Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



GALDAGI VAZIFALARNI HAL QILISHNING SAMARALI YO‘LLARI ANIQLAB OLINDI
22.09.2017

GALDAGI VAZIFALARNI HAL QILISHNING SAMARALI YO‘LLARI ANIQLAB OLINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning shu yil 12-iyul kuni Oliy Majlis Palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Dasturiga asosan partiya O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan avgust oyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, sentyabr oyida esa Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi hamda Madaniyat vazirligi bilan hamkorlik memorandumlari imzolanib tegishli chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan edi.

Ayni kunlarda joylarda ushbu rejalarda belgilangan galdagi vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan ishchi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday yig‘ilishlardan biri partiya Xorazm viloyat Kengashi tomonidan tashkil etildi. Unda O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi, Turizmni rivojlantirish viloyat boshqarmasi, viloyat Madaniyat ishlari boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari G‘ofurjon Yusupov ochdi. U o‘z so‘zida O‘zMTDP saylovoldi Platformasida belgilanganidek, partiya mamlakatimizning xalqaro ijobiy imijini shakllantirishda turizmni samarali vosita deb bilishini va uni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishini, shuningdek, fuqarolarni milliy g‘urur hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda turizmning o‘rni va ahamiyati e’tiborga loyiq ekanini targ‘ib etishini alohida ta’kidladi.

–Turizm rivojini malakali kadrlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, –dedi G‘.Yusupov o‘z so‘zida. –Shu boisdan ham partiyamiz viloyat Kengashi, Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda 2017 yil sentyabr oyida Urganch turizm va mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kollejida turizm bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash jarayonlari va o‘quv dasturlarini chuqur o‘rganishimiz lozim.

Yig‘ilishda viloyatda turizmni rivojlantirish bilan bir qatorda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Madaniyat vazirligi bilan tuzilgan hamkorlik memorandumlari asosidagi tegishli chora-tadbirlar rejalaridan kelib chiquvchi galdagi boshqa masalalar muhokama etilib tegishli qaror qabul qilindi.

Sanobar Xudoyberganova, O‘zMTDP Yangibozor tuman kengashi raisi: Yangibozor tumani Amudaryo sohillarida joylashganligi bois bu erda ekoturizmni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Biz o‘tgan yili Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi sessiyasiga Cho‘bolonchi qishlog‘ida ekoturizm manzilini bunyod etish bo‘yicha masala ham kiritgan edik. Ammo, bu masala yaxshi niyatligicha qolib kelmoqda. Biz Turizmni rivojlantirish viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikni kuchaytirsak bu ishni oxiriga etkazishimiz va tumanning boshqa hududularida ham ekoturizm ob’ektlari barpo etilishiga erishishimiz mumkin.

Alisher RAHMONOV,

O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi yetakchi mutaxassisi.