudlik bilan javob berib, uzoq yillardan beri echimini kutayotgan muammolar hal etildi.

Ayniqsa, bu jarayonlarda viloyatimiz xotin-qizlari tomonidan ham kelib tushgan murojaatlar, taklif va istaklar ham nihoyatda diqqat-e’tibor bilanqarab chiqilmoqda. Jumladan, ana shunday sayyor qabul jarayonida viloyatimizdan 50 nafar imkoniyati cheklangan nogiron xotin-qizlarga eng zamonaviy tikuvchilik mashinalari bepul berildi. Endilikda ular bu mashinalar bilan mahsulotlar tayyorlamoqdalar va bundan o‘zlari ham mamnun bo‘lishmoqda.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning o‘z iqtidorini barcha sohalarda keng namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning safi kengaymoqda. Ayni paytda 8 mingdan ziyod xotin-qiz tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etib, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etib, istiqbolli loyihalar asosida faoliyat yuritmoqdalar.

Viloyat «Tadbirkor ayol» uyushmasi bilan hamkorlikda tadbirkorlarning bilim, malakasini tajribasini oshirish maqsadida seminar-treninglar, ilmiy-amaliy seminarlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Xorazmlik ishbilarmon ayollar Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlarda faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallashmoqda. Masalan, «Tashabbus-2017» tanlovining Respublika bosqichida Yangibozor tumanidagi «Dostonbek» fermer xo‘jaligining rahbari A.Xolmuratova «Eng yaxshi fermer» yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Bunday misollarni yana keltirish mumkin.

Aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlash kundalik diqqat-e’tiborda qolmoqda. Bu borada xotin-qizlar qo‘mitasi mehnat boshqarmasi va uning bo‘limlari joylarda bo‘lib, bu borada ahvolni o‘rganishmoqda. Ayollarning qaysi kasbda ishlash xohishini o‘rganishayapti. Ana shu asosda ular ishga joylashib, yaxshi natijalarga erishilyapti.

Bugungi kunda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda ko‘plab yangi ish o‘rinlari barpo etilmoqda. Bu esa xotin-qizlarning chetga chiqib emas, o‘zimizning shahar, qishloqlarimizda turli sohalarda mehnat qilmoqdalar.

Xotin-qizlarning ish jarayonida unumli mehnat qilishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, ularning dam olish soatlarini mazmunli o‘tishi uchun ham imkoniyatlar mavjud. Ayollarning salomatligini mustahkamlash maqsadida ularqz vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, sanatoriy-profilaktoriylarda sog‘liklarini ham tiklamoqdalar.

"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi shahar va tuman Xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan har oyda bandma-band bajarilishi bo‘yicha viloyat xotin-qizlar qo‘mitasida alohida ishchi guruhlar tomonidan doimiy monitoring tizimi o‘rnatilgan va nazoratga olingan.

Davlat dasturi xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan bandlari bajarildi. Barcha ma’lumotlar umumlashtirib, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga o‘z muddatida berilib borilayapti.

Xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish, hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashish maqsadida "2017 yilda xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini taminlashga ko‘maklashish, uy mehnati shakllarini kengaytirish, qishloq ayollarining hayot darajasini yaxshilashga qaratilgan dasturishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanmoqda.

Shu yilning o‘tgan oylarida bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan 2876 nafar ayollarning bandligi ta’minlandi. Shundan 540 nafari band qilib qo‘yilgan (kvota) ish o‘rinlariga, 355 nafari qayta kasbga o‘qitishga yuborildi.

Kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligi ta’minlanganligi taxlil etildi. 2017 yilda 86 ta kasb-hunar kollejlarini 26405 nafar o‘quvchi yoshlar bitkazdilar, ularning 13062 nafari qiz bolalarni tashkil etadi. 11205 nafari (42.4%) ish bilan ta’minlandi, shundan 5138 nafar (39.3%) qiz bolalarni tashkil qiladi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bitiruvchilarga jami 9.3 mlrd.so‘m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 827 ta ish o‘rinlari yaratildi. Shundan 435 nafar o‘g‘il bolalarga 6.2 mlrd.so‘m, 382 nafar qiz bolalarga 3.1 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi, jamoat va nodavlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi asosida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, reproduktiv salomatlik, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari borasida muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. "Qarindoshlar o‘rtasida oila qurish”, "Erta nikohning salbiy oqibatlari” mazmun mohiyatini ota-onalarga va o‘smir yoshlarga tushintirilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi qizlarni oilaga tayyorlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda reproduktiv salomatligini shakllantirish maqsadida oliyo‘quv yurtlarida hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida valiologiya, oila psixologiyasi, tibbiy bilim asoslari, oilashunoslik, estetika fanlari o‘quv dasturlariga kiritilgan. Qizlarni oilaga tayyorlash bo‘yicha "Mohir qo‘llar” tagaraklari faoliyat yuritmoqda.

Viloyatda ayollar tadbirkorligi va oilaviy tadbirkorlikni har tamonlama rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish maqsadida "Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli” ko‘rik tanlovining hududiy bosqichlari joriy yilning iyun oyida o‘tkazildi. Ushbu tanlovning mahallalar kesimidagi bosqichida 496 ta mahalla fuqarolar yig‘ini 1683 nafar tadbirkor ayol ishtirok etishdi. Tanlovning tuman bosqichi iyul oyida o‘tkaziladi. Unda tadbirkor ayollar "Ishlab chiqarish sohasida mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli", "Servis sohasida mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli”, "Qishloq xo‘jaligi sohasida mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli"nominatsiyasi bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

Kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilgan "Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi - 2017 yil” tanlovida 5660 nafar bitiruvchi qiz ishtirok etdi.

Shunisi quvonarliki, keyingi yillarda viloyatimiz xotin-qizlarining sportdagi ishtiroki kun sayin kuchayib bormoqda. Jumladan, yaqinda viloyat xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan "Sog‘lom ayol – sog‘lom avlod” shiori ostida velotur sport musobaqasida 1000 dan ziyod ayol ishtirok etdi.

Veloturda faol ishtirok etgan ayollar 5 nominatsiya bo‘yicha: "Eng yoshi ulug‘ poygachi”, "Eng mahoratli poygachi”, "G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun”, "Eng yosh poygachi”, "Eng faol ayol poygachi” naminatsiyasi bo‘yicha viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan diplom, kitob hamda homiylar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarda tibbiy madaniyatni shakllantirish, orastalik, ozodalikka o‘rgatishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida har haftada tarbiyaviy soatlarda tibbiy bilimlar berilmoqda. Bundan tashqari biologiya, tabiatshunoslik, "Odobnoma” kabi darslardagi mavzularga tibbiy madaniyatni shakllanishiga oid mavzular singdirib o‘rgatiladi. Bu yo‘nalishda ayniqsa, maktablarda tashkil qilingan "Orasta qizlar” to‘garaklarining ahamiyati katta bo‘lmoqda. Tozalikning, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishning inson hayotidagi ahamiyati juda katta ekanligi, zararli odatlardan saqlanish inson umrining uzayishiga sababchi omillar ekanligi to‘g‘risida doimiy tushuntirish olib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tuman va shahar xotin-qizlar qo‘mitalarining odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari to‘g‘risidagi xujjatlarini, o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarining bayonnomalari yuzasidan muntazam ravishda tizimli monitoring olib borilmoqda. 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan ish rejalar ijrosi nazorat qilinib tahlil etilmoqda.

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika Reabilitatsiya markazi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. 2017 yilning 6 oyi davomida 3 nafar ayol odam savdosidan jabrlanuvchi sifatida ro‘yxatga olindi. Joriy yilda viloyatdan Respublika Reabilitatsiyasi Markaziga yuborilgan jabrlanuvchilar soni 19 nafar bo‘lib, shundan 7 nafari ayollarni tashkil qiladi.

Uzoqmuddatga chetda bo‘lib qaytgan xotin-qizlar "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalariga” keng jalb etib kelinmoqda. Viloyatda xotin-qizlar o‘rtasida jami uzoq muddatga xorijiy davlatlarga chiqib ketgan ayollar 7154 nafarni tashkil qiladi. Uzoq muddatga chiqib ketgan 5822 nafar xotin-qizning oilalari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Uzoq muddat xorijda bo‘lib qaytib kelgan xotin-qizlar 3636 nafarni tashkil qiladi. Shundan 1849 nafariga psixologik yordam ko‘rsatildi, 1399 nafariga tibbiy yordam, 401 nafariga huquqiy yordam, 540 nafariga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. 2248 nafari ishga joylashtirildi. 288 nafariga o‘quv kurslari va kasb-hunarga o‘rgatildi.

Shuningdek joylardagi Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan uzoq muddatga chetda bo‘lib qaytgan va deportatsiya qilingan xotin-qizlar qayta kasbga o‘qitilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi» mavzusidagi anjumanda so‘zlagan ma’ruzasini xotin-qizlar qo‘mitalari va uning boshlang‘ich tashkilotlarida qunt bilan o‘rganilmoqda. Mazkur ma’ruzada Prezidentimiz xotin-qizlar qo‘mitalari oldida turgan vazifalarni ham aniq ko‘rsatib berdilar. Ayniqsa, undagi «Keyingi yillarda xalqimiz o‘rtasida keng tarqalgan «O‘z uyingni o‘zing asra!» degan da’vatga bugun «O‘z bolangni o‘zing asra!» deb qo‘shimcha kiritish vaqti keldi», degan so‘zlariga biz amaliy ishlarimiz bilan javob berib, joylarda yoshlar bilan targ‘ibot ishlarini olib borishni yuksak darajada tashkil etishni eng muhim vazifalarimizdan, deb hisoblaymiz.

Shuningdek, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakilligi xodimlari, otin oyilar, imom xatiblar bilan g‘am hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilmoqdamiz. Ayniqsa, joylardagi uchrashuvlarda doimo ogoh, ziyrak va hushyor bo‘lish bugunning talabi ekanini qayd etmoqdamiz.

Bugungi kunda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida Mustaqilligimizning yigirma olti yillik bayramini, O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini katta ko‘tarinkilik bilan kutib olish uchun tayyorgarlik ishlari kun sayin qizimoqda.

Xorazmlik xotin-qizlar yanadag‘ayrat-shijoat bilan faoliyat yuritib, istiqbolli loyihalarni hayotga tadbiq etib, yutuqlarni qo‘lga kiritib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shaveradilar.

S.Abdikarimova,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zosi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.