Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



GULLAB-YASHNAR QISHLOG‘IMIZ
25.04.2018

“Turkmanlar” mahallasida

Mahallamiz G‘oybu qishlog‘ining so‘lim, bahavo hududida joylashgan. Keyingi kunlarda ko‘chalar yanada fayzli bo‘lib, chiroy ochmoqda.

Bugun mahallamizga tashrif buyurgan kishining uni tanimay qolishi turgan gap. Bu erda avvalgi pastkam uylar, me’moriy echimlarga to‘g‘ri kelmaydigan yordamchi binolardan asar xam yo‘q. Ular o‘rnida namunaviy loyihalar asosida 64 ta muhtasham bino barpo etildi. Shulardan 54tasi ikki kavatli bo‘lib, ularning xonalari keng, yorur. Ayniqsa, yordamchi binolarning mutanosib ravishda barpo etilganligi, qulayliklar yaratilganligi, tomorqalar devorlar bilan o‘rab olinganligi yangi hovli egalariga manzur bo‘lmoqda. Ular bunday ko‘rkam imoratlar barpo etishning tashabbuskori bo‘lgan davlatimiz rahbaridan behad minnatdor ekanliklarini izxor etishyati. E’tibor-g‘amxo‘rlikka fidokorona mehnati bilan javob berishga intilmoqdalar.

Ayni pallada ular Prezidntimiz Sh.Mirziyoev tashabbusi asosi¬da yurtimizda davom etayotgan “Obod qishloq” dasturi vazifalarini bajarishda faol ishtirok etishyapti. Barcha ezgu niyat yo‘lida xayrli ishlar bilan band: qurish, yaratish, obodonlashtirish ishlari avjida. Ana shunday bahamjihat faoliyatning samarali sifatida xududimizda ravon yo‘llar, obod ko‘chalar paydo bo‘ldi. Ariqlar tozalanib, lotoklar yotqizildi. Yo‘llar atroflari, ariqlar bo‘ylariga o‘tkazilgan manzarali daraxtlar ko‘chatlari yashil libosga burkandi.

Eldoshlarimiz to¬morqa erlaridan unumli foydalanish, yiliga ikki-uch va undanda ziyod hosil olish, sabzavot mahsulotlarini barvaqt etiltirish, bozor peshtaxtalarini qishin-yozin ko‘k piyoz, turli xil ko‘kat, sabzavot mahsulotlariga to‘ldirish borasida o‘ziga xos tajribaga ega. Qishda polietilen plyonkalar bilan yopilgan maydonlarda, issiqxonalarda, yozda ochiq maydonlarda takroriy va oraliq ekinlari hosili etishtirilmoqda. Shu boradagi ibratli ishlarimiz bilan tanishish, tajriba almashish maqsadida viloyatimizning turli hududlaridan xuzurimizga hamkasblarimiz kelib turishadi.

Ularni biz Bobonazar Rahimov, Ilxom Setimov, Oybek Rahimov, Qodir Iskandarov kabi fidoyi ziroatkorlarning xonadonlariga boshlab boramiz. Bu bejiz emas, Ularning tomorqa erlari qishin-yozin yamyashil, turli hil ziroatlar bilan band. Ular av¬gust oyining o‘rtalarida tomorqalariga piyoz, tur¬li hil ko‘katlarni ekib, pishib etilgan noz- ne’matlarni yangi yil dasturxoniga, issiqxonalarga yanvarda ekilgan rediska-ko‘katlarni esa bahor bayramlari dasturxonlariga tuhfa etib, hosildan bo‘shagan may¬donlarda turli hil sab¬zavot ekinlari ko‘chatlari va ularning hosilini etishtirishadi. Shu tariqa tomorqa erlari¬dan yil mobaynida uzluksiz hosil olib, bozor peshtaxtalarini noz-ne’matlarga to‘ldirib, elimizda to‘kinlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Shuningdek, mahallamiz tadbirkorlaridan San’at Yusupov tikuvchilik tsexini ochib, Muzaffar O‘rozmatov “Jayxun-marketing” savdo majmuasi faoliyatini tashkil etib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish bilan birga aholiga turli xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydilar. Qurilayotgan bu kabi tadbirlar xalqimizning hayot tarzini o‘zgartirish, turmush farovonligini oshirishda muhim qadam bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda tur¬li millat farzandlari do‘st, ahillikda istiqomat qilishadi. Ayniqsa, “Ulli hovli” yodgorlik-majmuasining bugungi qiyofasi qalblarimizni quvontirmoqda. Bu erda turkman xalqining madaniyati, urf-odatlari, xunarmandchiligi va boshqa sohalari haqida hikoya qiluvchi eksponatlar qo‘yilgan. Bular “Ulli holi”ga tashrif buyurayotgan sayyohlarda ham chuqur taassurot qoldirmoqda.

Do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik, qon-qardoshlik aloqalarini mustahkamlash, aholi turmush farovonligini oshirish yo‘lidagi xayrli tadbirlar qalbimizni fahr-iftixorga to‘ldirmoqda.

Anvar O‘rozmatov,

Urganch tumanidagi “Turkmanlar” 

mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi.

“Xorazm xaqiqati” va “Xorezmskaya pravda” 

gazetalari №33 (19483) chorshanba