Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



HAMKORLIK YANADA RIVOJLANADI
09.03.2017

Po‘lat Bobojonov,

Xorazm viloyati hokimi

HAMKORLIK YANADA RIVOJLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning taklifiga binoan 2017-yilning 6 - 7-mart kunlari Turkmanistonga tashrif buyurdi.

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, asrlar davomida ulug‘ Amudaryoning ikki tomonida yashab kelayotgan o‘zbek va turkman xalqlarining tarixi, taqdiri va kelajagini bir – biridan bo‘lak tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tili, dili va dini bir bo‘lgan bu ikki xalq asrlar davomida yonma – yon yashab bir – biri bilan qon – qardosh, quda – anda bo‘lib ketgan. O‘zbek va turkman xalqi dorulomon davrlarda ham, taqdirning achchiq, sinovli kunlarida ham birga bo‘lgan. To‘yu tomoshalarda bir qurda o‘tirib tomosha ko‘rsalar, yov kelganda dushmanga qarshi birga kurashganlar.

Xalqlarimiz taqdiridagi eng og‘ir kunlar - mo‘g‘il va chor Russiyasi bosqinchilariga qarshi kurashda o‘zbek va turkman yigitlari yurtni elkama – elka turib himoya qilganlar. Mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatganlar.

Ming yillardan beri baqamti yashab kelayotgan o‘zbek va turkman xalqlari rivojlanish, taraqqiyot yo‘llarini birga bosib o‘tdilar. Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, madaniyat va san’atda bir – biridan ta’sirlandilar, bir – birovini boyitib bordilar. Bu hol ayniqsa adabiyotda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Buyuk turkman shoiri Mahtumquli o‘zining o‘zbek salaflaridan ta’sirlanganiga shubha yo‘q. Shuning uchun ham u o‘z davrining mashhur bilim maskanlari maskanlari qatorida Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida ham ta’lim olgan. Xorazm tuprog‘idagi uch yillik muddatdan keyin Mahtumquli madrasani bitkazib ketar ekan (Makon aylab uch yil edim tuzingni, Ketar bo‘ldim, xush qol go‘zal Sherg‘ozi.) deb maxsus she’r ham bitgan. O‘z navbatida juda ko‘p o‘zbek shoirlari ham o‘z ijodlarida Mahtumqulining xalqona ohanglariga ergashganlar.

Xalqimiz haqli ravishda Mahtumqulini o‘z shoirlari deb biladilar. Mahtumquli she’rlaridan hech bo‘lmaganga to‘rt qator she’r yod bilmagan yoki o‘z dasturiga bu shoir ijodidan namunalar kiritmagan birorta o‘zbek san’atkorini topish mushkul.

Xalqimizning ushbu buyuk shoirga ehtiromi sifatida Toshketdagi markaziy ko‘chalardan biri Mahtumquli nomi bilan atalgan. Xivada esa Mahtiumqli Firog‘iyga muazzam haykal o‘rnatilgan.

Bola baxshi Abdullaev, Madrahim Sheroziy, Hojixon Boltaev kabi baxshi va sozandalar turkmanlar diyorida o‘tkaziladigan yaxshi kunlarda orziqib kutilgan mehmonlar safida bo‘lganlar. Bugun esa Norbek Abdullayev, Qalandar baxshi, Etmishboy Abdullayev kabi go‘yandalar ikki xalqning yaxshi kunlarida birday xizmat qilib kelmoqdalar.

Ayniqsa ulug‘ hofiz, Prezidentimiz tashabbusi bilan bu yil 100 yilligi nishonlanayotgan Komiljon Otaniyozov o‘z ijodi bilan bu ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlagan edi. Hofiz turkman klassiklaridan Maxtumquli, Kamina, Mullanafas, Zaliliy, G‘oibiy, Andalib kabi shoirlarning she’rlarini jo‘shib kuyladi. Ularning qator asarlariga musiqa bastaladi. Ularning ijodini butun dunyoga mashhur qildi. O‘zbek va turkmanning "Go‘rug‘li” turkumiga kiruvchi, "Oshiq G‘arib”, "Sayotxon Hamro” kabi dostonlar tarkibida bo‘lgan qo‘shiqlarga qayta jon bag‘ishladi. San’atkor Toshovuz viloyatida turkman ashula va raqs dastasini tuzishga rahbarlik qildi.

Komiljon Otaniyozovning shogirdlari Bobomurod Hamdamov, Hamro Odilov, Karomaddin Qo‘chqorovlar o‘zbek va turkman xalqlarining sevimli san’atkorlari.

Komiljon Otaniyozovni turkman xalqi ham o‘z farzandidek e’zozlab, 1964-yilda "Turkmaniston xalq artisti” faxriy unvoninitaqdim etgan.

O‘zbek va turkman xalqlarining o‘zaro aloqalari xalqlarimizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarishda, mustaqil O‘zbekiston Davlatining asoschisi, buyuk davlat va jamoat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimovning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Islom Karimov shu hududning etakchi davlat arbobi sifatida xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga katta e’tibor qaratdi. Dunyoda taniqli siyosatchi bo‘lgan Islom Karimov o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash va mustahkamlash bilan birga Markaziy Osiyo hududi xavfsizligini ta’minlash, bu erdagi mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish ishiga ham ulkan hissa qo‘shdi. Islom Karimovning bu xizmatlari butun dunyoda, jumladan Turkmanistonda ham juda qadrlanadi.

Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi bilan Turkmanobod shaharchasidagi ko‘chalardan biri O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan atalishi va bu erda Birinchi Prezidentimiz xotirasiga muazzam Xotira majmuasi barpo etilganligi ana shu qadr - qimmat va e’tiborning namunasidir.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Turkmanistonda bo‘lganimizda turkman xalqi o‘zbek xalqi bilan do‘stlikni naqadar qadrlashiga yana bir guvoh bo‘ldik. Samimiy qabul, tashrif munosabati bilan tayyorlangan katta madaniy dastur hammamizni nihoyatda to‘lqinlantirdi.

O‘z navbatida turkmanistonliklar, Turkmaniston davlati rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov ham Prezidentimiz tomonidan turkmanlarning ulug‘ shoiri Mahtumquli asarlarining Toshkentda nashr etilgan kitobining ajoyib namunasini tortiq qilganidagi quvonchlarini ta’rif etishga til ojizlik qiladi.

Biz safar davomida Amudaryo ustiga qurilgan Turkmanobod – Farob yo‘nalishidagi temir yo‘l va avtomobil ko‘priklari ochilishida ham qatnashdik. O‘ziga xos texnik va texnologik usullardan foydalanib qurilgan va uzunligi ikki kilometrdan oshiq bu ko‘priklar nafaqat Turkmaniston xalq xo‘jaligi taraqqiyoti uchun, balki Turkmaniston – O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy, madaniy munosabatlarini rivojlantirish uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Bu ko‘prik xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishda o‘z vaqtida ulkan xizmat qilgan qadimiy Buyuk Ipak yo‘lini zamonaviy shaklda qayta tiklanishida muhim ahamiyat kasb etadi, deb o‘ylaymiz.

Ushbu safar davomida ilk marta har ikki davlatning chegaradosh hududlari o‘rtasida, jumladan Xorazm viloyati hokimligi va Turkmanistonning Toshovuz viloyatlari hokimliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy – gumanitar sohalarda 9 moddadan iborat kelishuv imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra chegara hududlarning hokimliklari o‘z hududlaridagi korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro foydali hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma korxonalar tuzish, savdo – sotiqni rivojlantiishga yordam beradilar. Sayyohlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki ushbu hududlarda har ikki xalq tarixi, madaniyati va o‘tmish merosida birday ahamiyatga ega bo‘lgan me’moriy obidalar, yodgorliklar va qadamjolar mavjud. Shuning uchun har ikkala vilyatning turstik salohiyatidan birgalikda foydalanish tomonlar uchun katta naf keltirishini ko‘zlab har ikki viloyatda o‘tkaziladigan xalqaro yarmarkalar, ko‘rgazmalar, seminar va konferentsiyalarda ishtirok etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Turistik infratizilmani rivojlantirish uchun qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqiladi.

Har ikkkala viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar va madaniyat arboblari ishtirokida madaniyat kunlari, festivallar, ko‘rgazma va boshqa madaniy tadbirlar amalga oshiriladi.Tarixiy-madaniy ob’ektlarni tiklash va saqlash, restavratsiya qilish ishlarida hamkorlik qiladilar. Muzeylar va tasviriy san’at namoyandalar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantiradilar.

Sport bo‘yicha ham hamkorlik kuchaytiriladi. Birgalikda turli sport musobaqalari, bellashuvlar va mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Bir so‘z bilan aytganda ikki davlat rahbarlari tomonidan o‘zaro ishonch va do‘stlik asosida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan siyosat, tashrif davomida imzolangan har ikki tomon manfaatlariga birdek xizmat qiluvchi kelishuvlar o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.