Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E’TIBORDA.
07.07.2018

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni aholi bilan yaqindan muloqotda bo‘lish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Farxod Ermanov yuzdan ziyod Urganch shahar fuqarolarini Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali binosida qabul qildi. Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish fuqarolarning davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda. Murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, bandlik, ishga qayta tiklash, kredit olishga ko‘maklashish, tibbiy xizmat, yo‘llarni ta’mirlash kabi muammolarga oid bo‘ldi. –Kasalligimni eng kuchli mutaxassislar davolaydigan bo‘ldi, – deydi urganchlik Z.Xudaynazarova. – Davolanish uchun ketadigan mablag‘ga amaliy yordam berishmoqda. Muammom bugunoq hal bo‘lganidan xursandman. – Bunday ochiq muloqot o‘z ishimizga tanqidiy yondashib, xalq bilan yanada yaqin bo‘lishga, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish asnosida hududlarning har tomonlama rivojlanishida yana nimalarga ahamiyat berish lozimligi haqida dastur vazifasini bajarmoqda, – deydi Urganch shahar hokimi O.Sapayev. Bo‘lib o‘tayotgan ommaviy qabullar fuqarolarni qiynayotgan iqtisodiy, ijtimoiy muammolarga barham berilishida samarali vosita bo‘lib xizmat qilayotir.