Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



HAMKORLIKDAGI FAOLIYAT. TAJRIBALAR, VAZIFALAR
02.11.2015

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy  Majlisi  Senatining Axborot xizmati tomonidan Xorazm viloyatida tashkil  etilgan seminar-trening “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlarining jamoatchilik xamda ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini rivojlantirishning shakl va uslublari” mavzusiga bag‘ishlandi.
  Seminar-treningda O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan saylangan senat a’zolari, Oliy Majlis Senati Devonining xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari mahalliy kengashlari doimiy komissiyalarining raislari, deputatlar, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Xalq so‘zi”, “Narodnoe slovo”, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyatlari hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok qildilar.
Tadbirda O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Xorazm viloyati xokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining raisi S.Abdikarimova ma’ruza qildi.



     Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida tubdan o‘zgarishlar, yangilanishlar, islohotlar izchil davom etib, uning ijobiy natijalari kundalik turmushda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda ulkan bunyodkorliklar, xalq turmush farovonligini oshirish, shahru qishloqlarimiz yanada obod, fayzli bo‘lishi uchun salohiyatli ishlar kun sayin jadallashib bormoqda.
Mamlakatimizda xuquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish, barcha jabhalarda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida ham amaliy ishlar izchil ravishda olib borilayotir. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosi ta’minlanmoqda. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konneptsiyasida, Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida ko‘rsatib berilgan vazifalarni bajarish faoliyatda dasturilamal bo‘lmoqda.
Oliy Majlis Senati yalpi majlislari kun tartibiga qo‘yilayotgan masalalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ularga kiritilayotgan o‘zgartishlar, Senat qo‘mitalarining faoliyati doimiy ravishda aholiga yetkazib borilmoqda. Ayniqsa, bu jarayonda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanilmoqda. Bu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligini oshirish uchun yana nimalarga e’tibor qaratish kerak; Senat a’zolari, mahalliy kengashlar doimiy komissiyalari, deputatlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi qay darajada; Bu boradagi kelgusidagi vazifalar nimalardan iborat; Seminar-treningda ana shu kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati rahbari - Matbuot kotibi M.Isomov “Senat a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlarining jamoatchilik, xususan ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashning muhim omillari” to‘g‘risida ma’ruza qildi.
     Bugungi kunda Oliy Majlis Senati a’zolari, mahalliy kengashlarning deputatlari joylarda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, muhim me’yoriy xujjatlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilib kelmoqda. Shuningdek, yalpi majlislarda muhokama qilinadigan qonunlarning loyihalari yuzasidan ham viloyatlarda, ularning shahar, tumanlarida aholi bilan uchrashuvlarini, davra suxbatlarini tashkil etib kelishmoqda.
         Oliy Majlis Senati a’zolari va mahalliy Kengashlarning deputatlari o‘z saylovchilari, aholi o‘rtasida qonunlarning ijrosi va ularning murojaatlari qay darajada bajarilayotganligi xaqida doimo hisobotlar berishadi. Bu borada Senat a’zolari, deputatlar ommaviy axborot vositalari orqali ham chiqishlarida qabul qilinayotgan konunlarning mazmun - mohiyati hamda fuqarolar murojaatlarining ijrosi va boshqa dolzarb masalalarga atroflicha to‘xtalmoqdalar.
- Parlament yuqori palatasining va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish borasida Senat a’zolarining va mahalliy kengashlar deputatlarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarini kuchaytirishda faollikni yanada oshirish muhimdir. O‘z faoliyatini aniq yuritib, respublika, viloyat shahar va tumanlar gazetalarida ta’sirchan, tahliliy maqolalari bilan ishtirok etayotgan, teleko‘rsatuvlarda, radioeshittirishlarda qatnashayotgan Senat a’zolari, deputatlarining faolligini sezish mumkin, - dedi ma’ruzachi. Biroq ayrim Senat a’zolari, deputatlar ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanmayotir. Vaholanki, OAVlarda ularning chiqishlari uchun mavzular ko‘lami keng.
Parlament yuqori palatasidagi qizg‘in faoliyat jarayonini jamoatchilikka yetkazish, uning ahamiyatini ifoda etish, Senat qo‘mitalari, komissiyalari hamda mahalliy Kengashlar tomonidan tashkil etilayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni izchil yoritishga bugun talab kuchaymoqda. Respublika, viloyat OAVlarida Senat a’zolari, deputatlarning chiqishlarida hududlarda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar inson va uning manfaati uchun xizmat qilayotganligi jamoatchilikka yetkazib borilmoqda. OAVlar parlament va aholi o‘rtasida demokratik tamoyillarga asoslangan munosabatlarning yanada mustaxhkamlanishiga ko‘maklashayapti.
Seminar-treiingda so‘zga chiqqan “Xalq so‘zi” gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari Sh.Jobborov Senat a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlarining nutq madaniyatini shakllantirish hamda gazetalarda chop etish uchun tahliliy maqolalar, ommaviy axborot vositalari uchun matbuot axborotnomasini tayyorlash uslublari, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali “Axborot” informatsion-tahliliy dasturlar bosh muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari A.Korjonov Oliy Majlis Senati a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlarining televidenie va radio uchun beriladigan intervyulariga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablar, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari bosh muharriri vazifasini bajaruvchi S.Rahimberganova xalq deputatlari mahalliy Kengashlari muassisligidagi nashrlarda vakillik organlari faoliyatini yoritishning dolzarb masalalari mavzularida ma’ruza qildilar.
Shuningdek, seminar-trening amaliy mashg‘ulotlarida “Xalq so‘zi” gazetasining parlament muxbiri Z.Ashurova, O‘zbekiston milliy teleradiokompapiyasi “Toshkent” telekanali “Poytaxt” axborot dasturlari bosh muharriri katta muharriri Y.Zoxidova, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi “Mening Yurtim” telekanali Matbuot xizmati rahbari F.Elmurodova, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi "Mening Yurtim" telekanali “Parlament soati” ko‘rsatuvi muharriri S.O‘rinboeva, Xorazm viloyati televideniesi direktori O‘.Matqurbonov va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Xorazm viloyati xududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi F.Capaev va boshqalar ommaviy axborot vositalarida Oliy Majlis Senati hamda xalq deputatlari maxalliy Kengashlari, doimiy komissiyalar, Senat a’zolari, deputatlarning faoliyatini yoritishdagi yuksak mas’uliyat, materiallarning, ko‘rsatuvlar, eshittirishlarning sifatli, ta’sirchan, aholiga manzur bo‘ladigan tarzda tayyorlashning uslublari, janrlardan foydalanish, jurnalist mahorati vazifasi xususida aniq misollarga tayangan holda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar. Ayniqsa, Senat a’zolari, deputatlarning intervyu berish hamda omma oldida so‘zga chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek ular tomonidan tashkil etilayotgan matbuot anjumanlari, brifinglar, saylovchilar bilan uchrashuv va boshqa tadbirlarning sifati hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tavsiyalar, maslahatlar berildi.
- Seminar-treningda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, tajribali jurnalistlarning ma’ruzalarini diqqat bilan tingladik. Amaliy mashg‘ulotlarda faoliyatimiz uchun muhim bo‘lgan masalalar bo‘yicha maslahat, takliflarni yon daftarimizga qayd qildik.
- To‘g‘ri, biz xududlarda aholi bilan muntazam ravishda muloqotlar o‘tkazamiz, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik izchilligini ta’minlab maqolalarimiz bilan faol qatnashamiz, - deydi seminar ishtirokchisi, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekistan Respublikasi fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy - tatqiqot instituti arxeologiya bo‘limi mudiri F.Xojaniyozov.
    - Xalq deputatlari viloyat Kengashi faoliyati va deputatlari xaqidagi maqolalarim matbuotda doimo chop qilinadi. Bugungi seminar kelgusida ushbu mavzuda tayyorlaydigan materiallarim yanada o‘qishli bo‘lishida yaqindan yordam beradi. Mahalliy Kengashlar, ularning doimiy komissiyalari, deputatlarning faoliyatini jamoatchilikka yetkazib berish asosiy vazifamiz, - deydi “Buxoronoma” gazetasi muhbiri Rustam Ibrohimov.
Shuningdek, Oliy Majlis Senatiga viloyatimizdan saylangan Senat a’zolari Sh.Rajabov, E.Ruzmetov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari - B.Ro‘zmetov, R.Saburov va boshqalar ushbu tadbir faoliyatlarini yanada takomillashtirishda amaliy yordam berishini ta’kidladilar.
Tadbirning amaliy mashg‘ulotlarida barcha viloyatlardan kelgan vakillar faol ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Tojiev OAV bilan aloqalarni rivojlantirish, jamoatchilikni mahalliy Kengashlar deputatlari, Oliy Majlis Senati a’zolarining faoliyati haqida har tomonlama xabardor qilish lozimligi ularning televideniya va radio, bosma hamda elektron ommaviy axborot vositalarida faol chiqishlari uchun imkoniyat ko‘lami kengligini ta’kidlab, kelgusidagi vazifalarga aniq misollar asosida to‘xtaldi.
Seminar - trening yakunida uning ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javoblar olishdi.

“Xorazm haqiqati” 2015 yil 31 oktabr №87 (19225)