Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



HAMMASI UCHUN USTOZLARIMDAN MINNATDORMAN
02.03.2017

8-mart xalqaro xotin – qizlar kuni

 

Rahimova Shirinoy Bahrom qizi:

HAMMASI UCHUN USTOZLARIMDAN MINNATDORMAN

Rahimova Shirinoy Bahrom qizi Respublika Prezidentining farmoniga ko‘ra 2015 - yilda Zulfiya mukofotiga sazovor bo‘lgan.

- Bularning hammasiga ustozlarim tufayli erishganman, - deydi biz bilan suhbatda Shirinoy. – Ayniqsa hammamizning sevikli ayajonimiz, maktabimiz direktori, O‘zbekiston Qahramoni Anora opa Mahmudovadan minnatdorman.

Darhaqiqat Shirinoyning sportning karate bilan shug‘ullana boshlashiga Anora opa sabab bo‘lgan.

- Birinchi sinfda edik. Jismoniy tarbiya darsi ketayotgan zalga Anora ayamiz chiroyli, oppoq kiyimlar kiyib olgan besh – oltita sportchilarni boshlab kelganlar. Sportchilar bizga turli karate mashqlarini namoyish qildilar. Men eng avvalo ularning oppoq kiyimlariga mahliyo bo‘lganman, - deydi Shirinoy.

- Kim mana shu aka-opalaringizday baquvvat, chiroqli bo‘laman, desa karate to‘garagiga yozilinglar! Mana bu kishi sizlarga sport sirlarini o‘rgatadi deb, bizga trenerimiz Hakimjon Fatxuddinovni ko‘rsatganlar. Biz sinfimizdagi 42 nafar o‘quvchi hammamiz o‘sha kuni karatega yozilganmiz, - deb eslaydi Shirinoy. – Bundan direktor ayamiz juda xursand bo‘lib sinfimizdagi hamma o‘quvchiga harbiy forma tiktirib berganlar maktab hisobidan. O‘shandan keyin bayramlarda, har xil tadbirlarda bizning sportchilar sinfimiz alohida ajralib turadigan bo‘ldi.

Ammo o‘sha sinfdagi o‘quvchilarning ichidan faqat Shirinoygina o‘zi birinchi ko‘rgandayoq mahliyo bo‘lgan karate sport turi bilan shug‘ullanishni kanda qilmadi. Jiddu jahd, tirishqoqlik Shirinoyga birin – ketin muvaffaqiyatlar keltira boshladi.

- 2010 - yilda birinchi rasmiy musobaqa - Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan "Barkamol avlod" yiliga bag‘ishlangan ochiq turnirda ishtirok etdim va birinchi o‘rinni egalladim. Bu meni sport bilan yanada jiddiyroq shug‘ullanishga undadi,- deydi Shirinoy.

Shundan keyin tirishqoq va maqsad yo‘lida tinmay intilayotgan Shirinoyga g‘alabalar birin-ketin kelaverdilar.

U 2010 va 2011 - yillarda Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Shotakan karate-do” bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi” musoboqalarida 1 – o‘rinni, 2011 - yilda Qog‘og‘istondagi Xalqaro musoboqalarda 3-o‘rinni egalladi. Shu yili Tokio bo‘lib o‘tgan Jahon birinchiligida 2- o‘rinni va nihoyat 2013 - yili tag‘in Yaponiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

- O‘shanda Yaponiyaga bir maktabdan uch sportchi - Miskinova Mohinur, Qutimova Oltinoy va men bir maktabdan borganmiz. Juda hayajonlanganmiz. To‘g‘risi yig‘lab – yig‘lab ham olganmiz,- deydi Shirinoy. – Ammo O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi Xo‘jamqul Xo‘jaqulovning har birimizga mos so‘zni topib dalda bera olgani hal qiluvchi hol bo‘lgan chempion bo‘lishimda.

Darhaqiqat, shu yillar orasida Shirinoy Xo‘jamqul Xo‘jaqulov ustozligida ko‘p karra O‘zbekiston, xalqaro turnirlar va jahon chempioni va sovrindori bo‘ldi.

Bugun u Gurlandagi Maishiy xizmat kasb hunar kolleji 1 - bosqich o‘quvchisi. Niyati o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib Ona Vatanimiz O‘zbekistonga xizmat qilish.

Shuhrat Matkarimov,

Xorazm viloyati hokimligining matubot kotibi