Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Hamkorliklar kengayadi
31.01.2018

Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorlikda O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi o‘tkazildi. Unda Koreya ishbilarmon doira vakillari xamda Xorazm viloyatidagi mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorligini rivojlantirish, shuningdek birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida investitsiyalar jalb qilish uchun tomonlarda qo‘shimcha rag‘bat o‘yg‘otishdir.
Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilishi va kengayishini qo‘llab-quvvatlash, yangi qo‘shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat. 
Forumda qurilish, oziq-ovqat sanoati, savdo, zargarlik buyumlari, tibbiyot anjomlari, shaxsiy gigiena buyumlari, gazballon uskunalari, qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqarish, AKT, qadoqlash materiallari, to‘qimachilik va to‘qimachilik qurilmalari, logistika, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlarni chiqarish kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan Janubiy Koreyadagi 30 ga yaqin kompaniyalar vakillari,  shuningdek, Koreyalik hamkorlar bilan ishlash istagini bo‘lgan Xorazm viloyatidagi yirik korxonalar va kompaniyalarning vakillari ishtirok etdilar.
Ishbilarmonlar uchrashuvi chog‘ida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Biznes forum doirasida Janubiy Koreyalik ishbilarmonlar Xorazm viloyatidagi mahalliy tadbirkorlar hamda hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida Koreyaning asosiy savdo hamkori hisoblanadi, jumladan Koreya Respublikasining mintaqa davlatlari bilan mahsulot aylanmasi hajmining yarmidan ortig‘i O‘zbekiston ulushiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilingan Koreya Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 7 mlrd. AQSh dollaridan oshdi.
Viloyatimizda Janubiy Koreya respublikasi bilan hamkorlikda 5 ta qo‘shma korxonlar ro‘yxatdan o‘tgan. Misol uchun, Urganch tumanidagi "Xorazm qovunlari” qo‘shma korxonasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qovundan muzqaymoq ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilgan, shuningdek zamonaviy tipdagi gidroponik issiqxona va sovutkichli sig‘im tashkil qilingan. 
Viloyatda go‘sht, sut va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda engil sanoat sohasida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, turizm sohasini rivojlantirishga katta ehtiyoj mavjud. 
Urganch shahrida tashkil qilingan  Biznes forum o‘z natijalarini berishiga umid bog‘lash mumkin.

                                   Sanjar Kazakov, Viloyat hokimligi mas’ul xodimi