Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



HAM ISH O‘RNI, HAM MAHSULOT
14.08.2017

Investitsiyalar - istiqbolli loyihalarga

HAM ISH O‘RNI, HAM MAHSULOT

Istiqlol yaratgan imkoniyatlar tadbirkorlar safini kengaytirib, ularni ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shuning evaziga ham yangi ish o‘rinlari yaratish, ham qo‘shimcha mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ham turli xil xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga ruhlantirmoqda.

Tadbirkor yigit Qadamboy Mirzayev ana shunday iqtisodiy imkoniyatga tayangan holda Gurlan shaharchasida "Navbahor" mahallasi guzarini barpo qilishni ixtiyor etdi. To‘yxona, banketlar zali, savdo shoxobchasi va madaniy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish kabi ko‘plab sohalarni qamrab olgan guzarning asosiy qismi hozirgacha ishga tushirilib, aholiga namunali xizmat ko‘rsatmoqda.

Sholikor qishlog‘i "O‘yilma" mahallasi hududidagi qurilishi tugallanmagan ob’ekt chipta yamoqdek hudud ko‘rkiga soya solib turardi. Shu holni birinchilar qatori ilg‘agan tadbirkor yigit Ulug‘bek Boltaboev chala qurilmaga nuqta qo‘yishga qaror qildi. Uni "nol" qiymatida tasarrufiga olib, yaratuvchilik ishlarini boshlab yubordi.

Asqar Ollamov boshliq "Kenja hoji o‘g‘illari" fermer xo‘jaligi tomonidan 320 million so‘mlik (shundan 20 million so‘mi o‘z mablag‘i, 300 million so‘mi bank krediti) investitsiya kiritish hisobiga qoramolchilik kompleksi barpo etilmoqda. Uning ishga tushirilishi natijasida qoramollar boqilishining yo‘lga qo‘yilishi bilan 4 tonna sutni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan korxona ham ish boshlaydi. Qishloqda yashovchi 25 nafar yigit-qiz kafolatli ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Tuman hududida zamonaviy uslubdagi yirik issiqxona ish boshlaydigan kunlar ham yaqin. Javlon Sobirov boshliq "Sultonbek Erkinov" fermer xo‘jaligi a’zolari Saxtiyon qishlog‘ida bunyod etayotgan, loyiha qiymati 500 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan, bir yarim gektar maydonni egallaydigan issiqxona shu yilning o‘zida o‘z faoliyatini boshlab yuboradi.

Ertaning nurli istiqbolidan, elimiz dasturxoni tag‘inda to‘kin bo‘lajakligidan dalolat beruvchi bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. Ularning to‘la-to‘kis ishga tushirilishi, istiqbolli loyihalar quvvatlarining o‘zlashtirilishi xalqimiz turmush farovonligini tag‘inda yuksaltirish sari yana bir zalvorli qadam bo‘lishi, shak-shubhasiz.

Ollabergan RAJABOV.

"Xorazm haqiqati" gazetasi,

2017 yil 12 avgust №64